Guliston davlat universiteti karshibayeva lolaxon klichevna, egamqulov husniddin erkaboyevich



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə1/36
tarix11.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#132173
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
portal.guldu.uz-Geokriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi omillarning geografik jihatlari





KARSHIBAYEVA LOLAXON KLICHEVNA,
EGAMQULOV HUSNIDDIN ERKABOYEVICH


Geokriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi omillarning geografik jihatlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
KARSHIBAYEVA LOLAXON KLICHEVNA,
EGAMQULOV HUSNIDDIN ERKABOYEVICH
Geokriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi omillarning geografik jihatlari


(monografiya)

Universitet 2022y


UDK:
BBK:
Karshibayeva L.K., Egamqulov H.E.
Geokriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi omillarning geografik jihatlari (monografiya). Guliston: 2022.-102 b.
Monografiyada Geokriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi omillarni geografik jihatlarining ilmiy – nazariy asoslari ochib berilgan. Shuningdek, Geokriminogen vaziyat haqida tushuncha, yo‘nalish sotsial geografiyaning muhim bir qismi sifatida turli mamlakat yoki mintaqalarda sodir etilayotgan jinoyatlarga ta’sir etuvchi shart–sharoit va omillar, kriminogen vaziyatning hududiy xususiyatlari o‘rganilgan. Hududiy omillar joyning geografik o‘rni, ijtimoiy - iqtisodiy tizimi va ixtisoslashuvi, milliy, sotsial, demografik va ekologik holatlaridan kelib chiqishi aniqlangan.
Monografiya Geografiya, Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, Ijtimoiy ish yo‘nalishida ta’lim olayotgan hamda zamonaviy texnologiyalar asosida tadqiqotlarni olib borayotgan mutaxassisliklarda faoliyat yuritayotgan tadqiqotchi, talaba, magistr, doktarant va pedagoglar uchun mo‘ljallangan.

Ma’sul muharrir: Karshibayeva L.K.-Guliston davlat universiteti


Tabiiy fanlar fakulteti “Ekologiya va geografiya”
kafedrasi mudiri g.f.n., dotsent.

Taqrizchilar: Xidiraliyev K.E. Guliston davlat universiteti


Tabiiy fanlar fakulteti, “Ekologiya va geografiya”
Kafedrasi dotsenti., g.f.n
Oblaqulov H. Navoiy Davlat Pedagogika Instituti
Tabiiy fanlar fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rin bosari geografiya fanlari bo‘yicha PhD
Monografiya Guliston davlat universiteti ilmiy-texnik kengashining 2022 yil ...-maydagi ......sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.

Karshibayeva L.K., Egamqulov H.E.2022

KIRISH

Bugungi kunda Davlatimiz rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan jinoyatchilikka qarshi kurashni liberallashtirish yo‘lida huquqiy davlatni shakllantirishdagi muhim omillardan biri hisoblanadi. Chunki, O‘zbekiston bugungi kunda rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olish uchun harakat qilinayotgan bir davrda hal qilinishi kerak bo‘lgan bir nechta masalalar mavjud. Ular orasida jinoyatchilik bilan bog‘lik, bo‘lgan masalalar ham bor.


Bugungi kunda mamlakatimizda sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratish, turli xil jinoyatchiliklarga qarshi qat’iy kurash, hududlarda kishilarning yashashi, dam olishi va mehnat qilishi uchun qulay vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha,qator ishlar qilindi. Biroq ushbu murakkab muammo hozircha to‘la bartaraf etilmagan. Buning uchun huquqiy asoslar bilan birga respublika shahar va qishloq joylarida, turli viloyatlarda ularning geografik o‘rni, demografik va ekologik holati, to‘g‘ri iqtisodiyoti, uning mujassamlashuvi va ixtisoslashuvi, tarmoqlar hamda hududiy tarkibini e’tiborga olgan holda jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashni amalga oshirish talab qiladi. Binobarin, ushbu muammoning hududiy jihatlari borki, uni ham tan olmasdan turib mamlakatda yagona sog‘lom kriminogen vaziyatni vujudga keltirib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Agar hamma birdek jon kuydirib, oilalar muammolaridan to‘liq xabardor bo‘lib, ularni hal etishga ko‘maklashgan, jinoyatchilikning barvaqt oldini olganda edi, bugun natijalar umuman boshqacha bo‘lardi. Afsuski, jinoyatchilikka qarshi kurashishda haligacha eskicha ishlash tizimidan voz kecha olmayapmiz. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bu faoliyatga ko‘rsatkichlarni oldingi davr bilan taqqoslash orqali baho berib kelmoqda. Aslida bitta bo‘lsa ham jinoyat bo‘lgani hammamizni tashvishga solishi kerak”1 deb, ta’kidlagan. Shu nuqtai nazardan ham mazkur masalalar aholi rivojlanishining sotsial muammolarini o‘zagi bo‘lib, ularning vujudga kelishi jamiyatda borayotgan iqtisodiy hamda ijtimoiy o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liq.
Yuzaga kelgan muammo bir guruh fanlar oldiga ularni bartaraf qilishning ilmiy asoslarini yaratishni oldiga qo‘yadi. Monografiyada Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari, tarixiy va zamonaviy faktik manbalar, mahallalar orasida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnoma natijalari, kriminogen vaziyatga doir O‘zbekistonda yaratilgan ilmiy adabiyotlardan foydalanildi.
Jinoyatchilik geografiyasini tadqiq etishda hududiy tahlil, tarixiy, geografik taqqoslash, kartografik, statistik, tizim­tarkib, sotsiologik va boshqa usullar qo‘llanildi. Yo‘nalishlaridan biri bo‘lmish jinoyatchilik geografiyasini tadqiq etish O‘zbekistonning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda respublikadagi geokriminogen vaziyatning o‘ziga xos jihatlarini, uning mahalliy sharoit bilan bog‘liq sabab va omillarini tadqiq etish muhim masalalardan biri hisoblanadi.


Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin