Umumiy pedagogika


Ta’lim tarbiyaning birligi tamoyili



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə73/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

2. Ta’lim tarbiyaning birligi tamoyili. Ta’lim va tarbiyaning oʻzaro bog‘liqligi isbot talab etmaydigan haqiqatdir. Har qanday bilim ma’lum tarbiyaviy ta’sirga ega va har qanday tarbiyaviy tadbir oʻzida bilim asosini aks ettiradi. Bu hayotiy qonuniyat boʻlib, biz ta’lim jarayonida uni hisobga olishimiz lozim. Ta’lim jarayonida oʻtilayotgan barcha mavzularning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy jihatlarini toʻg‘ri belgilash va uni ta’lim bilan birga bir butunlikda amalga oshirishni ta’minlash juda qulay. Chunki tarbiya his-hayajon va amaliy hayot bilan chambarchas bog‘liq.
Bu esa bilimlarni puxtaroq oʻrganishga yordam beradi. Bilimlar esa ana shu tarbiyaviy jihatlarni mustahkamlashga ta’sir etadi. Bilimlar hayotni, hayotiy qonuniyatlarni bilishga xizmat qilsa, tarbiya hayotga nisbatan toʻg‘ri munosabat tarkib topishini ta’minlaydi. Demak, bir butun ta’lim jarayonida ikki oʻzaro bog‘liqlik: hayotni bilish va unga boʻlgan munosabatni tarkib toptirish jarayoni sodir boʻlar ekan. Ta’lim-tarbiyaning birligi ta’lim jarayonini toʻg‘ri tashkil qilishga va oʻqitishga xilma xil metod va uslublardan foydalana olishga koʻp jihatdan bog‘liq. Ta’lim bilan tarbiyaning birligini ta’minlamoq uchun:
a) bayon qilinayotgan oʻquv materiallarning mazmunini ham ilmiy, ham g‘oyaviy jihatdan toʻg‘ri tashkil qilinishi;
b) oʻqitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy mohiyati ochib berilishi, ta’lim jarayonida ma’lumotlardan fodalanish imkoniyati yaratilishi;
v) bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustahkam oʻzgartirilishi va turmushda unga amal qilinishi;
g) ta’limda muammoli jarayonni vujudga keltirish, oʻquvchi-talabalarning qiziqishlari, faolligi va tashabbuskorligini ta’minlashga e’tiborning kuchaytirilishi;
d) ta’lim jarayonida oʻquvchi-talabalarning uyushqoqligini intizomlik va javobgarlikni sezish, oʻzaro yordam hislarini tarbiyalanishni ta’minlash zarur.
3. Ta’limning tizimlilik va izchillik tamoyili.Ijtimoiy taraqqiyotning boy tajribasi ta’limda tizimli va izchillik boʻlishi shart ekanini tasdiqladi. Bilimlarning ma’lum tizimiga solinishi va izchil boʻlishi ta’lim samaradorligini belgilovchi yetakchi omillaridan biridir. Hozirgi zamon didaktikasida bu tamoyilga katta e’tibor berilmoqda. Chunki ta’limda izchillikka rioya qilib oʻqitish butun oʻrganilgan bilimlarni mustahkamlash va kelgusida egallanadigan bilimlarga poydevor sanaladi. Ya’ni oʻtilayotgan fan yoki bayon qilinayotgan yangi material oʻquvchi-talabalarning oldingi oʻzlashtirilgan ilmiy bilimlarga koʻnikma va malakalari bilan izchil va uzviy bog‘lanish, shu bilan bir vaqtda, oʻqitilayotgan oʻquv materiallari orqali kelajakda yangi bilimlarni oʻzlashtirishga, shuningdek, navbatdagi ta’lim bosqichiga zamin yaratilishini nazarda tutadi.
Ta’limning tizimli boʻlishi uning izchil boʻlishi bilan bog‘liqdir. Izchillikka asoslangan ta’limning xarakterli belgisi shundaki, oʻquvchi-talabalarning avval oʻzlashtirilgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim koʻnikma va malakalar hosil qilish, ularning oʻzaro boshlanishlarini takomillashtirish va aksincha, yangi bilimlarni bayon qilish jarayonida oldindan oʻzlashtirilgan bilim, koʻnikma va malakalarini yana ham chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni ta’minlashga qaratilgandir. Demak, tizimlilikda izchillik ta’limda uzluksizlikni vujudga keltirish asosidir. Bundan tashqari ma’lum tizimga solingan bilimlarni egallash, oʻrganish jarayonida qulaylik vujudga keltiriladi. Albatta, tizimli va izchillikni soddadan murakkabga qarab yoʻnaltirilishi maqsadga muvofiq. Bilimlarning asta-sekin izchillik bilan murakkablashib borishi tafakkurni rivojlantiradi. Natijada ta’limning rivojlantiruvchi xususiyati kelib chiqadi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin