QOSH QO‘YAMAN DEB… Bir mo‘ysafid nabirasi bilan mahalladan o‘tib borishardi. Bir
hovlining tashqi chegarasini ta’mirlashga urinayotgan bolakayni
uchratishibdi. Bola harakat qilsa ham ishi siljimas, barmog‘iga tegdi
shekilli, u asbobni otib yubordi.
Shunda chol nabirasi yordam berib, qoqib qo‘ydi.
Biroq mo‘ysafid qoqilgan taxtani olib tashladi.
- Buvijon, nega bunday qildingiz? O‘zingiz o‘rgatgansiz, boshqalarga
yordam bergin deb, yaxshilik qilishga yo‘l qo‘ymayapsiz….
- Men senga yaxshilik qilgin deyman. Lekin hozirgi ishing aksi. Bu
bolakay sabr-toqatli bo‘lish, ishga mas’uliyat bilan yondashish, buyurilgan
topshiriqni vaqtida bajarishni o‘rganmaydi. Sen qosh qo‘yaman deb, ko‘z
chiqarishing mumkin (86 ta so‘z). NON DARAXTI Tropik o‘lkalarda o‘sadigan meva daraxtlarining ba’zilarini non
daraxti deb atashadi. Bunga sabab, bu daraxtlar serhosil, mevalari bir yo‘la
yoppasiga yetilmaydi. Birin-ketin pishadi. Uning mevasi non o‘rnida
iste’mol qilinadi. Non daraxtining 15-20 yoshlik bir tupi 1-2- kishini, 5-6
tupi esa katta bir oilani bemalol bir yil boqadi.
Non daraxti sershox, bo‘yi 18-20 metr, po‘stlog‘i sarg‘ish-kul rang.
Barglari yirik. Gullari bevosita daraxt tanasidan yoki yo‘g‘on shoxlaridan
chiqadi. Mevasi juda o‘lkan, 20-25 kilogramm, hatto 40 kilogrammgacha
bo‘ladi. Meva shaklan bochkaga o‘xshaydi. 700-800 dona meva beradi.
Avgust-oktayabr oyi “dam oladi”, boshqa vaqt mevasi pishaveradi (80 ta so‘z). QOVUN DARAXTI Tropik mamlakatlarda mevasi qovunga o‘xshaydigan o‘simlik bor.
Qovun daraxtning bo‘yi 5-6 m, yo‘g‘onligi 20-30 sm keladigan, tanasi tik,
sirti barg chandiqlari bilan qoplangan daraxt. Qovun daraxtining gullari
sarg‘ish-ko‘kimtir rangda, mevasining bo‘yi 30 sm, diametric 15 sm,
og‘irligi 8 kilogrammgacha bo‘ladi.
Sharq va G‘arb mamlakatlarining ko‘pchilik aholisi qovun daraxtini
papaya deb atashadi. Uning vatani – Janubiy va Markaziy Amerika. Qovun
daraxti
mevasidan
dori-darmon,
g‘shtni yumshatish maqsadida
foydalaniladi (65 ta so‘z).