6-mavzu: jamiyat sotsial strukturasi va stratifikasion jarayonlar reja



Yüklə 42,24 Kb.
səhifə1/7
tarix24.11.2023
ölçüsü42,24 Kb.
#133972
  1   2   3   4   5   6   7
ma\'ruza 6


6-MAVZU: JAMIYAT SOTSIAL STRUKTURASI VA STRATIFIKASION JARAYONLAR
REJA:

    1. Sotsial struktura tushunchasi

    2. Sotsial stratifikasiya va sotsial harakatchanlik..

    3. Sotsial harakatchanlik (sotsial mobillik)to’g’risidagi mutafakkirlar- ning qarashlari

    4. Migratsiya va uning tarixiy shakllari.

Tayanch iboralar
Ijtimoiy strata, jamiyat a'zolarining mulki, kasb, irq, millat, jins, hudud, mayl, maqsadlar, didlar asosida bo'lingan alohida uyushmasi, konsensus, murosa, olamiy uyg'unlik, yaxlit bir butunlik, sotsial mobillik, strukturaviy sosial mobillik, emigrasiya va migrasiya, gorizontal sotsial mobillik, individual mobillik, mehnat va iqtisodiy migratsiya, tabaqalashuv.
6.1. Sotsial struktura tushunchasi Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz har bir siyosiy tarixiy davrda aholini tabaqalarga bo'lish orqali boshqarish, jamiyat tarkibida sinflar, strata, ijtimoiy guruhlarning bo'lishi kabi ijtimoiy hodisalariga duch kelamiz. Qadimiy Misr va Vavilonda aholi zodagonlar va qullarga, Afina va Rimda fuqarolar va plebeylarga, Hindistonda braxmanlar va xizmatkorlarga ajratilgan. Qadimgi Turon mamlakatida asosan aholini:

