Fe’lning vazifadosh shakllari. Fe’lning gapda ma’lum bir gap bo'lagi vazifasini bajarishga mos bo'lgan shakli uning funktsionalI formasi deyiladi. Fe’lning funktsional formalari gapda kesim, hol, aniqlovchi, ega va to'ldiruvchi vazifalarida keladi. O'zbek tilida fe’lning funktsional formalariga sof fe’l, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi kiradi. Sof fe’l.Fe’lning tuslangan formada qo'llanib, kesim vazifasini bajarishga mos shakli sof fe’l deb ataladi. Sof fe’l har uch zamon shaklida qo'llangan aniqlik, buyruq-istak, shart mayli formasidagi fe’llarni o'z ichiga oladi. Masalan: To'g'ri so'z odam butun hayoti davomida mehr, sadoqat nurlarini tarqatadi (U.Mahkamov). Kimki oz bilsa, ozga o'rgatadi. (Tafakkur gulshani). Aqlni beaqldan organ (Maqol). Ravishdosh.Harakatning belgisini (harakat tarzidagi belgi) anglatadigan, gapda ko'pincha hol yoki ergash gapning kesimi vazifasini bajarishga mos bo'lgan fe’l shakli ravishdosh deyiladi. Masalan: Ilmu hunarni Xitoydan bolsa ham borib o'rganinglar (“Pedagogika tarixi”dan). Choyga fotiha o'qilgach, hamma o'rnidan turdi (S.Ahmad).Bu misollarning birinchisida borib ravishdoshi hol vazifasini, ikkinchi misoldagi o 'qilgach ravishdoshi ergash gapning kesimi vazifasini bajargan. Ravishdosh quyidagi affikslar bilan yasaladi: fe’l o'zak-negiziga unlidan so'ng -b, undoshdan so'ng -ib affiksini qo' shish bilan: o 'qib, borib;
fe’l o'zak-negiziga unlidan so'ng -y, undashdan so'ng -a affiksini qo' shish bilan: o 'qiy-o 'qiy, bora-bora.
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar nutqda, asosan, takroriy holda qo'llanadi; -b (-ib), -a, -y affikslari bilan yasalgan ravishdosh qo'shma fe’l (sof fe’l) tarkibida yetakchi qism vazifasida ham keladi: yoza boshladi, o'qib chiqdi kabi. -gani (-kani, -qani) affikslari bilan: o'qigcini, aytgani kabi;
-gach (-kach, -qach) affikslari bilan: o 'qigach, borgach kabi;
Fe’l o'zak-negizi k yoki g undoshi bilan tugasa, -kani, -kach, -kuncha tarzida, q yoki g' undoshi bilan tugasa, -qani, -qach, -quncha tarzida qo'shiladi: ekkani, ekkach, ekkani, ekkuncha; chiqqani, chiqqach, chiqquncha kabi. Fe’lning ravishdosh shakli fe’l singari harakat tushunchasini anglatib, fe’lga xos quyidagi morfologik belgilarga ega, ya’ni: o'timli-o'timsizlik ma’nosini ifodalaydi: eslab - o'timli, kulib - o'timsiz ravishdosh;