179
ashyoga nisbatan kam bo‘ladi. Olingan fraksiyalarni gidrotozalashga to‘g‘ri
keladi.
14.2. Reaktsion kamerali visbreking
qurilmasi
Reaksion kamerali visbreking qurilmasining texnologik sxemasi 14. 2 -
rasmda keltirilgan. Neftni haydash qurilmasidan qizigan mazut 1-nasos
yordamida 2-zmeevikli pechga beriladi. Xom – ashyo pechdan chiqib, 1,7 MPa
bosim atrofida ishlovchi 3-reaktsion kamerada krekinglanadi.
Olingan
mahsulotlar aralashmasi 4-reduktsion klapan orqali o‘tib, so‘ngra 8-
fraksiyalovchi kolonnaga beriladi. Aralashma kolonnaga kirguncha 7-nasos
yordamida 6-issiqlik almashtirgich orqali berilayotgan
sovuq gazoyl oqimi
qo‘yilishi
hisobidan sovutiladi, sovuq gazoylni qoldiq qismi 8-kolonna o‘rta
qismiga qaytariladi. Gazoylni balans miqdori 5-sovutgichdan so‘ng qurilmadan
chiqariladi. Benzin bug‘lari kondensatsiyalanishi va gazlarni sovutish uchun 8-
kolonna yuqorisida 11-havoli sovutgich xizmat qiladi. Undan so‘ng
aralashma
12-sovutgichdan o‘tadi. 13-gorizontal separatorda gazlar
barqaror benzinlardan
ajratiladi. Benzinning bir qismi 14-nasosda kolonna
yuqori tarelkasidan sovuq
sug‘orish
uchun qaytariladi, qolgan qismi qurilmadan chiqariladi. Kerosin
fraksiyasi 10-nasos yordamida so‘rib olinib qurilmadan chiqariladi. 8-
kolonnadagi qoldiq 9-nasos yordamida olinib, og‘irlashtirilgan visbreking mazut
vakuumli bosqichga uzatiladi.