49 modda Ayni chog‘da insonning qulay atrof muhitga ega bo‘lishi, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, ularni huquqiy jihatdan muhofaza qilish, ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish g‘oyat muhim masalalardan biri sanaladi.
Tabiatdagi global iqlim o‘zgarishlari, Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq vaziyatning tobora keskin tus olayotgani sababli ekologik masalalar Asosiy qonunimizdan o‘rin olmoqda. Jumladan, Bosh qomusimizning muqaddimasiga, 9-bobiga, 49, 79, 115-moddalariga bu borada yangi normalar kiritilayotganini alohida qayd etish kerak. Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 49-moddasida Davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko‘rishi mustahkamlanmoqda.Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ushbu normaning belgilanishi mintaqa aholisi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratilishini va turmush darajasini jiddiy tarzda yaxshilanishini ta’minlaydi.
Shuningdek, mazkur norma aholimiz va kelajak avlod uchun qulay va ekologik toza hududni saqlab qolish, Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi aholining ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ishsizlikni kamaytirish, aholi yashashi va rivojlanishi uchun qulay atrof-muhitni ta’minlashning konstitutsiyaviy kafolatlarini yaratadi.
Bir so‘z bilan aytganda, yangilanayotgan Konstitutsiya yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos, ishonchli kafolat hamda barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv va ijtimoiy kafolatlarning mustahkam poydevori sifatida xizmat qiladi.
50-moddasiga binoan:
“Har kim ta’lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi. Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.