Kimyoviy eritmalar bilan sterilizatsiya qilishni tekshirish
Buyumlarni zararsizlantirilganini tekshirish uchun Xottingerning qandli 1% li glukoza, saburo, teoglukon oziq muhitlarida bo’ktiriladi. Agar asbob-uskunalar yuzasi kata bo’lsa, ulardan salfetka bilan sinama olinadi. Salfetkaning yuzasi 5x5 sm2 bo’lib, izoptonik eritma yoki sterillangan suv, 1% li tiosulfat eritmasi bilan namlanadi.
Markazlashgan sterilizatsiya bo’limi (MSB). Sterilizatsiyani MSBda olib borish ta’sirchan bo’ladi. MSBda ishlatilgan va dastlabki tozalangan asboblar qabul qilinadi, asboblar yuviladi, jamlangach, sterilizatsiya qilinadi va sterillangan materiallar davolash bo’limlariga yuboriladi. Yuqori sifatli sterilizatsiya qilish va samaradorlikni oshirish uchun MSB xonalarini bir-biridan ajratib turadigan yuqumsizlantirish zonalari mavjud. Yuqumsizlantirilgan zonada yuqumsizlantirilgan matolar manbayi, taqsimlash, ekspeditsiya xonalari mavjud. U yerda yuqumsizlantirilgan mato va ashyolar, shpris, kateter, jarrohlik asboblari qabul qilinadi, yuvib quritiladi.
MSBlarning matolarni ro’yxatga olish daftarida qabul qilinayotgan va berilayotgan bog’lov materiali, asboblar nomi va soni aniq qilib ro’yxatga olinishi shart. MSBdagi hamma ishlar sterilizatsiya jarayonlarini to’g’ri olib boorish asosida tashkil qilinadi. MSBda sanitariya va epidemiyaga qarshi tartib saqlanishi shart.
Dezinseksiya – bo’g’imoyoqlilar orqali tarqaladiganko’pgina infeksion kasalliklarga qarshi kurashni uyushtirish va o’tkazish masalasini yechuvchi dezinfeksiyaning alohida kata bo’limi sifatida ajralgan qismi.
Bo’g’imoyoqlilar keltirgan zarar ularnig yuqumli kasalliklarni tarqatishdagi roli bilan chegaralanib qolmaydi. Ularning ko’p turlari (bitlar, burgalar, chivinlar, kanalar) odamning turar joyida va tabiatda, odamlarning xo’jalik faoliyati o’tadigan joylarda yashab, odam qoni bilan oziqlangan holda uni bezovta qiladi, dam olishiga va uxlashiga xalaqit beradi va shu tariqa salomatligiga zarar yetkazadi, uning mehnat qobiliyatini pasaytiradi.
Bo’g’imoyoqlilar tarqatadigan infeksion kasalliklarga qarshi kurash amaliyotidan ma’lum bo’ldiki, epidemiologik jihatdan xavfli hududlarda bo’g’imoyoqlilarni o’z vaqtida qirish, ularning sonini va kishilarga hujum qilishini kamaytiradi, shu tufayli huddi shu tashuvchilar orqali o’tadigan kasallanishlar soni kamayadi.
Dezinseksiya dezinfeksiya kabi transmissiv kasalliklar epidemiologiyasi bilan chambarchas bog’liq, bo’g’imoyoqlilarga qarshi kurash hamma hollarda ularning infeksiya tashish yo’llariga ta’sir ko’rsatishi va shu tariqa o’choqlarni tugatishga, qator hollarda esa, ular payda bo’lishining oldini olishga imkon berishi kerak.
Bo’g’imoyoqlilarga qarshi kurash choralari. Dezinseksiyada qo’llaniladigan choralar ikki asosiy guruhlarga: profilaktik va qirishga bo’linadi.
Profilaktik dezinseksion tadbirlar. Profilaktik tadbirlar bir necha yo’nalishlarda olib borilishi kerak. Ulardan ayrimlarining maqsadi – bo’g’imoyoqlilarning turar joylarga va boshqa xonalarga kirishiga to’sqinlik qiladigan sharoitlar yaratish, boshqalarining maqsadi- epidemiologic nuqtai nazaridan zararli va xavfli bo’g’imoyoqlilarning odam tanasida, uning o’rin-ko’roasida, ichki kiyimida, ust-boshida va tevarak-atrofda paydo bo’lishihamda ko’payishining oldini olish hisoblanadi.Bunda ayniqsa, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish ahamiyat kasb etadi.
Dezinseksiyada qo’llaniladigan qirg’in choralari. Bunday choralar bo’g’imoyoqlilarni ularning hamma rivojlanish bosqichlarida va ularning ehtimoliy ko’payish, uchib kelish, tashish joylarida va odamning tevarak atrofidatanasida, buyumida, turar joyida va boshqa joylarda yo’qotishga qaratilgan.
Bo’g’imoyoqlilarni qirish uchun qo’llaniladigan dezinsektsiya usullari:
1)Mexanik usul – ayrim xollarda devorlarni, pollarni supurish yo’li bilan ularni chang va axlatdan tozalash, xovlini tozalash, gilam va shunga o’xshashlarni kaltak bilan urib qoqish, kiyim-boshlarni qoqish va boshqalar kiradi.
Bo’g’imoyoqlilarni hujumidan saqlanish uchun maxsus to’rlar ishlatiladi, yengliklar va tounga qarshi kurashda maxsus kiyim kiyiladi. Qanotli pashshlarni qirish yopishqoq qog’oz xorakli muxolovkalarva …… foydalaniladi.
2)Fizik usul –bo’g’imoyoqlilarni suv bug’I, issiq yoki qaynab turgan suv, yuqori harorat keng qo’llaniladi.
-
Olov. Bunda keraksiz buyumlar yoqiladi, temir karavotdagi qandalalar va tuxumlarini yo’qotish uchun ularni kavsharlash lampasi bilan in qurgan joylarida kuydiriladi.
-
Qiziga havo ta’sirida bo’g’imoyoqlilar hujayrasi suvsizlanishi va ivib qolishi natijasida halok bo’ladi. Bitlar 500 C gacha qizitilga quruq havo ta’sirida 1,5 soatda, 600 C da 30 minda o’ladi, 850 C da 5 min. da o’ladi.Qandala 5-10 min. da oladi. Buyumlar was maxsus dezinsektsion kameralarda qizdiriladi.
-
Qaynab turgan suv. Bit va sirkalar qaynab turgan suvda 15 min. da yo’qoladi. Buning kiyimlar qaynatiladi.
-
Suv bug’ining issiqlik sig’imi yuqori bo’lgani uchun yaxshi samara beradi.
3)Biologik usul. Masalan, pashsha lichinkalarini yeydigan tovuqlar, chivin lichinkalari bilan oziqlanadigan o’rdaklar va gambuziya baliqlaridan foydalanishga asoslahgan. Yoki bakteriyalar spopralari, viruslar, zamburug’larning ma’lum turi bilan zararlantirilgan maxsus xo’raklardan foydalaniladi. Yoki sun’iy sterilizatsiya qilingan erkak hashoratlar tabiatga chiqariladi, pashshalar gamma yoki boshqa nurlar bilan nurlantirilib nasl qoldirish xususiyati yo’qotiladi.
4)Kimyoviy usul. Bo’g’imoyoqlilar kimyoviy moddalar ta’sirida qiriladi.
-
Granula holidagi zazarlar. Ular nitrat modda zarrachalariga insektitsid eritmasini shimdirish yo’li bilan tayyorlanadi. Ulardan kanalarga qarshi kurashda tuproq va o’simliklarga ishlov berishda foydalaniladi.
-
Kukunsimon insektitsidlar sof bo’ladi yoki yuqori toksinli insektitsidli bo’ladi.
-
Dustlar obyektnig sathiga qisqa muddatli ta’sir o’tkazadi.
-
Suspenziyalar – ishchi insektitsid suyuqliklaridir. Suvni o’ziga singdiradigan yuzalarga ishlov beriladi.
-
Emulsiya
-
Aerozollar fimigantlar va kontakt zaxarlar sifatida qo’llaniladi.
Ichak insektitsidlari. Ular asosan suvaraklar va pashshalarni yo’qotish uchun qo’llaniladi.
1.Natriy ftorid suvaraklarga sepiladi, zaxar suvarakning oyoqlariga tanasiga tegadi, shunda suvarak zaxardan qutulish uchun jag’i bilan zaxarni ichagiga kiritadi va zaxarlanib o’ladi.
2.Bura-qizdirilgani foydali bo’lib, bunday kukun noxot uni va shaker bilan aralashtirilib suvaraklar bo’ladigan joylarga sepiladi.
3.Fimigantlar bo’g’imoyoqlilarga nafas yo’llari orqali qoksinli ta’sir ko’rsatadigan insektitsid vositalari –obyektni bevosita gazatsiya qilishda samarali ta’sir qiladi.
Deratizatsiya – aholi va qishloq xo’jaligi uchun epidemiologik xavf keltiradigan kemiruvchilarniyo’qotishga qaratilgan chora-tadbirlardir.
Nazorat savollari
1.Dezinseksiyada qanday qirg’in choralari qio’llanadi?
2.Qanday sterilizatsiya usullarini bilasiz?
3. Sterilizatsiyadan oldingi ishlov sifati qanday tekshiriladi?
Tayanch iboralar
Sterilizatsiya - turli buyum va ashyolarni fizik va kimyoviy usullar yordamida barcha mikroorganizmlardan butunlay ozod qilish
Dezinseksiya – bo’g’imoyoqlilar orqali tarqaladiganko’pgina infeksion kasalliklarga qarshi kurashni uyushtirish va o’tkazish masalasini yechuvchi dezinfeksiyaning alohida katta bo’limi sifatida ajralgan qismi
MАVZU: №8 INFEKSION KASALLIKLAR TASNIFI
Reja:
-
Оdаmlаrdа uchrаydigаn yuqumli kаsаlliklаrning tаsnifini
-
Epidеmik jаrаyonning rivоjlаnish mехаnizmini
Infeksion kasalliklar tasnifl
L.V. Gromashevskiyning yuqumli kasalliklar tasnifl asosida yuqumli kasalliklar chaqiruvchilarining evolutsiya jarayonida parazitar tur sifatida o'z xo'jayin organizmida birlamchi joylashish kabi biologik xususiyati va maxsus yuqish mexanizmi yotadi. Bu belgilarga asoslanib L.V. Gromashevskiy yuqumli kasalliklarning evolutsion sistemasini yaratdi. Kasallik qo'zg'atuvchisi bilan patogenezi va yuqish mexanizmi o'rtasidagi bog'liqlikni ochib ber- ganligi sistemaning afzalligini namoyish qiladi.
L. V. Gromashevskiy barcha yuqumli kasalliklarni besh guruhga bo'ladi:
1 - guruh. Ichak infeksiyalari (kasallik qo'zg'atuvchilari ichakda joylashadi);
2 - guruh. Nafas yo'llarining infeksiyalari (kasallik qo'zg'atuvchilari nafas yoilariva o'pkada joylashadi);
3 - guruh. Qon infeksiyalari (qo'zg'atuvchilari qonda va limfada joylashadi);
4 - guruh. Teri qoplamlari infeksiyalari (qo'zg'atuvchilari teri qoplamlari va shilliq qavatlarida joylashadi).
Hozirgi vaqtda vertikal (yuqoridan pastga) yuqish mexanizmi bo'lgan 5-guruhdagi infeksiyalar ham mazkur tasnifdan o'rin olgan. Onadan yo'ldosh orqali bolaga yuqish mexanizmini XI asrdayoq tibbiyotimiz bobokaloni, ulug' hakim Ibn Sino bayon etgan edi. Bu fikr bizning asrimizga kelib ilmiy jihatdan asoslab berildi.
L.V. Gromashevskiy o'z tasnifiga kasallik qo'zg'atuvchilarning organizmda birlamchi joylashishi va bunday joylashishga bog'liq bo'lgan maxsus yuqish mexanizmlarini asos qilib oldi. Bu belgilarga qarab, antroponoz kasalliklarni aniq bir sistemaga kiritish mumkin. Lekin zoonozlarni bunday sistemalashda ba'zi bir qiyinchiliklarga duch kelinadi. Ko'p sonli parazitar sistemalarga kiruvchi yuqumli kasalliklarni maxsus yuqish mexanizmiga ko'ra, tasniflashning murakkab jihatlari bor. Chunki bunda bir qancha, bir-biridan keskin farq qiluvchi yuqish mexanizmlari ishtirok etadi. Shunga qaramasdan, bu tasniflarning asosiy yutug'i uning kasallik qo'zg'atuvchilari va ularning o'z xo'jayinlari bilan o'zaro munosabatlarida evolutsion jarayonda paydo bo'lgan belgilarni ifodalay olishida.
Infeksiya (lotin. infectio—yuqish) — bu qo'zg'atuvchi parazit va xo'jayin-odain organizmi (hayvon, o'simlik) orasidagi o'zaro ta'sir jarayoni bo'lib, qo'zg'atuvchilari tashuvchilik yoki kasallik bilan namoyon bo'ladi. Infeksion kasalliklar deganda, bemor organizmiga tushib, ko'payib, o'z hayot faoliyatini davom ettiruvchi patogen viruslar va prokariotlar ta'siri ostida yuzaga keluvchi kasalliklar tushuniladi. Barcha infeksion kasalliklar nozoologik turlari qo'zg'atuvchi turining o'ziga xosligiga bog'liq.
Yuqumli kasalliklar to'g'risidagi bilimlar kengayib, rivojlanib borgan sari, ularning ratsional va ixcham tasnifiga ehtiyoj orta bordi. Bunday tasnifni tuzishga bir necha marta urinishlar bo'ldi. Lekin bu tasniflar o'z oldiga tor maqsadlarni qo'yganligi uchun talabga javob bermas edi. Ko'pincha bunday tasniilarni amaliyotchi klinitsistlar tuzishardi. Ba'zi mualliflar barcha yuqumli kasalliklarni imlo bo'yicha guruhlarga ajratishgan bo'lsa, boshqalari ularni turli ixtisosliklar bo'yicha bo'lib chiqishgan (bolalar infeksiyasi, teri kasalliklari va boshq.). Shu bilan birgalikda amaliyot talablari kuzatuvchilar oldiga turli guruhlarga tegishli bo'lgan yuqumli kasalliklar o'rtasidagi ichki bog'liqlikni ochib berish va shu asosda ularni tegishli bilimlar tabaqasiga qarab tartibga solish vazifasini qo'ydi. Buning natijasida kasalliklarning etiologik belgilari (mikrokokkli, bakterial, zamburug'li, spiroxetali, virusli, parazitar), klinik patogenetik belgilar bo'yicha (o'tkir va surunkali infeksiya, umumiy yoki ensefalit sindromli infeksiya) va epidemiologik belgilar bo'yicha (epidemik va pandemik ichak infeksiyasi, nafas yo'llari infeksiyasi hayvonlardan yuqadigan infeksiya va boshq.) tasniflari tuzildi. Bularning har biri kasalliklar Dir necha, ba'zi hollarda esa, faqat bir belgilariga asoslanib tuzilgan. Bu esa, bilimlarning hozirgi darajasiga javob bera olmas edi.
Hozirgi paytda yuqumli kasalliklar tasniflaridan I.I. Yelkin tomonidan tuzilgan evolutsion tamoyillarga asoslangan tasnif va L.V. Gromashevskiy tuzib chiqqan kasalliklarning yuqish mexanizmiga asoslangan tasniflar talab darajasidagi tasniflar hisoblanadi. Bu tasniflar o'zaro bog'liq va bir-birini to'ldiruvchi hisoblanadi. Dastlab I
1. I. Yelkinning evolutsion tamoyillariga asoslangan tasnifl bilan tanishib chiqamiz.
Yuqumli kasalliklar tasnifining evolutsion tamoyili, bu — kasalliklarning tarixan kelib chiqishi va shakllanishini hamda evolutsiya jarayonida parazit va xo'jayin organizmlarining o'zaro munosabatlari shakllarini ifodalovchi bir butun sistema tuzishga imkon beradi.Yuqumli kasalliklarning tabiiy sistemasini ko'rib chiqishda parazitizmning haqiqiy, tasodifly va soxta turlariga to'xtalib o'tish lozim. Parazitizmni keng tarixiy pozitsiyadan ko'rib chiqishda parazit va xo'jayin sistemasining o'zaro munosabatlarida aniq ifodalangan qonuniyatlar ko'rinadi:
2. Parazitlik qilib yashovchi organizmlar, odatda, ko'p sonli turlarga tegishli bo'lgan makroorganizmlarda yashab, ko'paya oladi. Bunda makroorganizmlarning zararlanishini ifodalovchi belgilar ulardagi bu parazitlarga moyillik va infeksiya manbayi bilan ekologik bog'iqligining mavjudligi bilan izohlanadi.
3. Parazitlar turlarining evolutsiyasi faqat parazitlar doimiy yashashini ta'minlaydigan makroorganizmlar turlari bilan bog'liq bo'ladi.
4. Kasallik chaqiruvchilar uchun biologik «boshi berk ko'cha» hisoblangan makroorganizmlar turlari parazitlarning evolutsiya jarayoni kechadigan tabiiy muhit bo'la olmaydi. Bunday makroorganizmlarni zararlab kasallik qo'zg'atuvchilari o'z naslini davom ettira olmay, ertami-kechmi o'zlari ham nobud bo'ladi.
Moyilligi bo'lmagan hayvon organizmi o'zi mavjud yetarli shart-sharoitlarga qaramay, parazitning vaqtinchalik yashash joyi ham bo'la olmaydi. Chunki u yoki bu yuqish mexanizmi orqali bunday organizmga tushgan parazit bu organizmning biokimyoviy, morfofiziologik xususiyatlari o'ziga xos bo'lganligi uchun bu yerda yashay olmaydi. Lekin hayvonlarning parazitlarga moyilligini faqat ularning birgalikdagi evolutsion o'zgarishlari natijasi, deb qarash noto'g'ri bo'ladi. Chunki moslashuvlar bo'lmasligi ham mumkin. Bu holda quyidagicha izoh beriladi. Organizm va u yashayotgan muhitning bir butunligi to'g'risidagi ta'limotga ko'ra, har qanday tur o'z rivojlanishining ma'lum davrida o'zi uchun maxsus sha- roitlarda yashashga moslashadi.
Turlarning yashash sharoiti majmuyiga moslashish evolutsiyasi har bir tur hayotining o'ziga xos bo'lgan muayyan sharoitlarida yuzaga keluvchi adaptatsiyalar aniq, o'ziga xos sharoitlarga mos- lashishdan boshqa narsa emas. Lekin turning tarixiy rivojlanish jarayonida vujudga kelgan adaptatsiyalar uning keyingi taqdirida ikki xil ahamiyat kasb etishi mumkin. Ulardan bir xillari faqat o'zlari paydo bo'lgan sharoitda moslashuv xususiyatiga ega bo'lib, parazit boshqa sharoitga tushib qolganda, bu xususiyatlar befoyda, ba'zan esa, zararli ham bo'lishi mumkin. Bu xildagi adaptatsiyalar maxsus tipdagi adaptatsiyalar, deyiladi.
Obligat monofaliya, obligat anaerobioz holatlari shunday turdagi adaptatsiyalarining mavjudligi bilan izohlanadi. Shu bilan bir qatorda hayotning aniq bir yashash sharoitlarida yuzaga kelgan ba'zi turdagi adaptatsiyalar organizmlarga faqat shu sharoitda emas, balki boshqa sharoitlarda ham yashay olish xususiyatini beradigan adaptatsiyalar umumiy tipdagi adaptatsiyalar, deyiladi. Bu adaptatsiyalarga ayrim mikroorganizmlarning sporalar hosil qilish mexanizmi, makroorganizmlarning immunitet hosil qila olish xususiyatlari kiradi.
Maxsus tipdagi va umumiy tipdagi adaptatsiyalarning yuzaga kelishida hech qanday farq yo'q. Bu adaptatsiyalarning umumiy vazifasi turlarining shu yashash muhitida doimiy hayot kechirishni ta'minlashdan iborat. Umumiy tipdagi adaptatsiya organizmlarning yangi muhitda yashab tura olish xususiyatini belgilovchi omildir. Bu tipdagi adaptatsiya organizmning yaxshi sharoitda ma'lum vaqtgacha yashay olish uchun imkoniyat yaratadi. Yangi sharoitga butunlay moslashishi esa, hamisha yangi evolutsion adaptatsiyalarning paydo bo'lishi bilan bog'liq.
Agar xo'jayin organizmi parazit uchun tabiiy yashash muhiti bo'la olsa va parazitning evolutsion rivojlanish jarayoni shu organizm nazorati ostida kechsa, ular o'rtasida filogenetik asoslangan bunday o'zaro munosabat haqiqiy parazitizm (parazitlar haqiqiy parazitlar), deb ataladi.
Ko'pgina kasallik chaqiruvchilarda umumiy tipdagi adaptatsiyalar mavjudligi sababli ular biror mexanizm orqali moyilligi bo'lgan makroorganizmga o'tib qoladi. Bu makroorganizmlar parazit turi uchun evolutsion begona hisoblanadi va bunday yashash muhitida ular vaqtinchalik yashaydi. Makroorganizm uchun bu xildagi parazitlar tasodifiy parazit hisoblanadi. Masalan, brutselloz kasalligini chaqiruvchilar juft tuyoqlilarning haqiqiy parazitlari hisoblanadi. Lekin epizootiya avj olgan paytlarda bu kasallikni chaqiruvchilari kemiruvchilarning ko'pgina turlarida yashab, qoramollar uchun kasallik manbayi bo'lishi mumkin.
Haqiqiy parazitlar odamlar bilan evolutsiya jarayonida bog'langan va ularning parazitlik qilib yashashga moslashish jarayonida — filogenezda ular orasida yashashini ta'minlovchi maxsus adaptatsiyalar vujudga kelgan. Ular ham ikki xilga: odamning haqiqiy parazitlari va hayvonlar hamda odamlarda yashaydigan haqiqiy parazitlarga bo'linadi.
Odamning haqiqiy parazitlari evolutsiya jarayonida faqat organizmda yashashga moslashgan kasallik qo'zg'atuvchilaridir. Shu bilan birga, ba'zi kasallik qo'zg'atuvchilari filogenezda juda «tor» moslashuvlarga ega bo'ldi. Bu xildagi mikroorganizmlar faqat odamning ma'lum organ va to'qimalarida parazitlik qilib, yashay olishi mumkin. Ular boshqa hech qanday hayvon turi organiz- mida yashay olmaydi (masalan, moxov kasalligini qo'zg'atuvchilar). Lekin bu guruhga kiruvchi kasallik chaqiruvchilardan ko'pchiligi evolutsiya jarayonida odamlarga moslashuvi bilan birga o'z hayotining doimiyligini ta'minlash uchun ba'zi hayvon turlari uchun ham patogen hisoblanadi. Bunday xususiyatlar ularda mavjud bo'lgan umumiy tipdagi adaptatsiyalar hisobiga bo'ladi. Hayvon organizmida ular uzoq vaqt yashay olmaydi (tasodifiy parazitizm).
Haqiqiy parazitlar o'z hayot faoliyatini hayvonlar va odamlar orasida aylanib yura olish xususiyati evaziga saqlab turadi. Bu guruhga tegishli parazitlar ikki a'zoli murakkab, uch a'zoli oddiy va murakkab, ko'p a'zoli murakkab parazitar sistemasiga kirishi mumkin. Odamlarning haqiqiy parazitlari haqida so'z yuritilganda, parazit orasidagi ayrim turdagi mikroorganizmlar to'g'risida to'xtalib o'tish kerak bo'ladi. Bunday mikroorganizmlar tabiiy sharoitda odamga patogen ta'sir ko'rsatmaydi. Lekin ma'lum sharoitlarda (organizmning rezistentligi pasayganda, jarohat- langanda, zaharlanishda va boshq.) ular og'ir yuqumli kasalliklarni chaqirishi mumkin. Masalan, E.coli. Bunday mikroorganizmlar «shartli patogen mikroorganizmlar», deb ataladi.
Kasallikning yuqish mexanizmi deb, kasallik chaqiruvchilar- ning zararlangan organizmdan sog'lom organizmga o'tish usuliga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda, yuqish mexanizmi kasallik chaqiruvchilarning evolutsiya jarayoni tufayli hosil bo'lgan va ularning biologik tur sifatida saqlanib qolishiga imkon tug'diruv- chi zararlangan organizmdan sog'lom organizmga o'ta olish yo'llaridir.
Yuqumli kasalliklarning yuqish mexanizmi ko'p bosqichli jarayon bo'lib, ketma-ket keluvchi uch davrdan iborat:
— Kasallik chaqiruvchilarning kasallik manbayi bo'lgan organizmdan tashqari muhitga ajralib chiqishi. Bu jarayon u yoki bu fiziologik va patologik akt bajarilgan paytda amalga oshiriladi.
— Kasallik chaqiruvchilarning tashqi muhitda bo'lishi. Bu jarayon qo'zg'atuvchilar uchun bir tomondan foydali bo'lsa (yangi xo'jayinning organizmiga o'tish imkoniyati tug'iladi), ikkinchi tomondan, zararli bo'lishi mumkin. Chunki qo'zg'atuvchilar tashqi muhitda o'z chidamliligi darajasidan ko'p vaqt yashay olmaydilar. Kasallik yuqish jarayonining bu bosqichi maxsus omillar yordamida amalga oshadi.
— Kasallik chaqiruvchilarning yangi turdagi biologik xo'jayin organizmiga kirib borishi. Kasallik chaqiruvchilarning xo'jayin organizmida joylanishiga mos ravishda yuqish mexanizmiga ega bo'lishi, epidemiologik nuqtayi nazardan muhim ahamiyatga ega bo'lsa, umumbiologik nuqtayi nazardan qonuniyatdir.
Har bir kasallik qo'zg'atuvchisi organizmning ma'lum to'qima va organlarida parazitlik qilib yashashi bilan birgalikda aynan shu organizmda joylashishiga mos ravishda yuqish mexanizmiga moslashgan bo'lishi kerak. Hozirgi paytda odam patologiyasida bunday talablarga javob bera oladigan kasallik qo'zg'atuvchilarning ichaklarda, nafas yo'llarida, qonda va tashqi teri qoplamlarida joylashishi ma'lum. Bu sistemalar patogen parazitlar yashashi uchun qulay muhit bo'lishi bilan birga tashqi muhit bilan ma'lum qonuniyatlar asosida bog'langan bo'ladi. Kasallik qo'zg'atuvchilarning yuqorida ko'rsatib o'tilgan organizmda ma'lum joylashishga ega bo'lishi — aynan shu xildagi joylashish uchun o'ziga xos yuqish mexanizmiga ega bo'ladi:
a) kasallik qo'zg'atuvchisi ichaklarda joylashgan hollarda ular tashqi muhitga axlat, siydik yoki qusuq massalari orqali ajralib chiqadi. Yangi organizmga esa, og'iz orqali tushadi. Shu sababli kasallik qo'zg'atuvchisi ichaklarda joylashgan hollarda kasallikning yuqish mexanizmi fekal-oral mexanizm, deb nom oladi. Kasallanish parazitni yutib yuborish yo'li bilan paydo bo'ladi;
b) kasallik qo'zg'atuvchilarining nafas yo'llari shilliq qavatlarida maxsus joylashishi va qo'zg'atuvchilarning tashqi muhitga chiqarilayotgan havo orqali aerozol holida tarqalishini ta'minlaydi. Kasallik chaqiruvchilar yangi organizmga havo orqali tushadi. Bu holda yuqish mexanizmini havo-tomchi orqali yuqish, deb ataladi, yuqish akti nafas olish bilan birga boradi;
c) kasallik qo'zg'atuvchilar qonda joylashgan hollarda ularning tabiiy yuqish mexanizmi ham so'ruvchi bo'g'imoyoqlilar chaqqanda ro'y beradi. Bu mexanizm transmissiv mexanizm, deb nomlanadi. Kasallik chaqiruvchilar yangi organizmga bo'g'imoyoqlilar chaqqan paytda inokulatsiya yo'li bilan o'tadi;
d) kasallik chaqiruvchilar tashqi teri qoplamlarida va tashqi muhit bilan bog'lanuvchi shilliq qavatlarda (hazm qilish sistemasidan tashqari) joylashganda yuqish mexanizmi muloqot (kontakt) mexanizm, deb ataladi.
ODAMLARDA UCHRAYDIGAN YUQUMLI KASALLIKLARNING EKOLOGIK TASNIFI
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda kasallik qo'zg'atuvchilarining tabiatda saqlanib qolishi uchun zarur shart-sharoitlarni, ya'ni kasallik guruhlarini filogenetik hamda ekologik yaqinliklarini ajrata bilish kerak. Ekologik jihatdan o'zaro yaqin organizmlar bir xil yashash sharoitlariga moslashgan holda evolutsiya mobaynida shakllanib borgan (oziqlanish, yashash joyi va h.k.).
Oziqlanish turiga qarab (yirtqich hayvonlar va fotoxemosintez- lashtiruvchi organizmlardan tashqari) barcha organizmlar ikki guruhga: saprofitlar va parazitlarga bo'linadi.
Saprofitlar — «erkin yashovchi» organizmlar, ular o'lgan hayvonlar va o'simliklar bilan oziqlanadi. Parazitizm esa, bu tirik «jonli muhitdagi hayotdir».
Tirik organizmlarning bu har ikki ekologik guruhlari orasida oraliq shakllar ham uchraydi. Obligat parazitlardan tashqari, fakultativ hamda tasodifiy yoki soxta parazitlar ham mavjud. Obligat parazitlar boshqa xil oziqlanish turiga ega qobiliyatini yo'qotgan organizmlar hisoblanadi. Fakultativ parazitlarda saprofit oziqlanish turiga bo'lgan qobiliyat saqlanib qolgan.
Tasodifiy yoki soxta parazitlar tabiatda saprofitlar kabi hayot kechira olsalar-da, tirik organizmlarda ham yashashlari mumkin. Parazitlarning barchasi ham yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchilari bo'la olmaydi. Ammo ko'pgina yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchilari saprofitlar, aniqrog'i tasodifiy parazitlar hisoblanadi. Shunday qilib, barcha yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchilari uchun umumiy ekologik belgi — parazitizm belgisi xosdir.Yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchilarining hayot faoliyatida yashash muhitlarining o'zgarib turishi kuzatiladi. Bu muhitlar qo'zg'atuvchining ekologiyasi va kasalliklar epidemiologiyasi nuqtayi nazaridan o'zaro farq qiladi. Qo'zg'atuvchi biologik tur sifatida saqlanib, yashab qola oladigan muhit g'oyat katta ahamiyatga ega. Bunday muhit spetsifik yoki qo'zg'atuvchining asosiy yashash muhiti, deb ataladi. L. V. Gromashevskiy tomonidan antroponozlar va zoonozlar tasnifl uchun taklif etilgan ikkinchi ekologik belgi — qo'zg'atuvchining spetsifik xo'jayin organizmida joylashishi va unga moslashgan uzatish mexanizmi hisoblanadi.
Yuqumli kasalliklarning ekologik va filogenetik yaqinliklari asosidagi tasnifi. Bu sxemada odamlar orasida uchraydigan yuqumli kasalliklar tasnifl, bu kasalliklarni qo'zg'atuvchi mikro- organizmlarning o'zaro ekologik va filogenetik yaqinliklari tasvir- langan.
Tasnifning birinchi qatorida umumlashgan uch kasallik guruhlari ajratilgan bo'lib (antroponozlar, zoonozlar, sapronozlar), ular bir-biridan qo'zg'atuvchilarining yashash muhitidagi o'ziga xos xususiyatlari va yuqishi jihatidan farq qilinadi.
Infeksion parazitar kasalliklarning xalqaro tasnifi. Kasalliklar, jarohatlar va o'lim sabablarining xalqaro statistik tasnifi bo'yicha 1965-yilda sobiq ittifoqda qabul qilingan qo'llanmada «infeksion va parazitar kasalliklar» birinchi sinf qilib ko'rsatilgan. Bu sinfga, odatda, «yuqumli» va «transmissiv», deb hisoblangan kasalliklar kiritilgan, xolos. Natijada, ko'pgina yuqumli kasalliklar tasnifning qolgan sinflariga o'tkazib yuborilgan.
Birinchi sinfga kiruvchi yuqumli va parazitar kasalliklarni navbat bilan joylashtirish kasallik qo'zg'atuvchilarining muayyan bir laksonomik guruhga (bakteriyalar, viruslar, rikketsioz, spiroxetali infeksiyalar, mikozlar, gelmintozlar) tegishli ekanligiga asoslangan. I ,ekin bunday tamoyilga hamma joyda ham amal qilinmagan. Ba'zi hollarda klinik va ekologik belgilar asos qilib olingan.
Dostları ilə paylaş: |