Lyambliya
Tuzilishi. Lyambliya (Lamblia itestinalis) birinchi marta rus olimi D.F. Lyambl (1859) tomonidan tasvirlangani bois uning nomi bilan atalgan. Lyambliya vegetativ shakli (trofozoit) va sistalar ko'rinishida bo'ladi. Vegetativ shakli faol, harakatchan, noksimon, tanasining oldingi uchi yumaloqlashgan, orqa uchi yumaloqlashgan va o'tkirlashgan. Uzunligi 9 - 18 mkm.
Tanasining oldingi qismida o'yiq ko'rinishidagi so'ruvchi diski bo'ladi. ,2 ta yadrosi, 4 juft xivchini bor. Xivchinlar qisman sitoplazmadan o'tib, bo'yalganda yaxshi ko'rinadigan ikkita bo'ylama dasta (bog') hosil qiladi.
Sistalar — parazitning harakatsiz, faolsiz shaklidir. Uzunligi 10—14 mkm. Shakli oval. Pardasi nisbatan qalin, yaxshi bilinadi, ko'pincha talaygina qismi sistaning o'z tanasidan go'yo ajralgandek tuyuladi. Bu belgisi lyambliya sistalarini boshqa shunga o'xshash tuzilmalardan farq qilishga yordam beradi. Lyugol eritmasida sarg'imtir-och jigarrangga bo'yaladi. Bo'yash yetilgan sistadagi 4 ta yadroni ko'rishga imkon beradi.
Tashxisi. Kasallik yuqqan odamda lyambliyalarni topish nisbatan oson. Chunonchi, agar najas shakllangan bo'lsa, bu holda mikroskopiyada (X 400) nativ surtmada sistalar topiladi. Parallel holda Lyugol eritmasi bilan bo'yalganda surtmani ko'zdan kechiriladi. Yangi ajratilgan suyuq najasda va duadenal zondlashda olingan materialda harakatchan vegetativ shakllarni topish mumkin. Ishonchli tashxis qo'yish uchun najasda sistalar topilishi kifoya. Shunga ko'ra, yangi ajratilgan najasni zudlik bilan tekshirishga, vegetativ stadiyalarni topish maqsadida duodenal zondlashga zarurat qolmaydi. Biroq qator hollarda mikroskopiya va duodenal zondlash usullarini birga qo'shib olib borish lyambliozni aniqlash hollarini oshiradi.
Profilaktikasi. Lyamblioz kasalligini oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, bolalar tirnoqlarini tez-tez olib turish, qo'llarini toza tutish, barmoqlarini og'ziga solish va so'rish, tirnoq tishlashi kabi yomon odatlarga yo'l qo'ymaslik, o'ynab kelgandan keyin, hojatxonadan so'ng, ovqatlanishdan oldin qo'lni sovunlab yuvish, ularda gigiyenik ko'nikmalarni shakllantirish, xonadonlarni toza tutish, meva va sabzavotlarni, ko'katlarni toza suvda yaxshilab yuvib, so'ngra chayib iste'mol qilish, ya'ni ovqatlanish gigiyenasiga rioya qilish asosiy chora-tadbirlar hisoblanadi.
Trixomonadalar
Turlari. Odamda trixomonadalarning uch turi yashaydi. Yo'g'on ichakda yashaydigan ichak trixomonadasi — Trichomonas hominis, og'iz bo'shlig'ida yashaydigan ichak trixomonadasi — Trichomonas tenax, siydik-tanosil yo'llarida parazitlik qiladigan qin trixomonadasi — Trichomonas vaginalis.
Tuzilishi. Ichаk trixomonadasi uzunligi 8—20 mkm bo'lgan noksimon tanaga ega. Tanasining oldingi uchidan, odatda, 5 ta xivchini chiqadi. Tana- sinung bir tomonidan uning butun uzunligi bo'ylab to'lqinsimon parda joylashgan, pardaning tashqi chekkasi bo'ylab o'z erkin uchi bilan xivchin ko'rinishida chiqib turadigan ingichka ip o'tatli. Bo'yalgan sitoplazmada yadro va o'q ipi yoki aksostil ko'rinib turadi.
Trixomonada harakati faol, tartibsiz, «jonsarak». Trixomonadalar ilgarilanma harakat bilan birga bo'ylama o'q atrofida aylanadi. Membranani trixo- monadaning harakati sekinlashgandagina yoki tanasining bir tomonidan vaqt-vaqtida o'tadigan to'lqinlar ko'rinishida u to'xtagandan keyin payqashga muvaffaq bo'linadi. Bo'linish yo'li bilan ko'payadi. Sistalar hosil qilmaydi.
Patogen ahamiyati isbotlanmagan, biroq og'iz bo'shlig'i va tishlarning turli kasalliklari (gingivit, parodontoz, tish kariyesi) bo'lgan shaxslarda birmuncha ko'p uchrashi va bu sodda jonivorlarning patologik jarayonniquvattlab turishda salbiy rol o'ynashiga doir ma'lumotlar bor.
Trixomonadalar og'iz bo'shlig'idan (tish, milklardan, yallig'lanish va yiringlanish o'choqlaridan), bronxial suyuqlik va balg'amdan olingan qirmadan tayyorlangan nativ yoki bo'yalgan surtmalarni mikroskopiya qilishda topiladi. Oziqli muhitlarga ekish usullari qo'llanilganda ularni aniqlash imkoniyati oshadi.
SPORALILAR SINFI
Bezgak plazmodiylari
Turlari. Odamda bezgak qo'zg'atadigan plazmodiylar to'rt guruhga kiradi: Plasmodium vivax — ush kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi, Plasmodium malariae — to'rt kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi, Plasmodium falciparum — trоpik bezgak qo'zg'atuvchisi va Plasmodium ovale — ovale bezgagi qo'zg'atuvchisi.
Plazmodium vivax ning ikki turi ma'lum: Janubiy shtammi — plasmodium vivax hubermana (bunda yashirin davr 7—9 kundan 14 oygacha cho'ziladi). 1949-yilda plasm. vivaxning yangi shtammi — Chesson shtammi topildi. Bu shtammga yashirin davrning 10 kundan 3 haftagacha davom etishi va kasallik davrida retsidivlarning oradan ko'p o'tmay ketma-ket takrorlanib turishi xarakterlidir.
Rivojlanish sikli. Plazmodiylarning hamma turlari odam organizmida jinssiz rivojlanish — shizogoniyani, tashuvchi Anopheles turkumidagi urg'ochi chivinlar tanasida esa jinsiy rivojlanish - sporogоniyani o'taydi. Plazmodiylar rivojlanishining hayot sikh rangli zarvaraqdagi rasmlarda ko'rsatilgan.
Chaqqanda yuqumli chivin so'lagi bilan birga teri ostiga sporozoitIar — uzunligi 11—15 mkm bo'lgan, oziq buralgan, duksimon tuzilmalarni kiritadi. Sporozoitlar qon va limfa orqali jigarga tushadi, jigar hujayralariga kiradi va bu yerda to'qima (ekzoeritrotsitar) trofozoitlariga, keyin shizontlarga aylanadi. Shizontlar ko'p martalik bo'linish yo'li bilan plazmodiyning turiga ko'ra 5—15 kun mobaynida 10000—50000 gacha yosh parazitlar - merozoitlar hosil qiladi. Jigardagi ko'rsatib o'tilgan rivojlanish fazasi t o'q i m a yoki ekzoeritrotsitar faza, shizogoniya deb ataladi. Jigar to'qimasida kechadigan ekzoeritrotsitar shizogoniya fazasi P. falciparumda 6, P. vivaxda 8, P. ovaleda 9 va P. malariaeda 15 sutka davom etadi.
Jigar hujayrasi yemirilgandan keyin to'qima merozoitlari qonga o'tadi va tezdaeritrotsitlargakiradi — eritrotsitarshizogoniyasiboshlanadi. U boshlanishi bilan jigarda P. falciparum va P. malariae ning rivojlanishi to'xtaydi. P.vivax va P. ovale da sporozoitlarning bir qismi jigarda uzoq vaqtgaeha qoladi («mudrab yotadi») va 6—9 oy va bundan ham ko'proq vaqt o'tgandan keyingina shizogoniyaga o'tadi. Buning natijasida kаvаshkshщ keyinchalik qaytalanishini qo'zg'atadigan kechikkan to'qima stadiyalari hosil bo'ladi.
Eritrotsitlarga kiradigan merazoitlar trofozoitlarga (o'sadigan parazitlar), so'ngra shizontlarga (bo'linadigan parazitlar) aylanadi. Eritrotsitar shizontlar 8—24 merozoit hosil qilib bo'linadi. Merazoitlar alohida bo'lib ajralgan shizont stadiyasi morula deyiladi. Eritrotsitlar yemirilgandan keyin merozoitlar (o'lchami 1,5 mkm. gacha) qon oqimiga tushadi va tez orada boshqa eritrotsitlarga kiradi. Butun rivojlanish sikli P. Malariae uchun har 72 soatda yoki qolgan turlari uchun 48 soatda tak- rorlanadi. Jinssiz stadiyalaridan tashqari, eritrotsitlarning bir qismida erkak va ayol jinsiy formalari — gamotalar rivojlanadi. Kasallik yuqqan odamga chivin hujum qilib, qon bilan birga gamontlarni yutadi, chivin me'dasida ular yetilgan jinsiy hujayralar — gametalarga aylanadi. Urug'langandan keyin paydo bo'lgan hujayra (z i g о t a) chivin me'dasining devorigakirib, oosistaga aylanadi, uo'sadi, uningichidaginarsako'p marta bo'linadi va bunda minglab sporozoitlar hosil bo'ladi. Plazmodiyning chivin tanasidagi butun rivojlanish jarayoni tashqi haroratga bog'liq holda 7—45 sutka davom etadi.
Qonning qalin tomchisidagi plazmodiylar. Qonning qalin tomchisidagi bezgak parazitlari surtmadagidan boshqacharoq ko'rinadi, bu preparatlarni tayyorlash texnikasi bilan bog'liq (qalin tomchi surtmadan farqli ravishda oldindan fiksatsiya qilinmasdan bo'lmaydi). Qalin tomchida eritrotsitlar gemolizlanadi, leykotsitlarning shakli biroz buziladi. Plazmodiylar qisma" uziladi, qisman bujmayib qoladi. Qalin tomchidagi bezgak paraziti har xil turlarini bir-biridan ajratib turadigan belgilar 4-jadvalda umumlashtirilgan.
P. v i v a x halqalari ko'p hollarda uzilgan va undov belgisi yoki uchayotgan qushga o'xshaydi. Amyobasimon trofozoitlar sitoplazmasi, odatda, yirtilgan va alohida uyumlar guruhi ko'rinishida yadro atrofida yotadi.
Yetilgan trofozoitlar va urg'ochi gamontlar zich va ko'pincha bir-birida" ajratish qiyin. Erkak gamontlar o'zining yirik yadrosi, uning atrofidag pigment donalari toji va oqish bo'yalgan sitoplazmasi bilan yaxshi ajralib turadi. Erkak gamontlarning topilishi qonda plazmodiyning jinsiy shaklla paydo bo'lganidan dalolat beradi. Morula taxminan surtmadagi singa ko'rinadi. Shunisi xarakterliki, parazitlarning bir qismi eritrotsitlarnin qoldiqlari fonida aksariyat Shyuffner donadorligi saqlanib qolgan oqish pushtinamo disklar shaklida ko'rinadi. Ular ko'pincha qalin tomchinin chekkasi bo'ylab uchraydi.
P. m a I a r i a e. Bu parazit halqalari qalin tomchida ham erkir yotadi va uch kunlik bezgak qo'zg'atuvchisidan kam farq qiladi. Eritrotsitlar^ butunlay yemirilgan va ko'rinmaydi. Parazitlar zich yumaloq va yaxshj bo'yalgan shakldagi ko'rinishiga ega, yirtilgan trofozoitlar esa bu yerd kamdan-kam uchraydi. Tasmasimon shakllari uchramaydi. Morula vЈj gamontlar surtmadagi kabi ko'rinadi.yoki sitoplazmaning kichkina bo'lakchasi bilan yadro ko'rinishiga ega. Eritrotsitlar saqlanmaydi, bu belgidan uch kunlik bezgak qo'zg'atuvchilaridan farq qilish uchun foydalanish mumkin. Keyingi kuni takror qon olinganda preparatda plazmodiyning boshqa turlaridan farqli ravishda rivojlanishning turli bosqichlarida qonda bo'ladigan halqalargina yana topiladi. Nihoyat, agar qon kasallikning 8—10 kuni olingan bo'lsa, xarakterli gamontlar topilishi mumkin, shunga asoslanib, P. falciparum turi, shak-shubhasiz, aniqlanadi. Gamontlar surtmadagi kabi ko'rinadi.
P. ov ale. Parazit P. malariaem eslatadi (rangli zarvaraqdagi rasmga qarang). Biroq qalin tomchida ko'pincha donadorligi saqlangan, zararlangan eritrotsitlarning qoldiqlari ko'rinadi. Qalin tomchida eritrotsitlarning qoldiqlari saqlanib qolishi ham xarakterli bo'lgan P. vivax dan P. ovale uchun asosiy farq qiladigan belgilar quyidagilar sanaladi: parazit yadrolari yirikroq va noto'g'ri shaklda, trofozoitlar, hatto, yoshlari ham o'z shaklini saqlab qoladi, preparatda parazitlar soni unchalik ko'p bo'lmagani holda bitta eritrotsitda bir nechta parazit bo'lishi mumkin.
Profilaktikasi. Profilaktik choralar quyidagilardan iborat:
1. Bemorlar va parazit tashib yuruvchilarni yaxshilab davolash.
2. Suv havzalarida, botqoqliklarda bezgak tarqatadigan chivin va lichinkalarni yo'qotish, gidrotexnikaga oid maxsus ishlarni amalga oshirib, chivinlarning tuxum qo'yib ko'payishiga imkon bermaslik.
Bezgak bilan og'rigan bemorlar va gameta tashib yuruvchilarni aniqlash uchun ularning qonlari tekshiriladi. Bezgak gumon qilingan bemorlar, endimik o'choqda isitmalab turadiganlarning qoni tekshiriladi. Bemorlar va gameta tashib yuruvchilar maxsus ro'yxatga olinib, 3 yil davomida nazoratda bo'ladi. Ularning qoni yilning ikkinchi va uchinchi choragi davomida oyda bir marta, keyinchalik har bir choragida bir marta tekshirib turiladi.
Bezgak xuruji bo'lishi mumkin bo'lganlarga jamoat kimyoviy profilaktika qo'llaniladi: shizotrop va gametalarga ta'sir qiladigan preparatlar beriladi. Uch kunlik va to'rt kunlik bezgakni davolash vaqtida xinotsid ham berilsa, jamoat profflaktikasiga zaruriyat bo'lmaydi.
Oxirgi bir yarim yil davomida tropik bezgak xurujlari bo'lganlarning hammasi jamoat profilaktikasidan o'tkaziladi. Katta yoshdagilarga bir haftada ikki mahal 2 tabletkadan bigumal va plazmotsid yoki bosim ikki kun 2 tabletkadan akrixin va plazmotsid beriladi. 5 kun tanaffus qilib, bu tadbir yana takrorlanadi va uni epidemik mavsum tugagunga qadar shu tariqa davom ettirib boriladi.