  1. Urug' qabilaviy kelib chiqishidan;

  2. Kasbiy mansubligidan;

v) diniy e'tiqodiy qarashlaridan;
g) shajaraviy sulolaviy kelib chiqqan holda tasnif etib kelingan.
Turon tarixidan ma'lumki, jamiyatni ana shunday tasnif etish har bir ijtimoiy guruh, strataning ijtimoiy o'rni va rolini ob'ektiv baholash, ulardan samarali foydalanish, umumdavlat miqyosida ularning murosaviy konsensusini ta'minlash, siyosiy boshqarish imkonini bergan.
Jamiyatni o'rganish tamoyillari, ijtimoiy iqtisodiy vokelikka yondashuv xususiyatlari doimiy ravishda o'zgarib, takomillashib boradi. Totalitar tuzum davrida ijtimoiy taraqqiyotning bosh sababi sinflararo kurash deb qaralganligi sababli jamiyatdagi muammolarga umumiy yondashib, bir sinf vakillari bilan ikkinchi sinf vakillari qarashlaridagi tafovutni aniqlash barcha ijtimoiy fanlar xususan sosiologiyaning ham asosiy ilmiy tadqiqot tamoyillaridan hisoblanib kelingan.
Jamiyatning tinchlik sharoitida mo'tadil va odatiy holatlardan barcha ijtimoiy ziddiyatlarni asosan muayyan sinflar, urug' va tabaqalar ichidagi qarama-qarshiliklar tarzida namoyon bo'lib keladi.
Bunday yondashuv aholini ma'naviy zabun qilar, o'z haq-huquqlari uchun kurash, o'zlikni muhofaza etish, o'zgalarga kerakli bo'lishdan ijobiy fazilatlar rivojiga yo'l bermasdan, surbetlik, boqimandalik, yalqovlik, ijtimoiy mulkka nisbatan yulg'ichlik xususiyatlarini tarkib toptirar edi.
Ikkinchi katta ijtimoiy qusur bu ijtimoiy vokelikni idrok etishda induktiv yondashuvni mutloqlashtirishdan iborat edi. Induktiv metod, ya'ni xususda umumning to'la nomoyon bo'lishi g'oyasi har qanday holatda umumiy ijtimoiyiqtisodiy muhitdan kat'iy nazar amal qilishi mukarrar, deb qarashdan kelib tan olmaslik oqibatida tabiat va jamiyatga o'nglab bo'lmas darajadagi katta zararlar etkazildi.
Induktiv metodni mutloqlashtirishning ma'naviy o'z-o'zini anglash borasida juda zararli ekanligi Sharq va G'arb mutafakkirlari Zardo'sht, Lao Szin, Konfusiy, Platon, Aristotel, Sitseron, Imom Buxoriy, al-Moturidiy, Forobiy, Beruniy va boshqalar o'z asarlarida asoslab berganlar.
Totalitar tuzum davrida tabiatning noyob iste'dodlari oyoq osti qilinganligi, hammani barobarlashtirish shiori ostida qarab kelinganligi kishilarni "jamiyatning vintiklari" va ularni istagan paytda birini ikkinchisi bilan almashtirish mumkin deb yondoshish uslubi keng ko'lamda amalda bo'lib keldi.
Ijtimoiy adolatni qaror topshirish tarixi insoniyat tomonidan o'z-o'zini anglash jarayonlari boshlanishi bilan bog'liq. Dunyoni ilk kitoblaridan sanalmish "Avesto"da aholining barcha qatlamlari, qavmlari va guruhlari uchun umumiy turmush tarzi qoidalari tavsif etiladi. Antik dunyo qonunshunosi Solon tomonidan yaratilgan ilk qoidalar majmui ham turli xil ijtimoiy guruhlar o'rta asrda totuvlik va murosa me'yorlaridan iboratdir. Stratifikatsion tasniflarni o'rganganda, olamni yaxlit bir butunlik tarzida tasavvur etish, ya'ni "Olamiy uyg'unlik" nazariyasiga monandlik jihatlarini ham e'tiborga olishimiz kerak bo'ladi. Bu nazariya tarafdorlaridan biri Platon olamiy jon olamni ruhlantirib, o'zi sonli nisbatlarga, gormonik tartibga bo'ysunadi deb qaraydi1. Platondan farqli, Aristotel tartibsizliklardan vujudga keladigan olamiy uyg'unlikka bir muncha o'ziga xos yondashadi va uni jondagi manba emas balki faqat narsalar tabiatidagi manba deb cheklanadi.
Insoniyatning 5 ming yillik o'tmishi kishilarning havf umumiy bo'lganda birlashuvlari tarixidan iboratdir. Keng xalq ommasining nechog'lik ko'p miqdori birlashuvi uning havfga qarshilik salmogini shunchalik oshirib turgan. Ammo xavf tazyiqi susayishi bilan birlashuvlari ham emirilib borgan.
Insoniyat tarixida stratalar xalqning madaniy takomillashganlik belgilari sifatida ham baholanib kelingan. Xususan, gilamdo'zlar, do'ppido'zlar, temirchilar, bog'bonlar va boshqa kasbiy stratalar muayyan mehnat faoliyati orqali nafaqat o'ziga xos iqtisodiy-ijtimoiy hayot yo'rig'ini amalga oshirganlar, balki o'z qavmlari siru-sinoatlarining o'zgalar mulkiga aylanmasligi erishilgan komillik qadriyatiga putur etmasligi xususida ham qayg'urganlar.
Xalqimiz o'z stratalarini himoya qilib kelgan, zero, bu himoya nafaqat qavmlar, shakllangan kasb va ijtimoiy guruhlar mavqeini muhofaza etish shakllarida, balki axloqiy yondashuvlar tizimini turmush tarzi yaxlitligini, xalq urf-odatlari va an'analarini saqlash uchun kurash lavhalarida ham namoyon bo'lib kelgan.
O'zbek xalqi stratalarining tarkibi va tizimi tahlili etnoregional xususiyatlarini ham hisobga oladi. Ma'lumki, o'zbek xalqi tarixan shakllangan 92 urug'-etnoelement mahsulidir. Bu etno-tasnif tarkibidagi har bir urug' alohida stratifikasion tadqiqot talab etuvchi etnik birliklardir.
Bugungi kunda O'zbekiston ijtimoiy jarayonlar tarkibi va tizimini xarakterlovchi 12 ta stratifikasion tizimlarni ajratib ko'rsatish mumkin. Ular quyidagilar.

  1. Ijtimoiy kasbiy tasnifga ko'ra tiplar.

  2. Qavm-sulolaviy asoslarga ko'ra tiplar.

  3. Madaniy-estetik darajalarga ko'ra tiplar.

  4. Yosh davrlariga ko'ra tiplar.

  5. Etno-hududiy tiplar.

  6. Diniy-konfessional tiplar.

  7. Yüklə 42,24 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin