ETIKDO‘Z VA SHOGIRDLARI Mohir etikdo‘zning ikki nafar shogirdi bor ekan. Biri juda
mas’uliyatli, intiluvchan bo‘lib, ustozining o‘gitlariga to‘liq amal qilarkan.
U ustozining izidan borib, odamlar uchun mustahkam, chidamli poyafzal
tikibdi. Odamlar undan minnatdor bo‘libdi.
Ikkinchi shogirdi sinchkov va qiziquvchan ekan. U ustaning
harakatlarini sinchiklab kuzatar, har bir so‘zini qalbiga muhrlar ekan.
Ko‘pincha savollar berar, ayrim hollarda o‘zi javob topishga harakat
qilarkan. U ustoziga taqlid qilishga intilmabdi, har bir oyoq kiyimni o‘ziga
xos tarzda tikibdi. U ustalarga xos yo‘l tutib: har bir buyurtmachining oyoq
o‘lchamini olib, uning talablari, didi, yoshiga qarab poyabzal bichar va
tikarkan. Hamma minnatdor bo‘libdi (80 ta so‘z). KALAVANING UCHI Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, och ekan-u to‘q ekan. Qadim zamonda
uch kishi yashagan ekan. Birining ismi Kimdir, ikkinchisining ismi Har
kim, uchunchisining ismi Hech kim ekan.
Bir kuni ular katta muammoga duch kelishibdi. Har kim muammoni
Kimdir yechadi deb o‘ylabdi. Ammo Hech kim hech narsa qilmabdi.
Vaholanki muammodan qutulish uchun Har kim chora topishi mumkin edi
(60 ta so‘z). KO‘Z NURI Dunyoda bir kishi yasharkan. Uning sodiq do‘sti – vafodor iti bor
ekan. Boshiga tashvish tushib, ko‘zi xiralasha boshladi. Kun sayin ko‘z
nuri so‘nib, ko‘rmay qolibdi. Shunda uning iti yordamga kelibdi. Vafodor
it uni sayrga olib chiqar, uyida kerakli narsalarni topib berar ekan.
Odamzod itidan minnatdor ekan.
Bir kuni itning hayoti uzilibdi. Taqdirga tan berib o‘zi harakatlanibdi.
Ko‘zini zo‘riqtirib, ko‘rishga intilibdi. Nihoyat ko‘ra boshlabdi. Shunda
odamzod uning ko‘rishini kechiktirgan itidan norozi bo‘libdi (70 ta so‘z). O‘ZINGDAN BOSHLA Bir odam dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘libdi. U atrofiga nazar solib,
hayratga tushibdi. Dunyo shunchalik kata ekanki, inson ummondagi
xaschalik ekan.
Shunda odam o‘z shahrini o‘zgartirmoqchi bo‘libdi. Lekin shahar ham
kata ekan, inson esa kichkina. Shunda odam o‘z oilasini o‘zgartirmoqchi
bo‘libdi. Lekin oilasi ham kata ekan, u bir o‘zi, bolalari esa o‘n nafar.
38
Shunda odam faqat o‘zinigina o‘zgartirishga yetarli kuchga egaligini
tushunibdi. Shu yo‘l bilan u dunyoni o‘zgartirishga hissa qo‘shishiga amin
bo‘libdi (70 ta so‘z).