Ana shunday profilaktika chora-tadbirlari o'z vaqtida va to'g'ri amalga oshirilganda chivinlarga plazmodiylar yuqmaydi va kasallik tarqalmaydi. Bezgak chivinlarini qirish uchun kichik suv havzalari va botqoqliklar quritiladi. Hayvonlar saqlanadigan saroylar va molxonalarga hasharotlarni o'ldiradigan dorilar sepiladi. Suv havzalaridagi chivin lichinkalarni yo'qotish uchun suvga gambuziya deb ataladigan mayda baliqlar tashlanadi. Bu baliqchalar chivin lichinkalari bilan ovqatlanadi.
Toksoplazma
Tuzilishi. Toksoplazma (Toxoplasma gondii) tanasining shakliga ko'ra yarimoyni yoki apelsin bo'lagini eslatadi. Bir uchi o'tkirlashgan, ikkinchisi- yumaloq. Uzunligi 4—7 mkm. Romanovskiy usulida bo'yalganda sitoplazmasi zangorinamo-kulrang, tanasining markazidagi yoki yumaloqlangan uchiga yaqin joylashgan yadrosi qizil-binafsharangli. Toksoplazma — hujayra ichidagi parazit. Toksoplazmalarni fransuz olimlari Nikol va Manso (1908) Afrikadagi gondi degan kemiruvchilarda topishgan.
Klinikasi. Toksoplazmalar toksoplazmoz qo'zg'atuvchilari hisoblanadi. U tug'ma va orttirilgan bo'hshi mumkin. Homilador ayolga birlamchi yuqqanda qo'zg'atuvchi platsenta orqali homilaga kiradi, buning natijasida homila nobud bo'lishi (bola tashlash, o'lik bola tug'ilishi) yoki o'tkir tug'ma toksoplazmoz belgilari (simptomlari) bilan tirik bola tug'ilishi mumkin. Qator hollarda sirtdan qaraganda sog'lom bolalarda keyinchalik aqlipastlik, ko'rish qobiliyatining buzilishi va shu kabilar aniqlanadi.
Tug'ilishdan keyin orttirilgan toksoplazmozda klinik manzara g'oyat xilma-xil bo'lishi mumkin. Bemorda harorat ko'tarilib, limfatik tugunlar kattalashadi, turli ichki a'zolar, ko'z bosh miya zararlanadi, terida toshmalar toshadi, bodomcha bezlar kattalashadi va zararlanadi. Ko'pincha orttirilgan toksoplazmoz simptomlarsiz kechadi.
I'rofilaktikasi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda tug'ma toksoplazmozning oldini olish maqsadida toksoplazmoz yuqib qolgan homilador ayollarni laboratoriya tekshiruvidan o'tkazish va sanatsiya qilish shart. Tibbiyot xodimi o'zining qo'li va shilliq pardalariga bemorning qoni, bo'shliq suyuqliklari yoki boshqa materiallari tushishidan ehtiyot qilishi lozim.
Mushuklarni boqish qoidalariga rioya qilish, xususan, ularga xom go'sht bermaslik, ularni ushlagandan keyin qo'lni tozalab yuvish, najasi tozalab olingan joyga qaynoq suv sepish kerak. Homilador ayollar yoniga mushuklarni yo'latmaslik lozim. Xom qiymani tatib ko'rishning xavfli ekanligini tushintirish mumkin.
Sarkosista
Tuzilishi. Sarkosista yoki sarkosporidiya (Sarcjcystis lindemanni) morfologik jihatdan toksoplazmaga yaqin. Xo'jayin ning skelet mushaklarida uzunligi 50 mm. gacha, oqish-kulrangnamo qopsimon yoki ipsimon tuzilmasi bo'lgan sista hosil qilinadi. Sista ichki to'siqlar ham hosil qiladigan yupqa parda bilan qoplangan va uzunligi bir necha mikrometr kela- digan mayda merozoitlar uyumidan iborat donador massa balan to'lgan. Yurak mushagida va hazm yo'lining silliq muskulaturasida joylashganda sistalar oval shaklga ega va toksoplazma sistalarini eslatadi.
Merozoitlar oldingi uchidan o'tkirlashgan, yadrosi tanasining orqa uchiga yaqin joylashadi. Romanovskiy usulida sitoplazma och zangori yoki och nastarin rangiga, yadro esa binafsha-qizil rangga bo'yaladi.
Rivojlanish sikli. Shizogoniya yoki oraliq xo'jayin (qoramol, cho'chqalar, odam) mushaklarida jinssiz rivojlanishdan iborat bo'lib, bu jarayonda sarkosistalarning vegetativ shakllarini saqlaydigan sistalar va sporogoniya yoki jinsiy rivojlanish sikli hosil bo'ladi. Bunda oxirgi xo'jayin (it, mushuk, odam) ichagi devorida najas bilan o'z tuzilishi jihatidan koksidiya /. hominis oosistalardan farq qilmaydigan oosistalar rivojlanadi va ajralib chiqadi. Ilgari koksidiya j. hominisga taalluqli deb hisoblangan oosistalarning haqiqatan qishloq xo'jaligi hayvonlari mushaklarida parazitlik qiladigan va shuningdek odamga yuqadigan ikki turdagi sarkosistalar ekanligi ma'lum bo'ldi.
Sarkosistalarning oosistalari tashqi muhitda muayyan vaqt saqlanishi va odamga yoki hayvonlarga fekal-oral mexanizm yordamida o'tishi mumkin. Ovqatda parazit sistalaridan ifloslangan xom go'sht iste'mol qilinganda ali- mentar yo'l bilan yuqishi ham mumkin. S. lindemanni uchun ona qornida o'tish yo'li ham tasvirlangan, biroq bu sarkosistalar tarqalishida muhim rol o'ynamaydi.
Koksidiya
Rivojlanishi. Koksidiya (Isospora belli) odamda parazitlik qiladi. Rivojlanishi, jinssiz va jinsiy sikllari ingichka ichak shilliq pardasining epiteliy hujayralaridaro'y beradi. Oosistalar kasallik yuqqan odamning najasi bilan ajraladi, ular uzunligi 20—30 mkm, qo'sh konturli pardasi bo'lgan rangsiz tuzulmalaridir. Shakli oval yoki bir uchi toraygan birmuncha cho'ziqdir. Yangi ajratilgan najasda oosistalar yetilmagan bo'ladi va markazida Sharsimon pusht massasini saqlaydi. Agar najas uy haroratida 2—3 kun
Najasda hayvon va baliqlar koksidiylarining odam uchun patogen bo'lmagan tranzit xarakterdagi oosistalari topiUshi mumkin. Ular, odatda, yumaloq shaklda, birmuncha yirik (20—50 mkm). Baliqlarning oosistalari shunisi bilan keskin farq qiladiki, 4 tadan sporosistalari bo'lib, ularning har biridan 2 tadan sporozoit (/. belli da esa teskari nisbat) bor.
Koksidiyalarning oosistalari tashqi muhitda ancha chidamli. Odam yetilgan sistalarni ifloslangan suv, ovqat, qo'l va shu kabilar orqali yutib yuborganida ichaklarda ulardan sporozoitlar chiqib, ichak devoriga yopishib oladi va ko'paya boshlaydi.
Koksidioz klinikasi. Koksidiyalar k о k s i d i о z qo'zg'atuvchilari hisoblanadi. Parazitlar ingichka ichak shilliq pardasiga joylashib olib, epiteliy hujayralarini yemiradi, yalhg'lantiradi va ba'zan yaralar hamda eroziyalar hosil qiladi.
Inkubatsion davr 6 dan 10 kungacha. Kasallik to'satdan o'tkir bosh- lanadi, tana harorati ko'tarilishi mumkin, bosh og'rig'i, lohaslik, ko'ngil aynishi, qorinda og'riq kuzatiladi. Koksidioz enterit, enterokolit tipida kechadi. Qator hollarda kasallikka yanglishib bakterial dizenteriya degan tashxis qo'yadilar. Oqibati yaxshilik bilan tugaydi.
Tashxisi. Koksidioz najasni mikroskopiya qilganda oosistalarni topish asosidagina quyilishi mumkin. Bemorlarning duodenal suyuqligida oosistala topilgan hodisalar tasvirlangan.
Biroq laboratoriya tashxisini, odatda, kasalning kam deganda 10-kunid hamma klinik hodisalar so'nib, sog'ayish bosqichi yuzaga kelgandagin qo'yish mumkin. Buning sababi shundaki, kasallikning o'tkir bosqichid najasda oosistalar bo'lmaydi. Rekonvalessentda oosistalarning ajralib chiqis" davomliligi 1—2 haftadan 1—2 oygachadir. Mikroskopiyada laborant preparatd oosistalarning juda tiniq bo’lishini va odatda bir-ikki nusxada uchrashin nazarda tutishi lozim. Shuning uchun koksidioz aftidan, hamma joyd ko’proq janubda uchrasa-da, amaldagi sharoitlarda kamdan-kam tashxislana Bolalar jamoasida avj olgan hollari tasvirlangan.
KIPRIKLI INFUZORIYALAR SINFI
Balantidiy
Balantidiy (Balantidium coli) kiprikli infuzoriyalar (Cilita) sinfiga 11 innsub bo’lib, ularning vakillari uchun tanasini qoplab turadigan kipriklari horligi va kipriklarning harakat organellalari bo’hb xizmat qihshi xosdir. Ko’ndalang bo’linish yo’li bilan jinssiz ko’payadi. Jinsiy jarayon — konyugatsiya ham xarakterli (ikki nusxasi o’rtasidagi yadrolar almashinuvi).
Tuzilishi. Balantidiylar — odamda parazitlik qiladigan oda jonivorjar orasida eng yiriklaridir. Vegetativ shakli cho’ziq, aksari tuxumsimon. Uzunligi 30-150 mkm, eni 30—100 mkm (13-rasm). Balantidiylar ko’p sonli kipriklari yordamida, aksariyat o’z o’qi atrofida aylanib faol harakat qilishi mumkin. Turli oziq-ovqat zarrachalari, jumladan, bakteriyalar, zamburug’lar, quiming shaklli elementlari bilan oziqlanadi. Sitoplazmasi ovqat hazm
а
Balantidiy: a—odadice formasi (Gaydengayn usulida bo’yalgan); 6—sista.
Qiladigan va pulsatsiya qiladigan ikkita ajratuv vakuolalariga ega. Tirik balantidiylar yadrosi (makronukleus)ba’zan bo’yalmaganida ham loviya- simon shakldagi yorug’ pufakcha holida ko’rinadi.
Sistasi qalin qobiqli bo’lib, yumaloq shaklda. Uning o’lchami 50—70 mkm. Sista sitoplazmasi bir xil.
Rivojlanish sikli. Odatda, balantidiylar cho’chqalar ichagida yashab, ular uchun kam patogenli bo’ladi. Parazit sistalari cho’chqalar axlati bilan tashqi muhitga ajralib chiqadi va bu yerda bir necha haftagacha yashaydi. So’ngra ifloslangan suv yoki ovqat bilan inson og’ziga va yo’g’on ichakka tushib, sistalar odadice bosqichlarga o’tadi va ko’paya boshlaydi. Bemor yoki tashuvchi inson kamdan-kam hollardagina balantidiylarning tarqalish manbayi bo’lishi mumkin, chunki odamda sistalar nihoyatda oz miqdorda hosil bo’ladi, odadice bosqichida yuqishi esa deyarli mumkin emas.
Profflaktikasi. Shaxsiy gigiyenaga, ayniqsa, cho’chqalarni boqishda rioya qilish, suv va oziq-ovqatlarni ifloslanishdan muhofaza qilishdan iborat. Ualantidioz, garchi, odadic hamma joyda, ayniqsa, cho’chqachilik rivoj- langanjoylarda topilsa-da, ko’proq janubiy hududlarda qayd qilinadi.
Nazorat savollari
-
Sarkodalilar sinfiga mansub bo’lgan qanday parazitlarni bilasiz?
-
Xivchinlilar sinfiga mansub bo’lgan qanday parazitlarni bilasiz?
-
Infuzoriyalar sinfiga mansub bo’lgan qanday parazitlarni bilasiz?
-
Sporalilar sinfiga mansub bo’lgan qanday parazitlarni bilasiz?
-
Drakunkuloz qanday kasallik?
Tayanch iboralar
Patogen amyoba – kasallik keltirib chiqaruvchi amyoba
Eritrofag – eritrotsitlarni hazm qilish
Sista – sodda hayvonlarning qalin qobiqqa o’ralgan nofaol shakli
Makronukleus – yirik yadro
MАVZU: №3 PАRАZIT CHUVАLCHАNGLАR
Rеjа:
-
Odam gelmintlarining asosiy guruhlarini, tuzilishi va rivojlanishini
-
Trematodalar, sestodalar, nematodalar asosiy vakillarining tuxumlarini tuzilishini
3.Odam gelmintlarining qisqacha xarakterisikasini, turli gelmintozlarni yuqish yo’llarini va gelmintozlarning umumiy va shahsiy profilaktika tadbirlarini.
Gelmintlar — skoletsid (Scolecida) katta tipining quyi chuvalchanglariga mansub ko'p hujayrali parazit organizmlardir. Odamda parazitlik qiladigan gelmintlarning turlari quyidagi sinflarga: trematodlar yoki so'ruvchilar (Trematoda)] sestodlar yoki tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda); nematodalar yoki yumaloq chuvalchanglar Nematotoda) sinfiga kiradi.
TREMATODALAR SINFI (Trematoda)
Trematodalar yoki so'ruvchilar — bo'g'imlari bo'lmagan, lansetsimon yoki yaproqsimon yassi tanali, o'lchami kichik gelmintlardir. Ko'pgina trematodalar — germafroditlardir. Bu sinfning hamma turlari biogelmintlar hisoblanadi.
So'ruvchilar — odam parazitlarining ikkita so'rgichi bo'lib, ulardan biri og'iz teshigini o'rab turadi, ikkinchisi, qorin so'rgichi esa yopishish a'zosi bo'lib xizmat qiladi. Trematodalar qo'zg'atadigan kasalliklar guruhiga trematodozlar deyiladi.
Qpistorx
Tuzilishi. Opistorx (Opisthorchis) birinchi marta mushuklarda 1884- yilda, odamda esa 1891-yilda Omskda topilgan, shuning uchun mushuk yoki Sibir so'ruvchisi nomini olgan.
Uzunligi taxminan 1 sm keladigan lansetsimon tanasi bor. Tanasining orqa tomonida to'rt va besh parrakli yirik urug'doni moyagi joylashgan. Tanasining o'rta qismi ko'p miqdorda tuxumlar saqlaydigan to'q rangli bachadon bilan to'lgan. Tuxumlari och sarg'imtir yoki kulrangnamo, juda mayda, uzunligi 26—30 mkm, oval, biroz asimmetrik. Yaxshi chegaralangan yupqa pardasi bor (rangli zarvaraqlardagi rasm). Qutblaridan birida tuxumning qolgan qismidan silliq ingichka chiziq-ajratib turadigan qopqoqcha ko'rinadi, qarama-qarshi tomonida esa kichkina dumboqcha ko'tarilib turadi. Boshqa gelmintlar — klonorx va metagonim tux- umlariga juda o'xshaydi, shunga ko'ra amaliy sharoitlarda gelmintlarning ko'rsatib o'tilgan turlarini farq qilib bo'lmaydi. Biroq o'rtacha va katta qilib ko'rsatadigan mikroskopiyada ularni bir qancha o'ziga xos belgilari bo'yicha farq qilsa bo'ladi
Opistorx (chapda) va klonorx:
/—og'iz so'rg'ichi; 2— qorin so'ig'ichi; 3—halqumi; 4— qizilo'ngachi; 5—ichagi; 6— urug' yo'llari; 7—tuxumdoni; 8— urug'doni; 9— tuxum sarig'doni; 10—ekskretor kanal.
Dostları ilə paylaş: |