Uz Sugurta Umid doc



Yüklə 2 Mb.
səhifə16/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

miqdori

1

Sug‘urta shartnomalari

dona

14542

2

Sug‘urta mukofotlari

mln so‘m

2201,4

3

Sug‘urta summasi

mlrd so‘m

2073,8

Bitta sug‘urta shartnomasiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha javobgarlik hajmi 142,6 mln so‘mni tashkil etadi. Holbuki, bitta sug‘urta shartnomasiga to‘g‘ri keladigan sug‘urta mukofotining o‘rtacha miqdori 151,4 ming so‘mni tashkil etadi. Endi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha «O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining 2009 va 2010-yillardagi faoliyatini solishtirma tahlil qilish orqali bu sug‘urta turining rivojlanish tendensiyalarini aniqlashga harakat qilamiz (3-diagramma).

3-diagramma. «O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 2009-2010 yillarda tuzilgan sug‘urta shartnomalarining solishtirma tahlili1
Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, «O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi bo‘yicha 2010-yilda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha jami 14542 dona sug‘urta shartnomalari tuzilgan bo‘lib, bu o‘tgan 2009-yilning tegishli ko‘rsatkichidan 13071 donaga ko‘pdir. O‘rtadagi farqning bunday keskin katta bo‘lishiga asosiy sabab shuki, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish 2009-yilning oktabr oyidan boshlangan bo‘lib, 2009-yil ma’lumotlari faqat oktabr, noyabr va dekabr oylarini qamrab olgan. Aksincha, 2010-yil ma’lumotlari to‘liq 12 oyni qamrab olgan. Agar 2010-yilda o‘zining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha polisga ega bo‘lmagan ish beruvchilarga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilishi to‘g‘risida amaldagi qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilganligini inobatga oladigan bo‘lsak, 2011-yilda bu borada jiddiy siljishlar bo‘lishini oldindan bashorat qilish mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bugungi kunda xizmat burchini bajarayotgan paytida jarohat olgan xodimlarning ijtimoiy muhofazasini ko‘zda tutadi. Mehnat kodeksi ish beruvchining xodimga yetgan ziyon uchun javobgar ekanini belgilagan. Ma’lumki, Mehnat kodeksining 189-192-moddalariga binoan ish beruvchi olgan jarohati, kasb kasalligi yoki mehnat jarayoni bilan bog‘liq ravishda sog‘ligiga yetgan zararni, shuningdek, boquvchini yo‘qotganlik uchun yetgan zararni o‘rnatilgan tartibda to‘liq qoplashi shart. Ko‘rinib turibdiki, xizmat burchini bajarayotgan paytda jarohat olgan xodimlarni moddiy jihatdan himoyalash ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi. Xodimning xizmat burchini bajarayotgan paytda olgan jarohati uchun ish beruvchi javobgar hisoblanadi. Shu bilan birga, ish beruvchi qoplashi zarur bo‘lgan zarar hajmi ish beruvchining moliyaviy imkoniyatlariga doimo ham mos kelavermaydi yoki ish beruvchining faoliyatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki ish beruvchi qoplashi kerak bo‘lgan zarar hajmiga bir vaqtda va har oyda to‘lanishi kerak bo‘lgan kompensatsiya to‘lovlari kirish mumkin. Masalan, Mehnat kodeksining 190-moddasiga binoan xodimning sog‘ligiga yetgan zarar uchun qoplanishi kerak bo‘lgan mablag‘ xodim jarohat olgan vaqtga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqiga qo‘shimcha ravishda xodim olgan jarohat darajasiga qarab belgilangan oylik foiz, jarohat olishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, shuningdek, nafaqa ko‘rinishidagi bir marotabalik to‘lanishi kerak bo‘lgan to‘lovdan iborat.
Bir marotaba to‘lanadigan nafaqa hajmi jamoa shartnomasida, agar shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakolatli organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda jarohat olgan xodimga to‘lanadigan bir martalik nafaqa hajmi jarohatlangan shaxsning bir yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi, halok bo‘lgan xodimning oila a’zolariga beriladigan nafaqa hajmi esa halok bo‘lgan xodimning 6 yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak.
Shu munosabat bilan «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi qonun barcha ish beruvchilarga ularning xodimlari xizmat burchini o‘tayotgan paytda hayoti yoki salomatligiga ziyon yetgan taqdirda majburiy tarzda sug‘urta himoyasini taqdim etishni nazarda tutadi. Qonun xodimlarning xizmat burchini o‘tayotgan paytda hayoti yoki salomatligiga ziyon yetishi yoki kasb kasalligiga uchrashi, halok bo‘lishi yoxud kasb kasalligi oqibatida vafot etishi bois ish beruvchining javobgarligi yuzaga kelgan hollarda sug‘urtalovchilar tomonidan davriy va bir martalik to‘lovlarni to‘lash uchun zarur mablag‘larni to‘lashni ta’minlovchi murakkab tizim uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Sug‘urtaning ushbu turining majburiyligi, birinchi navbatda, mamlakatning barcha ish beruvchilarini qamrab olish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida sug‘urtaning ushbu turi bo‘yicha eng kam sug‘urta tariflarini qo‘llashga imkon yaratadi. Mohiyatan, majburiy sug‘urtaning bu turi mamlakat ish beruvchilari ko‘rgan zararlarni qoplash uchun mo‘ljallangan mablag‘larni qayta taqsimlash mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu mexanizm, birinchi navbatda, jabr ko‘rgan xodimlarga yetkazilgan zararlarni qonunda belgilangan sug‘urta summasi doirasida qoplash kafolatini ta’minlaydi. Ikkinchidan, majburiy sug‘urta ish beruvchi o‘zining jabr ko‘rgan xodimiga zarar qoplab berilganda ham moliyaviy barqarorligi saqlanib qolishi va ish beruvchining faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi real usul bo‘lib qoladi.
Quyida keltirilgan chizmada ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishning subyektlari keltirilgan.
Darhaqiqat, mazkur majburiy sug‘urtada sug‘urta qildiruvchi sifatida ish beruvchi – qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs asosiy subyekt hisoblanadi. Jabrlanuvchi – o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan, sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan xodim; naf oluvchi – xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda vafot etgan taqdirda sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs; ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi – umumiy sug‘urta qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs; annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi – hayotni sug‘urta qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish subyektlari
Ish beruvchi Jabrlanuvchi Naf oluvchi
F uqarolik javobgarligini majburiy Fuqarolik javobgarligini majburiy Annuitetlar sug‘urtalash shartnomaci bo‘yicha sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi sug‘utalovchi sug‘urtalovchi

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin