Uz Sugurta Umid doc



Yüklə 2 Mb.
səhifə15/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

1-chizma.
Sug‘urta summasining 65 foizgacha bo‘lgan qismi, ya’ni 1950 AQSh dollari ekvivalentiga teng summagacha bo‘lgan qismi jabrlanuvchining hayoti va sog‘ligiga yetkazilgan zararni qoplash uchun to‘lanadi. Buni yuqorida keltirilgan chizmada yaqqol ko‘rsatish mumkin.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotini hisoblashda tarif stavkasi quyidagilarni e’tiborga olgan holda o‘zgaradi:

  • Transport vositasining turi.

  • Transport vositasining yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli ekanligi.

  • Transport vositasi harakatlanadigan (ro‘yxatga olingan) hudud.

  • Oldingi davrlarda sug‘urta hodisalarining sodir bo‘lganligi yoki bo‘lmaganligi.

  • Haydovchining yoshi.

  • Transport vositasidan mavsumiy foydalanish.

  • Haydovchining staji.

Masalan, Toshkent shahrida davlat ro‘yxatidan o‘tgan va shu hududda harakat qiladigan dvigatel hajmi 1200 kub. santimetrgacha bo‘lgan jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomashinalar uchun bazaviy tarif stavkasi 0,4 foizni tashkil etadi. Sug‘urta summasining eng yuqori miqdori 3000 AQSh dollari ekvivalentiga teng summada belgilangan (2013-yil 8-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha 1 AQSh dollari 1985,55 so‘mga teng bo‘lgan). Demak, bazaviy stavka 23826,60 so‘mga teng. Mashina Toshkent shahrida harakat qilganligi uchun unga 1,4 koeffitsiyent qo‘llaniladi va natijada sug‘urta summasi 33357,2 so‘mga teng bo‘ldi.
Agar haydovchining staji 5 yildan ortiq bo‘lsa, u holda unga 1,0 koeffitsiyent qo‘llaniladi, ya’ni sug‘urta mukofoti o‘zgarmasdan qoladi.
Jabrlanuvchilarga zarar yetkazilishiga olib kelgan yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisi bo‘lgan sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) mazkur hodisaning boshqa ishtirokchilari talabiga ko‘ra ularga ushbu transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalangan majburiy sug‘urta shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilishi shart.
Sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) yoki uning vakolatli vakili sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda:

  • jabrlanuvchiga (uning merosxo‘rlariga yoki huquqiy vorislariga) yo‘l-transport hodisasi kunidan boshlab uch kalendar kundan kechiktirmay sug‘urta polisining nusxasini topshirishi;

  • davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining yetib kelishini kutishi, imkoni boricha yo‘l-transport hodisasi guvohlarining familiyasi va manzilini yozib olishi;

  • darhol, yo‘l-transport hodisasidan keyin 72 soatdan kechiktirmay, sodir bo‘lgan hodisa haqida yozma shaklda, sug‘urta polisining nusxasini ilova qilgan holda sug‘urtalovchiga (uning filialiga) yo‘ltransport hodisasi sodir bo‘lgan joydagi va transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga bildirishi kerak. Bildirishnomada hodisaning xususiyati, sodir bo‘lgan payti, ko‘rilishi taxmin qilingan zararning miqdori, yo‘l-transport hodisasiga aloqador barcha shaxslarning, shu jumladan, taxmin qilingan da’vogarlarning nomlari va manzillariga taalluqli axborot imkon qadar to‘liq hajmda, shuningdek, sug‘urta qildiruvchi hodisa haqida ilk marotaba qay tarzda xabardor bo‘lganligi va sug‘urta qildiruvchining nega hodisani talabnoma bildirishga sabab bo‘lishi mumkin, deb hisoblashiga oid tafsilotlar majburiy tartibda ko‘rsatilishi kerak;

  • sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasi munosabati bilan unga nisbatan qo‘yilayotgan barcha talablar yoki unga qarshi boshlangan sud muhokamasi to‘g‘risida darhol xabar qilishi, zarar yetkazilishi holatlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni va vakolatli organlardan olingan, sug‘urta hodisasining sabablari hamda oqibatlarini, zararning xususiyati va miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni sug‘urtalovchiga taqdim etishi;

  • zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish yuzasidan mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishi kerak.

Xorijiy amaliyot shuni ko‘rsatadiki, majburiy sug‘urtaning mavjudligi sug‘urtaning mamlakat iqtisodiyotiga kirib borishida asosiy omillardan biridir. Albatta, sug‘urtaning majburiy turlarini tatbiq etish respublikada sug‘urta sohasi rivojiga ko‘p jihatdan imkon yaratadi. Lekin majburiy sug‘urta tizimini yaratishdan asosiy maqsad aholi muhtoj qatlamlarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashdan iborat. Bugungi kunda majburiy sug‘urta aholining muhtoj qatlamlari uchun ijtimoiy himoyani bozor iqtisodiyoti prinsiplari asosida ta’minlovchi qulay usul hisoblanadi.
Sug‘urtaning majburiy turlari ijtimoiy himoyani bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’minlashda qanchalik dolzarb ekanligini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan «O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va rivojlantirishning 20072010-yillarga mo‘ljallangan dasturi» tasdiqlangan edi. Bu dastur respublikada sug‘urta sohasini rivojlantirish bilan bir qatorda majburiy sug‘urtaning ijtimoiy yo‘naltirilgan tizimini yaratishni ko‘zda tutadi. Bugungi kunda mamlakatimizda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash muvaffaqiyatli amal qila boshladi.
2009-yilning 17-aprelida O‘zbekiston Respublikasining «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi1. Ushbu qonun sug‘urta bozorini isloh qilish va rivojlantirishning 2007-2010-yillarga mo‘ljallangan dasturida ko‘zda tutilgan majburiy sug‘urtaning ikkinchi turini tatbiq etishni nazarda tutadi. Ushbu qonunni qabul qilishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad mehnat jarayonida jarohat olgan, kasb kasalligi yoki xizmat burchini bajarayotgan vaqtida salomatligiga ziyon yetgan fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashdan iborat.
2013-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi hududida ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha quyidagi sug‘urta tashkilotlari majburiy sug‘urta shartnomalarini tuzishga haqlidirlar.

  1. «O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi.

  2. «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi.

  3. «Kafolat» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi.

  4. «Ishonch» banklararo sug‘urta kompaniyasi.

  5. «Alfa invest» sug‘urta kompaniyasi.

  6. «Alskom» sug‘urta kompaniyasi.

  7. «Kapital sug‘urta» sug‘urta kompaniyasi.

  8. «Asia insurans» sug‘urta kompaniyasi.

  9. «Universal sug‘urta» sug‘urta kompaniyasi.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida» 2009-yil 24-iyunda qabul qilingan 177-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari»da o‘z ifodasini topgan. Majburiy sug‘urtalash qoidalari yuqorida nomlari keltirilgan barcha sug‘urtalovchilar uchun bir xilda amal qiladi.
«O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining ustav fondi qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan talablarga va mazkur kompaniyaning respublikaning barcha hududlarida filiallari mavjud bo‘lganligi sababli, kompaniya 2009-yil 18-oktabrdan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash bilan shug‘ullana boshlanadi.
2010-yil yakunlari bo‘yicha «O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi tomonidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha jami 2201,4 mln so‘m sug‘urta mukofotlari kelib tushgan. 2009-yilda esa 314,6 mln so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari kelib tushgan edi. Quyidagi jadvalda 2010-yil yakunlari bo‘yicha «O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi tizimida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish borasida amalga oshirilgan ishlar o‘z aksini topgan.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2010-yilda kompaniya bo‘yicha jami 14542 dona ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalari tuzilgan. Shunga muvofiq, yuqorida qayd etganimizdek, 2201,4 mln so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari kelib tushgan. Sug‘urta shartnomalari bo‘yicha kompaniya zimmasiga qabul qilib olingan sug‘urta javobgarligi hajmi 2073,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.
7-jadval 2010-yilda «O‘zagrosug‘urta» DASKda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishning asosiy ko‘rsatkichlari tahlili1




Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin