8. Uyga vazifa berish - 3 - 4 daqiqa.
a) kelgusi yangi darsga tegishli terminlarni adabiyotlardan topib
o‘qiysiz
b ) mavzuda rasm chizasiz va h.k.
9. Foydalanilgan adabiyotlar:
Masalan: 1. Azimova B.Z. ≪Natyurmort tuzish va tasvirlash
metodikasi. T. ≪ 0 ‘qituvchi≫, 1984
2. Darsliklar........................................
3. Ayrim nashrlar, ensiklopediya, maqola va h.k.
Albatta, tasviriy san’at darslarini slaydalar, rangli lavhalar, musiqa,
ashula, ertak, afsona, rivoyat va xalq naqllari bilan boyitiladi. Natijada
darsni mazmunli tashkil qilish imkoniyatlari yuzaga keladi. 0 ‘qituvchi
nutqida chiroyli so‘zlami topib, qo‘llay bilishi, o‘rai kelganda milliy
o‘zbek xalq maqollaridan foydalana bilishi '^ shart. Darsga bunday
yondashish, o‘quvchilami xalq amaliy san’ati an’analariga
yaqinlashtiradi, kamolot sari yetaklaydi, o‘quvchilaming shaxsiy
fikrlashlarini takomillashtiradi.
O'qitish metodikasi - bu nima? Ilmmi yoki san’atmi? O'qitish
metodikasini nazariyasi - ilmdir, uning ma’lum mazmunlari va
tavsiyalarini samaradorligi ilmiy asoslanib isbotlangan. O'qitishning
o‘zi esa, o‘quv-tarbiyaviy jarayonga ta’sir qilib o‘ziga jalb qila olish -
bu san’atdir. Nazariy va amaliy tomonlarini farqini bilib, metodikaga bir
tomonlama qarashlar bo‘lishi mumkin emas.
O'qitish san’ati, dars konspektidagi nazariy bilimlami ta’lim
amaliyotida ijodiy foydalanishni talab etadi. Shuning uchun dars
konspektini tuzishda asosiy e’tibomi bayon qilish shakliga emas, balkim
o‘quv materialini mazmunini yoritilishiga qaratilishi lozimdir. Tajribadan ma’lumki talabalar amaliy mashg‘ulotlar, pedagogik
amaliyot natijasida o‘zlari xilma-xil yangi va o‘zgacha, qiziqarli, original ishlash turlarini yaratadilar.
Hozirgi kunda BoshlangMch ta’lim fakulteti talabalari maktabda
pedagogik amaliyot mobaynida va tasviriy san’at o'qitish metodikasidan
amaliy mashg‘ulotlarda dars ishlanmalarini tuzishda yuqorida
ko‘rsatilgan ma’lum bir shakldan foydalanishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |