Ii bob. O`Quvchilarda sog`lom tafakkurni rivojlantirishning mazmuni, metodi, shakl va vositalari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə26/32
tarix02.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#137091
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Magitrlik dissertasiyasi Adash

3.2-§. O’quvchilarda sog‘lom tafakkurni rivojlantirishga oid tajriba sinov ishlarining samaradorlik darajasi
O’quvchilar deganimizda umumiy o‘rta ta`lim maktabi o’quvchilarini tushunamiz. Bu davrda o’quvchi shaxsi ijtimoiy hayotda, ta’lim muassasasi jamoasida, tengqurlari bilan munosabatlarda egallagan mutloqa yangicha mavqei ta’sirida, o’qish va turmush sharoitidagi o’zgarishlar ta’sirida tarkib topa boshlaydi. Ular ijtimoiy hayotdagi dolzarb vazifalarni anglay boshlaydilar.
Umumiy o`rta ta`lim maktabi o’quvchilarining o’quv mashg’uloti o’z xususiyati va mazmuni bilan boshqa yosh davridagi o’quvchilarning ta’lim jarayonidan tubdan farq qiladi. O’quv rejasi va dasturining murakkablashuvi, yangi fanlar va fakultativ kurslarning kiritilishi o’zlashtirishni nazariy tafakkur yordamida amalga oshirishni taqozo etadi. Ana shu sababli ularning o’qishga munosabati ham o’zgaradi. Bu davrda o’quvchilarning tafakkuri tobora faol, mustaqil va ijodiy xususiyatlarga ega bo’lib boradi.
O‘quvchi tafakkurining sifatini uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, mustaqilligi, samaradorligi, tezligi tashkil qiladi. Tafakkurning mazmundorligi deganda, o’quvchi ongida tevarak-atrofdagi voqelik bo’yicha mulohazalar, muhokamalar va tushunchalar qanchalik joy olganligi nazarda tutiladi. Tafakkurning chuqurligi deganda, moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari, o’zaro bog’lanishi va munosabatlari o’quvchining fikrlashida to’liq aks etishi tushuniladi. Tafakkurning kengligi esa o’zining mazmundorligi va chuqurligi bilan bog’liq bo’ladi. O’quvchi narsa va hodisalarning eng muhim belgi va xususiyatlarini mujassamlashtirsa, o’tmish, hozirgi zamon va kelajak haqidagi mulohazalarini bildira olsa, bunga tafakkurning kengligi deyiladi. Tafakkurning mustaqilligi deganda, o’quvchi tashabbuskorlik bilan o’z oldiga yangi vazifalar qo’ya bilishi va ularni oqilona usullar bilan bajara olishi tushuniladi. Tafakkurning tashabbuskorligi deganda o’quvchining o’z oldiga yangi g’oya, muammo va vazifalar qo’yishini, ularni amalga oshirishda samarador vositalarni ham o’zi topishga intilishini anglaymiz. Agar o’quvchi muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli yangi fikrlarni aytgan bo’lsa, nazariy va amaliy vazifalarni hal qilishda yordam bersa, bunga samarador tafakkur deyiladi. Tafakkurning tezligi savolga to’liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi. O’quvchi tafakkurining tezligi qator omillarga: birinchidan, fikrlash uchun zarur ma’lumotning xotirada mustahkam saqlanganligiga, uni tez yodga tushura olishga, muvaqqat bog’lanishning tezligiga, o’quvchining diqqati va qiziqishiga: ikkinchidan, o’quvchining bilim saviyasiga, qobiliyatiga, egallagan ko’nikma va malakalarga bog’liqdir.
Oila va ta’lim muassasasi hamkorligining o’quvchilarda sog’lom tafakkurni shakllantirishga ta’sirini qay darajada muhimligini aniqlashga qaratilgan tadqiqot ishimizda sinaluvchilar guruhida tafakkur, “sog’lom tafakkur” tushunchalarining mohiyatini anglanganlik darajasini aniqlovchi savolnoma o’tkazildi. Olingan natijalar miqdor va sifat jihatdan tahlil qilindi. To’plangan ma’lumotlar jadval va diagrammalarda aks ettirildi.
3.2.1-jadval

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin