Universiteti



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə3/30
tarix17.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#122300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
1665203129 lotincha

R.D.Xalmuxamedov Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi, p.f.d., professor
N.M.Nurillaeva
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ilmiy kotibi v.v.b., t.f.d., dotsent
B.B.Musaev Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi o‘rinbosari, p.f.n., dotsent

KIRISh (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)




Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirish hamda rivojlantirish jahon hamjamiyatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Shu o‘rinda bolalar va o‘smirlar sportining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Tanlangan sport turi bo‘yicha iqtidorli bolalarni sportga jalb etish, ularning sport mahoratini o‘stirishda jismoniy, texnik-taktik, psixofiziologik, intellek- tual tayyorgarlikning o‘rni beqiyosdir. Sport turlarining shiddatli rivojla- nishi mazkur sohada zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarni o‘tkazish va ularning natijalariga tayangan holda o‘quv-mashg‘ulotlarini ilmiy asosda tashkil qilish bugungi kunda bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirishning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Bolalar sportini rivojlantirish- ning eng asosiy vositalaridan biri bu harakatli o‘yinlar hisoblanadi.
Dunyoda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh yengil atletikachilarning sport mashg‘ulotlariga bo‘lgan motivatsiyasini shakllantirish va rivojlantirish, ularning anatomik- fiziologik, psixofiziologik hamda yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish masalalari tadqiq qilingan. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida tanlangan sport turi bo‘yicha harakat tayyorgarligini ratsional shakllantirishning vosita va usullari, bolalarning sensitiv davrlarini e’tiborga olgan holda ularning harakat sifatlarini rivojlantirish metodikasi ishlab chiqilgan. Sport turlariga saralash, ularning sport to‘garaklaridagi kontingentni saqlab qolishda harakatli o‘yinlarning ahamiyati va samaradorligini aniqlash muammolariga bag‘ish- langan tadqiqotlar o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda boshlang‘ich tayyorgarlik bosqi- chida shug‘ullanuvchi yosh yengil atletikachilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligida harakatli o‘yinlarni qo‘llash tizimini takomillashtirish dastlabki bosqich vazifalarini hal etishning yechimi sanaladi.
Bugungi kunda respublikamizda bolalar-o‘smirlar sportini rivojlan- tirishga alohida e’tibor berilmoqda. “Yoshlarda sportga bo‘lgan havas va intilishni, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va ko‘nikmalarni rivojlantirish, sport turlari bo‘yicha mamlakat terma jamoa- lariga sport zahirasini tayyorlash, o‘quvchi va talabalarni sport mashg‘u- lotlariga uzluksiz jalb etishga qaratilgan sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish maqsadida”1 qator qaror va farmonlar qabul qilindi. Bu esa ommaviy sport, ayniqsa, bolalar sportini ilmiy asosda rivojlan- tirish, uning tashkiliy asoslarini yaratishga alohida e’tibor qaratish vazifasini yuklamoqda. Jumladan, yurtimizda boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh yengil atletikachilarning mashg‘ulotlari jarayoni-


1 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 oktabrdagi “O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish” to‘g‘risidagi 864- son Qarori. Lex.uz
da sport turi xususiyatlarini inobatga olgan holda harakatli o‘yinlarni saralash, o‘yinlarni jismoniy (kuch, chaqqonlik, chidamlilik, tezlik, tezkor- kuch) va psixologik (muloqotga kirisha olish, o‘z tengdoshini tushuna olish, bajarilishi belgilangan faoliyatning vazifalarini anglash, o‘z tengdosh- lariga munosabatlarini ifodalash to‘g‘risidagi tasavvurlari, kattalar bilan munosabatlarini qurish haqidagi tasavvurlari va boshqalar) tayyorgarlikni rivojlantirishda qo‘llash metodikasini takomillashtirish hozirgi kunda dolzarb masalalardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 4 sentabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘RQ-394-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 oktabrdagi 864-sonli “O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish” to‘g‘risidagi Qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin