Rangning bo‗lmasligi beparvolik, atrofga bo‗lgan befarqlikni vujudga keltiradi. Odatdagi
kulrang tonning tabiiy materiallar bilan uyg‗unlashuvi mayin rangli gammani yaratadi va
interyerda yetakchi bo‗lgan daraxt, tabiiy tosh yoki jihozning rangi uchun fon bo‗lib
ifoda etiladi. Boshqa tomondan, quyuq yorqin tonlar yordamida katta ta‘sir o‗tkazish
kuchiga ega bo‗lgan rangli munosabatlarni yaratish mumkin.
13.
Interyerda yorug‗lik masalalari qanday yechiladi?
Tayanch so`zlar: jamoat
binolarining interyerlari, katta oraliqli zallar, yoritilganlik darajasi, quyoshdan
himoyalanuvchi moslamalar, tabiiy yorug„lik
Inson tomonidan atrofidagi interyerli muhitning qabul qilinishida yorug‗lik katta
ahamiyat kasb etadi. Jamoat binolarining interyerlaridagi katta oraliqli zallarning
yoritilganlik darajasining ta‘minlaganligi uning spesifikatsini belgilab beradi. To‗g‗ri
tarqaladigan quyosh yorug‗ligi ko‗zlarni qamashtiradi, insonning
ishlashiga halaqit
beradi va shu bilan birgalikda bunday yorug‗lik insonga ko‗tarinki va quvonchli kayfiyat
bag‗ishlaydi. Yorug‗likning tasviriy o‗yinini va soyalar hosil qilish uchun mehnat
jarayoniga halaqit bermaydigan joylarda to‗g‗ri tarqaladigan yorug‗likni tushish
maqsadida ish va o‗quv xonalariga maxsus quyoshdan himoyalanuvchi moslamalar
o‗rnatiladi. Qaytadigan tabiiy yorug‗lik maxsus qaytaruvchi tekislar va yorug‗lik
moslamalari yordamida hosil qilinishi mumkin. Bunday bir yo‗nalishda va bir me‘yorda
taraladigan yorug‗lik o‗quv va ish xonalari uchun zarur bo‗lgan tabiiy yorug‗lik deb
hisoblaniladi. Bu yorug‗lik yoritilganlik darajasini ahamiyatli tarzda oshirishi mumkin.
14.
Interyerning sun‘iy yoritilishi deganda nimani tushunasiz?
Tayanch so`zlar
:
Sun‟iy yorug„lik, tabiiy yorug„lik, yoritish moslamalari,
yorug„lik nurlari, sun‟iy yorug„lik jihozlarining tuplami, qaytgan nurlar
,
tomosha
zollaridagi fazoviy bushlik
Sun‘iy yorug‗lik tabiiy yorug‗likdan farqli o‗laroq maxsus yorug‗lik manbalarining
yaratilishini talab etadi. O‗rnatiladigan yoritish moslamalaridan taraladigan yorug‗lik
nurlari shift devorlar sirtlarini yoritadi
va bu sirtlardan qaytadi – bularning hammasi sun‘iy yorug‗lik jihozlarining tuplami deb
ataladi va bu tuplam jamoat binolarining zamonaviy interyerli muhitida o‗zining keng
qo‗llanilishini topdi. Shift va devorlardan hamda konstruksiyalarning alohida
elementlaridan qaytgan yorug‗lik alohida tasviriy sifatlarga ega bo‗ladi. Qaytgan nurlar
mayin va bir maromda taralishi bilan birgalikda yorug‗ joydan qorong‗iroq zonaga yetarli
darajada faol o‗tadi, insonga yengil his qiluvchanlik, faollikni bahshida etadi. To‗g‗ri
taraladigan yorqin yorug‗likning
zurayishini pasaytiradi, shakllarga qandaydir rang
bergandek bo‗ladi. Qaytgan nurlar tomosha zollaridagi fazoviy bushlikni tasavur kilib
bulmas darajada kengaytiradi, joylardagi yorug‗lik osti nurlari xonani shinamlashtiradi va
uning uyg‗otuvchanlik hususiyatini oshiradi.
15.
Granit, beton, metall, oyna kabi qattiq materiallardan qaysi bino va inshootlarda
foydalaniladi?
Tayanch so`zlar: vokzallar va katta vestibyullar, xollar,
kotfastlikni oshiradi, taassurotni oshiradi, yengil neytral ton hosil qiluvchi ochiq
rangli shtukaturka
Granit, beton, metalll, oyna kabi qattiq materiallardan vokzallar va katta vestibyullar,
xollar va shunga o‗xshash joylarda foydalaniladi. Bunday joylarda odamlar kam vaqtini
o‗tkazadilar va atrofdagi yuzalarning bunday qattiq materiallar bilan qoplanishi shovqinni
yutmaydi aksincha kuchaytiradi,
kotfastlikni oshiradi, taassurotni oshiradi.Interyerda
qo‗llaniladigan materiallar qatori talablarga javob berishi taqozo etiladi. Birinchidan,
materiallarning ob‘yekt mazmuniga muvofiq (mos) kelishi. Interyerga qo‗llanadigan
material bino ichida ro‗y beradigan jarayonga muvofiq kelishi va bu materiallar jarayon
kechayotgan paytda yuzaga keladigan ta‘sirlarga qarshi reaksiya beradigan xissiyotni
hosil qilishi kerak. Mana shuning uchun ham shinam restoranlarda mijoz vaqtini
o‗tkazishni xog‗laydi, ular tabiiy materiallar – yog‗och, ishlov berilmagan tosh bilan
pardozlanadi. Ko‗chadan ichki fazoviy kenglikka o‗tadigan o‗tish
joyining tashkil
etuvchi vestibyullarni tabiiy qo‗pol toshlar bilan pardozlash ayniqsa juda o‗rinlidir, ish
joylarini va auditoriyalarni yengil neytral ton hosil qiluvchi ochiq rangli shtukaturka bilan
pardozlash maqsadga muvofiqdir, shu sababli bunday pardozlangan interyer ish va o‗qish
jarayonida xalaqit bermaydi. Umuman olganda interyerni bezatishda pardozlash va
qurilish materiallaridan foydalanilganda turli materiallarning yagona kompozitsion
yechimda uyg‗un uyg‗unlashuvini topish bosh talab sifatida namoyon bo‗ladi , bunda
ular orasida bosh yetakchi materialga o‗rin ajratiladi.
16. Zinapoyalarning qanday turlari mavjud. Zinapoyalarni
loyihalashga qanday asosiy
talablar qo‗yiladi?
Tayanch so`zlar:
ikki marshli, uch marshli, zinapoya maydonchasi, zinalarning soni,
marshning og„maligi, to„siq balandligi
Eng ko‗p qo‗llaniladigan zinapoya turlari:ikki marshli, va uch marshli zinapoyalar.
Zinapoyalarni loyihalashga qo‗yiladigan asosiy talablar:
Dostları ilə paylaş: