Umumiy pedagogika


Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə69/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek (1394 – 1449) oʻzining pedagogik faoliyatida talabalarning erkin va har tomonlama kamol topishiga e’tibor berdi. Olimning fikricha, yoshlar olgan bilimlarining ahamiyatini, bundan maqsad nima ekanini aniq anglab, ularni takomillashtirib borishlari, hayotga tatbiq etish yoʻllarini bilishlari, jamiyat va xalq farovonligi yoʻlida zarur hunarlarni egallab olishlari kerak. Shu bois Ulug‘bek bilimlarni nafaqat kitoblardan, balki bevosita hayotning oʻzidan ham olishni tavsiya etadi.
Ulug‘bek maktab va madrasalarda berilgan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida mudarrislardan– oʻquvchi va talabalar bilan rasadxonada amaliy mashg‘ulotlar oʻtkazishni talab etdi, bunga oʻzi rahbarlik qildi.
Ulug‘bekning fikricha, oʻquvchi hayotida darslik muhim oʻrinda turadi. Shunga koʻra, har bir fan boʻyicha yaratilgan darslikda voqea, hodisa yoritilishidan qat’iy nazar, unda hayotiy haqiqat, asosiy fikr, maqsad oʻz ifodasini topishi kerakligini ta’kidlaydi. U darslik sodda, tili ravon, mantiqiy izchillikda, oʻqishli boʻlishini talab etadi. Ammo darslik qanchalik yaxshi boʻlmasin, ta’limda oʻqituvchi asosiy oʻrinda turishi, oʻz pedagogik mahorati, yaxshi insoniy fazilatlari bilan oʻquvchilarga namuna boʻlishi kerakligini e’tirof etadi.
“Mirzo Ulug‘bekning davlat arbobi boʻlish bilan bir qatorda buyuk olim darajasiga yetishishida bobosi Amir Temurning ta’siri benihoya katta boʻlgan. U Ulug‘bekdagi noyob iste’dodni boshidanoq payqab, safarlarda ham olib yurib, dunyoning mashhur olimlari tarbiyasidan bahramand etgan”39.
Yevropa “Uyg‘onish” davri yer yuziga oʻnlab maorif olimlarini yetishtirib berdi. Shularning eng mashhuri, pedagogika nazariyasiga salmoqli hissa qoʻshgan ma’rifatparvar Yan Amos Komenskiydir (1592–1670). Oʻzining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg‘un boʻlishi toʻg‘risidagi tushunchani ilgari suradi. Sinf – dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogining xizmatlari katta. Uni sinf – dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan. Mutafakkir “Buyuk didaktika” asarida oʻquv mashg‘ulotlarini guruh shaklida tashkil etish, oʻquv yili va oʻquv kunini bir vaqtda boshlash, mashg‘ulotlar orasida tanaffuslar berish, guruhdagi bolalarning yoshi va soni bir xil boʻlishiga alohida e’tibor berdi. Dars davomida oʻquvchilar diqqatini toʻplash, materialni batafsil tushuntirish, oʻquvchiga savollar berish, oʻzlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi. Komenskiy yashagan davrda hammani oʻqishga tortish kerak emas, qobiliyatli kishigina oʻqishi muhim, degan g‘oya mavjud edi. Komenskiy esa oʻqishga barchani jalb etish, hamma umumiy ta’lim olishi kerakligini uqtiradi. Umumta’lim toʻg‘risida gapirganda ayollarni ham hisobga oladi. Bu davrda xotin-qizlar uchun oʻqish juda katta muammo edi, shunga qaramay, u bu masalani ilgari suradi.
Jan-Jak Russo (1712-1778) oʻzining “Emil yoki tarbiya toʻg‘risida” nomli asarida ta’kidlashicha, tarbiyani tabiatga bog‘liq holda amalga oshirish bolaning tabiiy rivojlanib borishiga rioya qilish demakdir. Russoning fikricha, bola tabiat haqidagi fanlar – geografiya, astronomiya, fizika, tabiatshunoslik fanlarni oʻrganishi lozim. Bola oʻzi yashayotgan joy, qishloq va shahar bilan tanishib, geografiyaga oid bilimlarni egallaydi, yulduzlar harakati, quyoshning chiqishi va botishini kuzatib astronomiyani oʻrganadi, tajribalar oʻtkazib fizikani bilib oladi. Tarbiyalanuvchi bilimlarni tarbiyachi orqali emas, balki oʻz kuchi bilan egalllashi, fanlarni quruq yod olmasdan, ularni oʻzi ixtiro qilishi kerak deb hisoblaydi. Russo mehnatni bolaning aqliy rivojlanishi uchun amaliy vosita deb biladi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin