Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə220/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Keyslar tipologiyasi

Tipologik belgilari

Keys turi

Asosiy manbalari boʻyicha

Bevosita obyektda

Ta’lim jarayonida

Ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatida

Syujet mavjudligi

Syujetli

Syujetsiz

Vaziyat bayonining vaqtdagi izchilligi

Oʻtmish va bugun

Avval boʻlib oʻtgan voqea

Istiqbolga yoʻnaltirilgan

Keys obyekti

Alohida obyektga

Tashkiliy

Koʻp obyektli

Materialni taqdim etish usuli

Hikoya

Esse

Tahlili ma’lumot

Jurnalistik

Hisobot

Ocherk

Faktlar majmui

Statistik materiallar

Hujjatlar

Oʻquv topshirig‘ini taqdim etish usuli

Savolli

Topshiriq tarzida

Didaktik maqsadlari

Muammo, yechim, konsepsiya

Biror mavzuga bag‘ishlangan trening

Tahlil va baholov

Muammoni ajratish, yechish, boshqaruvga doir qarorlar qabul qilish

Taqdim etish usuliga koʻra

Bosma

Elektron

Video-keys

Audio-keys

Multemedia-keys



4. Oʻquv keyslarining muhim xarakterli jihatlari va zamonaviy oʻqitish amaliyotida oʻquv keyslarining turlari
Oʻquv keyslarining muhim xarakterli jihatlari talabalarga muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan talabalar e’tiboriga adabiyotlar roʻyxatining taqdim etilishi, ularga metodik koʻrsatma, yoʻriqnomalarning berilishi va albatta, oʻqituvchi tomonidan muammoning yechimi boʻyicha oʻz variantining taqdim etilishi sanaladi. Adabiyotlar roʻyxati oʻrganilayotgan muammoga bevosita taalluqli boʻlishi zarur.
Ta’lim jarayonida oʻquv keyslarini qoʻllashda jarayon (mashg‘ulot) yakunida albatta oʻqituvchi (keyolog)ning yechimi taqdim etilishi zarur. Buning didaktik ahamiyati bu yechim asosida talabalarning oʻz oʻquv-bilish harakatlarining qanchalik toʻg‘ri, samarali, maqsadga muvofiq amalga oshira olganliklarini tahlil qilish, solishtirish, yoʻl qoʻygan xatolarini aniqlash imkoniyatini yaratishi bilan belgilanadi. Keyslar tipologiyasida oʻquv topshirig‘ini taqdim etish usuli savolli hamda topshiriqli boʻlishi koʻrsatilgan. Shunga koʻra talabalarning e’tiborlariga havola etiladigan keyslar yoki savolli, yoki topshiriqli boʻlishi mumkin.
Agar keys savolli-keys boʻlsa, u holda muammo yoki muammoli vaziyatni tahlil qilish va yechishga oid bir necha savollar keltiriladi. M:
1. Yoshlarning “ommaviy madaniyat” ta’siriga berilishining asosiy omillari nimalardan iborat?
Yoshlarning “ommaviy madaniyat”ta’siriga berilishlarida OAVning oʻrni va rolini qanday aniq dalillar asosida baholay olasiz?
Agar keys topshiriqli-keys boʻlsa, u holda keysni yechish jarayonida bajarilishi zarur boʻlgan topshiriqlar beriladi. M:
1. Yoshlarni “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoyalash omillarini aniqlang.
2. Yoshlarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni samarali shakllantirish yoʻllarini belgilang.
Odatda keyslarni tayyorlashda darslik va oʻquv qoʻllanmalardan, balki ommaviy axborot vositalari, jumladan, Internet materiallaridan ham maqsadli foydalanish mumkin. Pedagogik turkum fanlarni oʻqitishda qoʻllaniladigan keyslarni ularning xarakteriga koʻra B.Blum taksonomiyasi (bilish-tushunish-anglash-tahlil-sintez-qoʻllash tizimi)ga muvofiq bir necha guruhga ajratish mumkin (1-rasm):



Asosiy guruhlar





Pedagogik faoliyat, hodisa yoki jarayon mohiyatini tushunish holatini belgilashga xizmat qiladigan keyslar

Pedagogik bilimlardan xabardorlikni aniqlashga yordam beradigan keyslar






Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin