O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə1/18
tarix09.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#127974
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
dildora xurramova


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI




5410300 «O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari)» ta’lim yo‘nalishi


407 - guruhi talabasi




XURRAMOVA DILDORAning


BITIRUV MALAKAVIY ISHI

MAVZU: « IChKI KARANTIN BEGONA O‘TLAR VA ULARGA QARShI KURASh ChORALARI TAXLILI»





Ilmiy raxbar:
Qurbanov A.


«Ish ko‘rib chiqildi va himoyaga qo‘yildi»



O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini kafedrasi mudiri
Agrobiologiya fakulteti dekani, q.x.f.n





« » 2023 yil
« » 2023 yil

Termiz-2023yil


MUNDARIJA






KIRISh

3

I

IChKI KARANTIN BEGONA O‘TLAR YETKAZADIGAN ZARARI VA ULARGA QARSHI KURASh CHORALARI
(Adabiyotlar tahlili)



8

1.1

Ichki karantin begona o‘tlarning bioekologiyasi

8



1.2

Karantin begona o‘tlar vakillariga uyg‘unlashgan kurash tizimi taxlili



12



II

TAJRIBA O‘TKAZISh JOYINING TUPROQ IQLIM ShAROITI VA TAJRIBA USLUBI TAXLILI



15

2.1

Tajriba o‘tkazish joyining va iqlim sharoiti

15

2.2

Tajriba uslubi va metodlari

19



III

IChKI KARANTIN BEGONA O‘TLARNING VAKILLARI VA ULARNING BIOEKOLOGIYaSI



23

3.1

Karantin begona o‘tlar vakillarining dunyoda tarqalishi

23

3.2

Karantin begona o‘tlar vakillarining morfologiyasi

26

3.3

Karantin begona o‘tlar vakillarini bioekologiyasi

35



IV

IChKI KARANTIN BEGONA O‘TLARIGA QARShI UYG‘UNLAShGAN KURASh



41



4.1

Ichki karantin begona o‘tlar vakillariga agrotexnik kurash choralari



41



4.2

Ichki karantin begona o‘tlar vakillariga kimyoviy qarshi kurash choralari



47



4.3

Ichki karantin begona o‘tlar vakillariga karantin qarshi kurash choralari



51




XULOSA

54




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

55

KIRISh


Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan bir hisoblanadi. Bu tarmoq mamlakatimiz aholisining oziq–ovqat mahsulotlariga, qayta ishlash sanoati tarmoqlarining esa xom ashyoga bo‘lgan talabini qondirish bilan birga, eksport salohiyatini mustahkamlashning istiqbolli manbalaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi qarorida Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga etkazish nazarda tutilgan vazifalarni bajarish dolzarb hisoblanadi (Mirziyoev Sh.M., 2022)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-dekabrdagi “2020-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4861-sonli qarorida o‘simliklar himoyasi va karintin tizimida mavjud xato va kamchiliklarni o‘rganish va bartaraf qilish va shu sohada etuk malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar hamda mazkur sohaga tegishli bo‘lgan boshqa me’yoriy va huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish dissertatsiya tadqiqot ishimda muayyan darajada xizmat qiladi (Mirziyoev Sh.M., 2020).
Qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish orqali ishlab chiqarishni izchil rivojlantirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlash sanoatini xomashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, yekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni keng aytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan eng muhim vazifalardan sanaladi.
Ichki karantin begona o‘tlarning qishloq xo‘jaligi ekinlarida zarari va qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosilini oshirish va mahsulotlar sifatini yaxshilash maqsadida shu oilga mansub begona o‘tlarga qarshi kurashish yo‘llarini o‘rganish va tahlil qilishdan iborat. Ichki karantin begona o‘tlarni mamlakat ichkarida yoki
tashqarisiga tarqalishini hisobga olish, bu begona o‘tlar ekinzorlarda paydo bo‘lgan taqdirda, tarqalish vaqtini nazarda tutib uni chegaralash tadbirlarini ishlab chiqarishga tavsiyalar berish. Bitiruv malakaviy ishida mintaqada mavjud va kirib kelishi mumkin bo‘lgan begona o‘tlarning rivojlanishi va tarqalishi ularning biologik xususiyatlarining tahlili va ularga qarshi kurash choralari keltirib o‘tilgan. Mamlakatimizning lalmi maydonlaridagi donli ekinlar orasida, yaylovlar va pichanzorlarda turli xil zararli yovvoyi o‘tlar o‘sadi. Bu o‘tlarning urug‘i shudgorlash vaqtida tuproqka chuqur ko‘milib ketadi. Shu sababli urug‘lari unib chikish kobiliyatini bir necha yilgacha yo‘qotmaydi va yerni kayta yumshatish vaqtida tuproq yuzasiga ya kin kelishi bilan unib chikadi. Ko‘p yillik o‘tlar ildizi tuproqka chukur joylashadi. Bu ildizlarning o‘zilgan kismidan ham ut kukarib chikaveradi. Ba’zi tur o‘tlarda va ularning urug‘larida zaharli moddalar bo‘lganligi tufayli ularni kushlar va kemiruvchilar, yemaydi. Bu xususiyat ularning ko‘p tarqalishiga asosiy sabab bo‘ladi. Barcha o‘tlar ham tuproqdagi ozik moddalarni ko‘p uzlashtirish va asosiy ekinlarni soyalab kuyishi bilan ekinlarning hosilini kamaytiradi. Bundan tashkari, zaharli ut urug‘lari donlarga aralashgan xolda odamlarni va mollarni ham zaharlab kuyishi mumkin.
Begona o‘tlar (ekinlar orasida uchraydigan yovvoyi o‘simliklar) qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini va mexnat unumdorligining pasayishida, maxsulot sifatining yomonlashishida salbiy ta’sir kursatuvchi asosiy omil xisoblanadi. Begona o‘tlar keng tarqalgan yillari madaniy o‘simliklarning hosildorligi gallazorlarda 10 % ga, don dukkaklilarda 13,4 % ga, g‘o‘zada 7,5 % ga, kartoshkada 6 % ga, sabzavod ekinlarida 10,8 % ga pasayadi (Nikitin,1983).
Ekinzorlarda uchraydigan begona o‘tlar tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni uzlashtirib kolmasdan, madaniy o‘simliklarning normal rivojlanishiga salbiy ta’sir kursatadi. Begona o‘tlar ekinzorlardagi o‘simlik koplamida yuqori yaruslarni egallab, o‘simliklarni usishdan orqada kolishiga, fotosintez intensivligining pasayishiga, maxsulotlarni zararli urug‘lar bilan ifloslanishiga, hasharot va kasalliklarning tarqalishi manbai bo‘lib xizmat qiladi (Sheraliev, 1998).
Rossiya hududida uchraydigan 21200 turdagi o‘simliklarning 1530 tasi, Ukrainada 738 tasi, Rossiyaning qora tuproqli mintakasida 499 tasi, Tojikistonda 550 tasi, Turkmanistonda 493 ta, O‘zbekistonda 450 dan ortik turdagi begona o‘tlar uchrashi aniqlangan (Nikitin,1983).
Begona o‘tlar tuproqdan suvni madaniy o‘simlikka nisbatan 1,5 barobar ortik suradi. Zarpechak va shumg‘iya ekinlarning shirasini so‘rib, ularni quritadi. Begona o‘tlarning zaharlilari (kampirchopon, tuyakorin, mingdevona, bangidevona) ham bor. Ularning urug‘lari suv, shamol, inson va xayvonlar vositasida tez tarqaladi. Begona o‘tlar ko‘p urug‘ hosil qiladi. Masalan: bir tup kurmak 6000, shumg‘iya 100 000, zarpechak 140 000 urug‘ hosil qiladi.
Karantin ob’ektlariga mamlakat hududida uchramaydigan yoki juda kam tarqalgan turlari mamlakat ichkrisiga transport vositalari, qishloq xo‘jalik xom ashyolari, odamlar orkali kirib kelishi mumkin bo‘lgan, maxsulotlarni zararlanishiga, o‘simliklarni kasallanishiga sabab bo‘ladigan zararli hasharot, xavfli o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlar kiradi.
Bunday zararli organizmlarni ekinzorlarda tarqalishini o‘z vaqtida aniqlash, ularni yangi hududlarga tarqalishini chegaralash va zararlangan joylarini himoyalab, yo‘q qilib tashlash, mamlakatning boshqa hududlariga bunday organizmlar uchramaydigan hududlariga tarqalishini oldini olish muhim ahamiyatga ega.
Begona o‘tlarning Respublikamiz hududida uchramaydigan va tarqalish xavfi bo‘lgan turlarini karantin begona o‘tlar deyiladi. Ularning tarqalish hududlari har yili joylardagi karantin inspeksiyasi hodimlari tamonidan nazorat qilib boriladi va ularni bartaraf qilish buyicha karantin tadbirlarini amalga oshiradi.
Karantin ob’ektlarning tarqalishida davlatlar orasidagi savdo, ilmiy tadqiqot va madaniy aloqalardagi hamkorliklar muhimdir. Ilmiy muasasalarning urug‘lar, ko‘chatlar, piyozboshlar, tuganaklar, mevalarni almashinish jarayonida eng xavfli kasalliklar va hasharotlar tarqalish imkoni vujudga keladi. Ch.Elton fikricha (1960) AQSh ga keltirilgan hashoratlarning yarmidan ko‘pi Yevropa, Janubiy Amerika, Avstraliya va Yaponiyadan keltirilgan.
Har kanday karantin ob’ektlarning tarqalishini oldini olish uchun fitosanitar nazorat tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish va maxsulotlarga sifatli ishlov berish muhimdir. Kasallik qo‘zg‘atuvchilarining, hashoratlar va begona o‘tlarning kelguvsi yillarda tarqalish darajasi tug‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun mutaxassis ularning biologik xususiyatlarini, joyning tuproq iqlim sharoitini, xo‘jalik yuritishning agrotexnik tadbirlarini yaxshi bilishi kerak. Ayniksa, kuzatish olib boruvchi mutaxassislar kuzatish va karantin ob’ektlarini miqdorini xisobga olish usullari bilan malakali ishlay bilishi kerak.
Respublikada qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirish miqdorini orttirish uchun barcha iqtisodiy, agrotexnik va ma’naviy tadbirlarni tez suratlar bilan amalga oshirmoqda. Bu vazifalarning muvafaqqiyatli xal qilinishida. o‘simliklarning hosil sifati va miqdorini kamaytiruvchi kasallik, hasharot va begona o‘tlardan himoya qilish muhim ahamiyatga ega.
O‘simliklarni samarali himoya kdliщda ekinzorlarda uchraydigan zararli organizmlarning paydo bo‘lishi va tarqalishini muntazzam nazorat qilib borish, ularga qarshi agrotexnik, tashqiliy kurashning eng arzon va samarali usullarini qo‘llab, xo‘jaliklarga iqtisodiy zarar yetkazmasdan oldini olish imkoni vujudga keladi. Qishloq xo‘jaligining intensiv rivojlanishi va maxsulotlarni davlatlar orasida ayriboshlash ularda uchraydigan kasallik, hasharot va begona o‘tlarning urug‘larini ham bir davlat hududidan boshqalariga tarqalishiga, yangi hududlarda yangi turlarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmokda. Bu jarayonlardagi tartibsizlikka barham berish uchun davlatlar aro bojxona pustlarida nazoratni kuchaytirish, mamlakat ichkarisidagi ekinzorlarni muntazam nazorat qilish asosida ekinzorlardagi fitosanitar xolatni baxolab turishni takoza qiladi.
Karantin ob’ektlarga qarshi kurashdan kura uning oldini olish muhimdir. Buning uchun davlatlar hududida uchraydigan begona o‘tlarni tarqalish arealini bilish, ularga qarshi kurash choralarini tug‘ri belgilash, ularning ekinlarga keltiradigan zararini keskin kamaytiradi, ekinzorlarning fitosanitar holatini yaxshilash imkonini beradi. Fitosanitar nazorat tufayli yangi kasalliklar, hashoratlar va begona o‘tlarning turlari aniqlangan takdirda uni bartaraf qilish
yullarini belgilash imkoni vujudga keladi. Ekinzorlardagi begona o‘tlarga qarshi agrotexnik, biologik, fizikaviy, kimyoviy, mexaniq kurash choralari keng qo‘llanilmokda. Bu kurash choralarini to‘g‘ri belgilashda mutaxassilarning bilim saviyasi va kunikmalari asosiy rol o‘ynaydi. Malakali mutaxassislarni tayyorlashda ularni barcha davlatlarda uchraydigan karantin organizmlar to‘g‘risida to‘liq tushunchaga ega bo‘lishi, ularning tarqalishini chegaralashga, zararini oldindan aniqlashga, bartaraf qilishga qarshi kurash choralarini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin