Temir yo’llarda egrilik radiuslari
Temir yo’l darajasi
|
Egrilik radiusi, m
|
Tavsiya etiladiganlari
|
Ruxsat etiladiganlari
|
qiyin sharoitlarda
|
O’ta qiyin sharoitlarda texnik-iqtisodiy asoslab
|
Boshqarma bilan kelishilgan holda
|
Tezyurar
O’ta yuklangan
I
II
III
IVdaraja:
Umumtarmoq liniyalari
Tarmoq yo’llari
Bog’lovchi yo’llar
|
4000-3000
4000-2000
4000-2500
4000-2000
4000-1200
2000-1000
2000-600
2000-300
|
2500
1500
2000
1500
800
600
500
200
|
1200
1000
1000
800
600
350
200
180
|
800
600
400
400
300
200
200
-
|
Harakat tarkibining aylanma radiusli burilishga ohista o’tishini ta’minlash uchun bunday egriliklar to’g’ri uchastkalar bilan o’tish egriligi (perexodnaya krivaya) yordamida birlashtiriladi. O’tish egriligining radiusi cheksiz ∞ qiymatdan aylana egrilik radiusi R gacha bir tekis kamayib boradi. Yondosh egriliklar orasida yo’l darajasiga qarab eng kam qiymati 30m dan 150m gacha uzunlikda bo’lgan to’g’ri yo’l bo’laklari (egriliklarning yo’nalishini hisobga olgan holda) qo’yiladi.
Liniyaning bo’ylama profili alohida bo’laklarining (elementlarining) qiyaligi va uzunligi bilan tavsiflanadi. Qiyalik profilning boshlang’ich va oxirgi nuqtalari balandligi orasidagi tafovutni h shu ikki nuqta orsidagi masofa l ga
nisbati bilan o’lchanadi va minglik ulushda hisoblanadi. Boshqacha aytganda qiyalik yo’l sathi og’ish burchagining gorizontga nisbati, ya’ni ά burchak tangensi bilan ifodalanadi. 1.5 rasmda ko’rsatilganidek qiyalik poezd harakatiga ko’tarilishni engishga
Rasm 1.5. Qiyalikni hisoblash chizmasi
qo’yiladigan qo’shimcha qarshilik tug’diradi:
bunda
Q – poezd massasi;
i - ko’tarilishning minglik soni.
Poezdning massasi qiyalik tikligiga bog’liq bo’lib temir yo’llarni loyihalashda qiyalikni imkon qadar kamaytirishga harakat qilinadi.
Temir yo’l liniyasining asosiy parametrlaridan biri uning etakchi qiyaligidir. Etakchi qiyalik eng katta, surunkali ko’tarilish bo’lib, uning qiymati bo’yicha minimal hisobiy tezlikda yakka tortuvchi kuch bilan harakatlanuvchi poezd massasining meyori belgilanadi. Ushbu qiyalik yo’lning darajasiga va topografik sharoitlarga qarab yangi va qo’shiladigan mavjud liniyalarda poezd vaznini umumiylashtirilgan (unifikatsiya qilingan) meyorlarga keltirishni hisobga olgan holda texnik-iqtisodiy hisoblar asosida belgilanadi.
Etakchi qiyalik yangi tezyurar liniyalarda 0,002, o’ta yuklangan liniyalarda 0,009, I darajali liniyalarda 0,012, II darajali liniyalarda 0,015, III darajali liniyalarda 0,02 va IV darajali liniyalarda 0,03 dan katta bo’lmasligi kerak.
Bo’ylama profil elementlarining uzunligi kelajak istiqbolda muomala uchun mo’ljallangan poezdning yarim uzunligidan kam bo’lmasligi kerak. Bu holda poezd ostida bir vaqtda profil sinishining ikkidan oshmasligi ta’minlanadi. Bo’ylama profilning alohida yondosh elementlari vertikal tekislikda 15000 dan 3000 m gacha bo’lgan radiusli egriliklar bilan liniya darajasiga qarab o’zaro bog’lanadi.
Bo’ylama profil qabul qilingan shartli belgilar bilan namunaviy (standart) shaklda rasmiylashtiriladi. Chizma masshtabi va ko’rsatiladigan ma’lumotlar bo’yicha to’liq (podrobno’y) va qisqartma (sokrahyonno’y) bo’ylama profillar farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |