Olmazor tibbiyot kolleji



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə2/10
tarix09.06.2018
ölçüsü0,57 Mb.
#53085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

SАRKОDАLАR SINFI (sаrkоdinа)

Sаrkоdаlаr sinfi sоddа jоnivоrlаrning hаr хil turlаrini – dеngiz, suv hаvzаlаri vа tuprоqdа yashоvchilаrni o'z ichigа оlаdi.

Аmyobаlаrning ko'pginа turlаri hаyvоn vа оdаmlаr ichidа yashаydi. Аmyobаlаr tаnаsining shаklini o'zgаrtirib surilаdi vа qisqа muddаtli o'simtаlаr – psеvdоpоdiylаr yoki sохtа оyoqchаlаr hоsil qilаdi. Аmyobаlаr jinsiz bo'linish yo'li bilаn ko'pаyadi.

Dizenteriya amyobasi

Tuzilishi. Dizenteriya amyobasini (Entamoeba histolytika) — odam amyobiazini qo'zg'atuvchisini birinchi marta rus olimi L. F. Lesh (1875) tasvirlagan. Amyoba vegetativ stadiyasi va sista ko'rinishida bo'ladi. Vegetativ stadiyasi o'z navbatida turli shakllarda uchrashi murnkin (katta vegetativ, to'qima, bo'shliq, sista oldi shakllari).

Katta vegetativ shakli eng yirik, 20—60 mkm keladi. Sitoplazmasi ikki qavatga: tashqi (ektoplazma) va ichki (endoplazma) qavatga bo'lingan. Endoplazmasi juda mayda tuyilgan shishani eslatadigan donador yaltiroq massadan iborat. Tiniq shishasimon ko'rinishida bo'lib, soxta oyoqchalar hosil bo'lganda ayniqsa yaxshi namoyon bo'ladi.

Amyoba — tiniq, rangsiz. Tirik amyobaning yadrosi ko'rinmaydi. Nobud bo'lgan va harakatsiz amyobaning yadrosi yaltirab turadigan donachalar halqasimon yig'indisi shaklida ko'zga tashlanadi. Endoplazmasi hazmning turli stadiyasidagi ko'pincha bittadan to bir nechtagacha eritrotsitni saqlaydi, bu amyobaning shu shakli uchun goyat tipikdir. Shunga ko'ra uni g e m a t о f a g yoki eritrofag (eritrotsitlarni hazm qiladigan) deb ham ataladi.

Bu amyoba uchun boshqa turlarda bo'lmaydigan ilgarilama harakat xos. Mikroskop ostida ektoplazma o'simtasining turtkisimon hosil bo'lishi va unga butun endoplazmaning girdoblanib tez quyilishi ko'rinadi. So'ngra yangi soxta oyoq hosil bo'ladi va yana amyobaning ichidagi narsa tez quyiladi. Ba'zan amyoba bir necha daqiqagacha tinch holatda turadi, so'ngra to'satdan o'ziga xos harakatini yangidan boshlaydi. O'tkir amyobioz bilan kasallangan bemorning yangi ajratgan suyuq najasida topiladi, bu esa tashxisni, shak- shubhasiz, tasdiqlaydi.



T o' q i m a shakli — amyobaning patogen shakli bo'lib, yo'g'on ichak shilliq pardasi to'qimasida parazitlik qiladi va uni o'ziga xos zararlantiradi. O'lchami 20—25 mkm, tuzilishi bundan oldingi shakliga o'xshash. Ichak devorining zararlangan qismlaridan olingan gistologik kesmalarda va ba'zan yaralar parchalanganda suyuq najasda topiladi. Morfologik nuqtayi nazardan unchalik aniq bo'lmasa-da, amyobalarning aksariyat katta vegetativ va asli to'qima shakli degan umumiy nom bilan birlashtiriladi.

b о's h l i q shakli yo'g'on ichak yuqori bo'limlarining bo'shlig'idagina dizenteriya amyobasining asosiy yashash shakli hisoblanadi. Bo'shliq shakllari rekonvalissentlar yoki surunkali amyobah dizenteriya bilan kasallangan bemorlarning yangi ajratgan suyuq najasida topilishi mumkin. Tashuvchilarda axlatida bo'lmaydi. Ularni topish uchun ichakning ichkari qismlarini yuvish yo'li bilan olingan yoki tuz surgi qabul qilingandan keyingi najasning oxirgi qismlarini tekshirish zarur.

O'lchami 15—20 mkm, nativ preparatda amyobaning yadrosi ko'- rinmaydi. Sitoplazmada bakteriyalar, mayda vakuolalar bo'ladi, biroq unda eritrotsitlar bo'lmaydi. Harakati to'qima shakliga nisbatan sust, soxta oyoq- chalari sekinroq hosil bo'ladi, ularning o'lchami ham kichikroq. Ektova endoplazmaga bo'linishi soxta oyoqchalar hosil bo'layotgandagina ko'rinadi.



Sistаоldi shakli odatda yarim shakllangan najasda topiladi, bo'shliq shaklidan sistaga o'tish bosqichi hisoblanadai. O'lchami 12—20 mkm. Tuzilishiga ko'ra bo'shliq shakliga o'xshaydi, vakuolalari bo'lmaydi. Harakati sekinlashgan, ba'zan sitoplazmada kam miqdorda bakteriyalar ko'rinadi. Sista oldi shakllari yumaloqlashadi, harakatchanligini yo'qotadi va bir yadroli qobiqsiz sistalarga o'xshab qoladi. Katta vegetativ shakliga qarama-qarshi o'laroq, bo'shliq va sista oldi shakllari o'ziga xos tipik morfo- logik belgilaiga ega bo'lmaydi, shuning uchun dizenteriya amyobasini ko'rsatib o'tilgan shakllar bo'yicha nativ preparatida aniqlash qiyin. Bunday hollarda sistalarni topish maqsadida preparatni sinchiklab ko'zdan kechirish tavsiya etiladi. Ular topilganda to'g'ri tashxis qo'yish birmuncha oson va ishonchli bo'ladi. Amahy sharoitlarda laborantlar sista oldi stadiyasining yuqorida ;iytib o'tilgan xususiyatlari sababli uni mikroskopik jihatdan differensiatsiya qilmay, sista oldi stadiyasini yo bo'shliq shakliga yoki sistaga kiritishadi.

Sista yo'g'on ichakning quyi bo'limlaridagi amyobaning bo'shliq (sista oldi) shaklidan hosil bo'ladi. Sistalar surunkali bemorlar va parazit ta- Juivchilarning odatda shakllangan yoki yarim shakllangan najasida topiladi. Sistalar harakatsiz, qobig'i bo'ladi, rangsiz, tiniq, yumaloq. O'lchami 8—15 mkm. Sistalarda ba'zan uchi yumaloqlashgan, yaltiroq kalta tayoqchalar — Momatoid tanalar bilinib turadi.

Bo'shliq shakllari ichakdagi moddalar bilan passiv surilib, uning oxirgi bo'limlariga tushadi. Biroq amyobalar uchun bu yerdagi sharoitlar noqulay (suvsizlanish, bakterial floraning o'zgarishi, pH ning o'zgarishi va hoshqalar), shunga ko'ra amyobalar yo nobud bo'ladi yoki qobiqqa o'ralib, sislalarga aylanadi. Sistalar odam najasi bilan tashqi muhitga ajralib chiqadi va bu yerda uzoq muddat saqlanib qolishi mumkin. Inson uchun to'rt yadroli yetilgan sistalar xavfli.

Sistalar suv, sabzavotlar, qo'l va ovqatga (bu yerda ularni, xususan, pashshalar tashiydi), turli buyumlarga, masalan, idish-tovoqlar, o'yinchoqlarga tushib, natijada odam og'ziga o'tadi. Bu yerda ular me'da-ichak yo'llariga kiradi va ularning qobig'i erib ketadi. Har bir yadrosi ikkiga bo'linib, sakkiz yadroli, ya'ni 8 ta urg'ochi amyoba hosil bo'ladi (1 -rasm).




l-rasm. Entamoeba histolyticamng yashash sikli:

a—sog'lom tashuvchi; b—amyobali dizentireyaga uchragan bemor; /—metasistali rivojlanish (sistaning me'da-ichak yo'llariga og'iz orqali tushganidan keyin vegetativ formaga aylanishi); 2—bo'shliq shakli; 3— sista oldi shakli; 4— sistalar; J—yo'g'on ichak shilliq pardasidagi to'qima shakllari; 6— katta vegetativ shakli (eritrofag).

Bunda qorinning pastida og'riq bo'ladi, qon va shilimshiq aralashganligidan tez-tez, qizil-qo'ng'ir rangli suyuq ich ketadi (axlat aksariyat go'sht yuvindisiga o'xshaydi). Bemorning tana harorati, odatda, mo'tadil bo'ladi. Kasallik vaqti-vaqtida qo'zib, bir necha yilgacha cho'zilislii mumkin. Og'ir hollarda kamqonlik, qoq suyak bo'lib oriqlab ketish kuzatiladi.

Ichak yaralaridan cliiqqan to'qima amyobalari qon bilan jigarga, o'pka, miya va boshqa a'zolarga tashilishi va o'sha joylarda absesslar hosil qiladi. Bu asoratlarga o'z vaqtida davo qilinmasa, bemor o'lishi mumkin.

T a s h x i s i. Dizenteriya amyobalari yoki ularning sistalarini topish uchun najas tekshiriladi. Buyum oynasida izotonik natriy xlorid eritmasi tomchisida nativ surtma tayyorlanadi, ikkinchi surtmani Lyugol eritmasi bilan bo'yaladi. Nativ surtmada (X 400) harakatchan vegetativ shakllar kuzatiladi. Aniqlash qiyin bo'lgan hollarda Geydengayn usulida bo'yash qo'llaniladi. Tekshirish uchun yangi ajratilgan najasni olish kerak, chunki amyobalar tez, 10—20 daqiqa mobaynida harakatchanligini to'xtatadi, bu esa ishonchli tashxis qo'yish imkonini bermaydi. Amyoba sistalarini shakllangan axlatda ham, hatto uni tekshirishga qadar bir necha soatgacha saqlab qo'yilganda topish mumkin.

Agar bo'shliq shakllari yoki sistalar aniqlansa, o'tkir amyobiaz deb hisoblash mumkin emas, chunki ular faqat tashuvchilikning belgisi bo'lishi mumkin. Shuning uchun najasda ko'rsatib o'tilgan shakllar topilib, klinik jihatdan shubha bo'lganda bir necha bor tekshirish o'tkaziladi. Bunda suyuq va suyuqroq najas tekshiriladi. Aks holda to'qima shakllari (gematofaglar)ni topish uchun tuz surgi ichish buyuriladi. To'qima shakllari laboratoriya tekshiruvi uchun birinchi galda tanlab olinadigan aksariyat shilimshiq bo'lakchalarida topiladi.

Kasalliklarning o'tkir bosqichida najas bilan aksariyat faqat to'qima, aniqrog'i, katta vegetativ shakllar, sog'ayish davrida esa bo'shliq shakllari va sistalar ajralishini unutmaslik lozim. Axlatni zudlik bilan tekshirishga imkoniyat bo'lmaganda uni konservatsiya qilishga ruxsat etiladi. Konservatsiya qilingan materialni bir necha kun o'tgach, o'rganish yoki maslahat olishga jo'natish mumkin. Konservantdagi sodda jonivorlar bo'yahb, harakatchanligini yo'qotadi.

Amyobali absessga shubha qilinganda punksiya yoki operatsiya vaqtida olingan yiring mikroskopiya qilinadi. Bunda amyobalar bevosita yiringdan cmas, balki aksariyat sog'lom va zararlangan to'qima chegarasidan olingan o'tkazilgan antibiotik yoki kimyoviy terapiya bunday tekshirishning manfiy natija bilan tugashiga sabab bo'lishi mumkin.

So'nggi yfflarda amyobiazni serologik tashxis qilish usullari ishlab chiqilgan. Amyobani oddiy mikroskopiya usulida topish qiyin bo'lgan hollarda uning ichakdan tashqari shakllarini aniqlashda bular eng istiqbolli usul hisoblanadi. Gemagglutinatsiya reaksiyasi, immunoflyuoressensiya, enzim nishonlangan antitelolar reaksiyasi va boshqalar shular jumlasiga kiradi.

Profilaktikasi. Amyobiaz va bakterial dizenteriyaning tarqalishi va o'tish mexanizmi ko'pgina umumiy tomonlarga ega. Shuning uchun amyobiazda profflaktik tadbirlar tizimi o'tkir ichak kasalliklarining oldini ohsh choralariga o'xshash. Amyobiazning har qanday shakh bilan kasallangan bemorlarni gospitalizatsiya qilinadi. Xastalikni boshidan kechir- ganlarda axlatni hafta mobaynida tekshirihb, uch marta manfiy natija olingandan keyingina ruxsat beriladi. Rekonvalissentda axlat beqaror bo'lganda, shuningdek, sog'lomlar orasida tashuvchilarni aniqlash zarur bo'lganda 2 hafta mobaynida kam deganda 6 marta tahlil o'tkaziladi.

Kasallanib o'tganlar davolanib chiqqandan keyin kamida bir yilgacha poliklinikalarning yuqumli kasalliklar mutaxassisi kuzatuvida bo'lib, axlat tez-tez tekshirib turilishi kerak. Bolalar muassasalarida, oziq-ovqat korxonalarida, suv ta'minoti obyektlarida ishlaydigan tashuvchilar sanatsiya qilinadi.

Najas, ifloslangan oqliklar 3 %li lizol eritmasi bilan yuqumsizlantiriladi. Suvni odatdagicha xlorlash sistalarga ta'sir qilmaydi. Qaynatishgina yaxshi samara beradi. Dizenteriya amyobasini tashuvchilik hamma joyda qayd qilinadi, biroq amyobiaz (kasallik) O'rta Osiyoda, Kavkaz va Uzoq Sharqda kuzatiladi. Amyobiaz xorijdan kelishi imkoni borhgini unutmaslik lozim.

Ichakning nopatogen amyobalari

Odamning yo'g'on ichagida amyobalarning patogen hisoblanmaydigan bir necha turlari yashaydi. Biroq najasni mikroskopiya qilishda ularni patogen dizenteriya amyobasidan farqlashni bilish lozim.

Sitoplazmasida dizenteriya amyobasining katta vegetativ sliaklidan farqli ravishda mikroblar, zamburug'lar, ovqat aiiachalari bo'ladi, biroq eritrotsitlar bo'lmaydi. Sitoplazmaning ekto va (•miopia/,maga boiinishini faqat soxta oyoqchalar hosil bo'layotganida yoki nobuil bo'lgan amyobalarda ko'rish mumkin.

I ink amyobalar yadrosi yaxshi ko'rinadi, bu ham dizenteriya amyo- basidan ajratib turadigan belgilardan biri bo'Hb, yaltirab turadigan xromatin donalaridan tashkil topgan halqasimon tuzilma ko'rinishiga ega. Uncha katta bo'lmagan soxta oyoqlari ohista va asta-sekin hosil bo'ladi, ba'zan bir necha joyda bir vaqtda paydo bo'ladi. Ularning harakati «bir joyda depsinib turish»ni eslatib tadqiqotchilar ifodasi bilan aytganda «shaklini o'zgartiradi, biroq joyini o'zgartirmaydi».

Sistalari yirik, keskin bilinib turadigan qobiqli, sakkiz yadroli yetil- maganlari uchraydi, glikogenli vakuolasi yirik, Lyugol eritmasi bilan yaxshi bo'yaladi, yadrolarni sista chekkasiga suradi. Shunga o'xshash hollarda preparatda tipik yetilgan sakkiz yadroli sistalarni izlash zarur.

Erkin yashaydigan patogen amyobalar

Erkin yashaydigan patogen amyobalar deb ataluvchilar guruhiga (ularning odam uchun patogenligi so'nggi yillarda aniqlangan) gartmanellalar (Hartmanella), akantamyobalar (Acanthamoeba) va negleriyalar (Naegleria) kiradi (2-rasm). Har uch turning vakillari — suv, nam tuproq, kir o'ralar, go'ngda yashaydigan, o'lchami 10—15 mkm bo'lgan mayda amyobalardir. Bakteriyalar bilan oziqlanadi. Sitoplazmasi vakuolalashgan, yadrosi bitta, bilinarli, pufaksimon. Negleriyalar amyoboid yoki xivchinli shakllarga ega bo'lishi mumkin. Xivchinli shakli likvorda hosil bo'ladi, bunda negleriyalar cho'ziladi va 1—2 ta xivchin paydo bo'hshi bilan ingichka bo'lib «tarmoqlanadi».

Noqulay sharoitlarda o'lchami 9—27 mkm bo'lgan, qobig'i bilinib turadigan yumaloq shakldagi sistalar hosil qiladi, qobig'i negleriyalarda silliq va qolganlarida burmali bo'ladi. Sistada 1 ta yadro bor. Odamga balchiqli havzalarda, hovuzlarda, ko'llardayuqishi mumkin. Amyobalar burun bo'shlig'iga suy-bilan birga kiradi. Yuqish va kasallanish ko'proq yoz vaqtida kuzatiladj

Sog'lom kishilarning gartmanellalarni burun-halqumda tashib yurish hollari aniqlangan. Erkin yashaydigan amyobalarning tuproqdan iflos qo'l orqali buran-halqumga tushib, so'ngra hid bilish nervlari bo'yicha bosh miyaga kirgan holda yerdagi kulrang moddada ko'payishi ehtimollidir.

Bosh miyaga kiradigan erkin yashaydigan amyobalar odamda o'tkir og'ir kasallik — birlamchi amyobali meningo — e n s e f a l i t n i qo'zg'atadi. Bu kasallik tezda o'limga olib keladi. Davosi va profflaktikasi ishlab chiqilmagan. Tashxis amyobalar orqa miya suyuqligidan yoki bosh miyadagi yallig'lanish o'choqlaridan (murda yorib ko'rilganda) ajratilganda aniqlanadi.

XIVCHINLILAR SINFI (Mastigophora)

Bu sinfdagi sodda jonivorlarning asosiy farqi — rivojlanish bosqich- larining birida bir yoki bir necha xivchinlari mavjuddir. Xivchinlilar tanasida xivchini asosi oldida alohida organoid — kinetoplast bo'lib, uning vazifasi xivchinning harakatlanishi uchun quwat ishlab berish bilan bog'hq. Ayrimlarda xivchinlaridan biri tanasi bo'ylab o'tadi va u bilan yupqapardayordamidabirikib, to'lqinsimon (undulatsiya qiladigan)membrana hosil qiladi. Bu membrana sodda jonivorning ilgarilama harakatini ta'minlaydi.

Ushbu sinfning ko'p sonli turlaridan inson uchun leyshmaniylar va tripanosomalar eng patogen ahamiyatga ega. Ular odamga qon so'ruvchi tashuvchilar (iskabtoparlar, sese pashshalari va boshq.) orqali o'tadi. Xivchinlilar sinfining boshqa vakillari — lyambliyalar ichakda yashaydi, trixomonadalarning har xil turlari esa ichak, og'iz bo'shlig'ida va siydik- tanosil yo'llarida yashaydi. Bu sodda jonivorlar juda keng tarqalgan.

Leyshmaniylar

T u r l a r i. Odamda parazitlik qiladigan leyshmaniylarning uch turi larq qilinadi. Leishmania tropica odamda teri leyshmaniozini (|o'zg'atadi. Bu parazitni ilk bor rus olimi P. F. Borovskiy (1897) topgan. I cri leyshmaniozining ikki: antroponoz (shahar) va zoonoz (cho'l) shakllari larq qilinadi.

JanubiyAmerikadauchraydivateri-shilliq parda (amerika) leyshmaniozini qo'zg'atadi. Leishmania donovani ichki a'zolarni hikastlantiradi, shuning uchun kasallik visseral (ichki) leyshman i- o x deb ataladi. Bu turning leyshmaniylarini Hindistondagi bemor talog'idan birinchi marta topgan ingliz olimlarining nomi bilan atalgan [Leyshman (1900) va Donovan(1903)]. Ikki asosiy geografik formalari: O'rtaYer dengizi visseral leyshmaniozi va hind kala-azari farq qilinadi.

Leyshmaniozlarning geografik tarqalishi turlicha bo'hb, ko'p jihatdan Ik-botomus iskabtoparlarining uchish areallariga bog'liq. Kattalar orasida usiyoaa, asosan ltshyaоp, Airoymng snarqiy nududianda va Jtimdratoy yarim orolida qayd etilgan. Kasallikning afrikalik ko'rinishi Sudan, Efiopiyada uchraydi. Bolalar leyshmaniozi Shimoliy Afrika va Janubiy Ovrupa mamlakatlarida, O'rta Yer dengiz orollarida, Hindiston va Xitoyda keng tarqalgan.

Visseral leyshaniozning geografik tarqalishi leyshmaniya parazitlari tashuvchilarinirig yashash arealiga to'g'ri keladi. Leyshmaniozning katta o'chog'i Hindiston bo'lib, Ganga va Braxmaputra daiyolari bo'ylarida, Bengaliya va Madras Shtatlarida keng tarqalgan. Kasallik Sharqiy Pokistonda, Hindixitoy yarim-orolida, Zond orollarida ham tarqalgan. O'zbekistonda Toshkent, Farg'ona, Samarqand va Buxoro viloyatlarida uchraydi. MDH davlatlarida leyshmanioz Turkmaniston, Ozorbayjon, Dog'iston va Qrimda kuzatilgan.

Zoonoz ten leyshmaniozining areali Markaziy Osiyoning katta qismini; Amudaiyo sohillari bo'ylab, Tojikistonning Panj va Vaxsh daryolaiining quyilish joylaridan, Turkmanistonning Chorjo'y shahrigacha va undan g'aibda joylashgan qumli dashtlarning katta qismini o'z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda O'zbekistonda teri leyshmaniozining 10 dan ortiq tabiiy o'choqlari mavjud. Ular Qarshi, Quyizarafshon, Markaziy Qizilqum, Quyisurxondaryo, Sherobod, Jizzax, Nurota, Quyiamudaryo, Ustyurt va Markaziy Farg'ona hududlaridir.

Tuzilishi. Leyshmaniylar o'z rivojida ikki bosqichni o'tadi. Xivchinsiz shakli uzunligi 2—6 mkm bo'lgan tuxumsimon shaklga ega. Yadrosi yumaloq, hujayraning 1/3 gacha qismini egallaydi. Uning yaqinida kalta tayoqcha ko'rinishidagi kinetoplast bo'ladi. Romanovskiy usulida bo'yalganda sitoplazmasi och kulrang-zangori, zangori yoki nim zangori-siren rangida, yadrosi qizil-binafsha rangga, kinetoplast yadroga nisbatan birmuncha intensiv bo'yaladi.

Leyshmaniylar bu bosqichda harakatsiz, xivchinlari bo'lmaydi. Umurt- qali xo'jayin (odam, itlar, kemiruvchilar) tanasida uchraydi, makrofaglarda hujayra ichida, ko'mik, taloq, jigar hujayralarida parazitlik qiladi. Bitta shikastlangan hujayrada bir necha o'nlab leyshmaniylar topilishi mumkin. Oddiy bo'linish yo'li bilan ko'payadi.

X i v c h i n l i shakli harakatchan, uzunligi 15—20 mkm bo'lgan xivchini bo'ladi. Tanasining shakli cho'ziq, duksimon, uzunligi 10—20 mkm. gacha. Uzunasigabo'linadi. Umurtqasiz xo'jayin tashuvchi (iskabtopar) tanasida rivojlanadi. Oziqli muhitlardagi kulturada ham leyshmaniylarning xivchinli shakllari rivojlanadi.

Milib, qonda va terida bo'lishi mumkin. Iskabtoparlar, mayda hasharotlar Ьg i nor yoki hayvon qonini so'rib, leyshmaniylarni yuqtiradi. Dastlabki .1 i ka la rdayoq yutilgan xivchinsiz parazitlar harakatchan xivchinli shakllarga iivliinib, ko'paya boshlaydi va 6—8 kun o'tgach, iskabtopar halqumida ylg'lladi.

Odamni yuqumli iskabtoparlar chaqqanda, leyshmaniylarning li.uakatchan shakllari uning halqumidanjarohatga kirib, leyshmaniylarning mi i)'.a bog'liq holda teri yoki ichki a'zolarning hujayralaridajoylashadi. Bu \ enla ularning xivchinsiz shakllarga aylanishi sodir bo'ladi.

infeksiya manbalari. O'rtaYer dengizi visseral leyshmaniozida itlarning inleksiya manbayi rolini o'ynashi mumkinligini birinchi marta fransuz i'Mini Sh. Nikol ko'rsatdi. N. I. Xodukin va M. S. Sofiyev kabi olimlar esa I Mini tasdiqladilar. Itlardan tashqari, ayrim yowoyi hayvonlar (chiyabo'rilar, layralar, tulkilar) ham infeksiya manbayi bo'lishi mumkin. Hind leyshmaniozi (kala-azar)da infeksiya manbayi bemor hisoblanadi.

Visseral leyshmanioz bilan kasallangan it oriqlab ketadi, boshi va terisida varalar paydo bo'ladi, terisi, ayniqsa, ko'zining atrofida po'st tashlash kuzatiladi. Bunda shuni hisobga olish kerakki, agar yosh itlarda kasallik o'lkir kechishi va hatto, ularning o'limi bilan tugashi mumkin, qari hay- vonlarda esa aksari boshqacharoq yoki hatto, simptomsiz o'tadi (tashuvchilik). Visseral leyshmanioz O'rta Osiyoda, Qozog'istonning janubida va Zakavkazyeda sporalik shaklda uchraydi.

Teri leyshmaniozida infeksiya manbayi kasal odamlar yoki, 1937— 1940-yillarda birinchi marta N. I. Latishev ko'rsatib o'tganidek, yowoyi kemiruvchilar (zoonoz shaklida, «pendin yarasida») hisoblanadi. Leyshmaniylarning asosiy saqlovchilari katta qumsichqon va qizil dumli qum- sichqon hisoblanadi. Zoonoz teri leyshmaniozi Turkmanistonning janubiy qismi va O'zbekistonning ayrim vohalarida uchraydi. Bu leyshmaniozning o'tishi ba'zan shunchalik jadal bo'ladiki, mahalliy aholi maktabgacha yoshdayoq u bilan kasallanadi. Leyshmaniylarning yashash davrlari 3 va 4- rasmlarda keltirilgan.

3-rasm. Leismania donovanimng yashash davri.


Tashxisi. Klinik tashxis qo'yishda kasallikning yuqorida sanab o'tilgan simptomlari asos qilib olinadi. Epidemiologik ma'lumotlami (leyshmanioz jihatidan osoyishta bo'lmagan joylarda yashash va hokazo) hisobga oUsh lozim. Visseral leyshmaniozning uzil-kesil va ishonchli tashxisi qo'zg'atuvchisini topish asosida qo'yiladi. Buning uchun Romanovskiy usulida bo'yalgan ko'mik surtmalarini immersion obyektiv ostida mikroskopiya qilinadi. Tekshirish uchun materialni to'sh suyagi, yonbosh suyak tarog'i yoki kalta boldir suyagining yuqori qismini funksiya qilib olinadi. Preparatlarda leyshmaniylar guruh yoki yakka holda hujayralar ichida, shuningdek, surtma tayyorlash vaqtida yemirilishi sababh hujayralardan tashqarida topilishi mumkin.

Teri leyshmaniozida yorilmagan dumboqchalardan yoki yaralar yaqi- nidagi inffltratlardan olingan surtmalar tekshiriladi. Qator hollarda bemor qonni, zararlangan teri yoki ko'mikdan olingan materialni quyonning fibrinsizlantirilgan qonidan qo'shib agarda tayyorlanadigan muhitga ekish usuli qo'llaniladi. Musbat hodisada 2—10 kuni kulturada leyshmaniylarning xivchinli shakllari paydo bo'ladi.



Profilaktikasi. Profilaktik tadbirlar leyshmaniozning turiga muvofiq liolda tanlanadi. Visseral leyshmaniozda bemorlarni erta aniqlash uchun uyma-uy aylanib, daydi itlarni muntazam yo'q qilish tashkil etiladi va m'yxatga olingan zotli itlarni (ovchi, soqchi, xizmatdagi itlar va boshq.) k'kshiriladi. Teri leyshmaniozining antroponoz shaklida bemorlarni aniqlash va davolash asosiy profilaktik tadbir hisoblanadi. Zoonoz shaklida yovvoyi kemiruvchilarni qirish uyushtiriladi.

Shaxsiy profilaktika qilishning ishonchli vositasi xivchinh shakllarining I n i k kulturasini emlash hisoblanadi. Leyshmaniozning hamma turlariga qarshi kurashning muhim bo'limi iskabtoparlarni yo'qotish va odamlarni r.kabtoparlar chaqishdan himoya qilishdir.



Tripanosomalar

Tuzilishi. Odam uchun Trypanosoma turkumidagi uch turii patogen, liundan ikki turi afrika tripanosomozini (uyqu kasalIigi) va bir turi amerika tripanosomozini (Shagas I asalligini) qo'zg'atadi. Tripanosomalar tanasi uzunchoq, qambar, xivchinlari va undulatsiya qiladigan membranasi bor. Tana uzunligi 17—28 mkm. Afrika tripanosomozi qo'zg'atuvchilarining tashuvchisi Glossina turkumidagi pashshalar yoki se-se hisoblanadi Shagas kasalligini triatom kanalar tashiydi

Tashxisi. Afrika tripanosomozida parazitologik tekshirish kasallik bosqichiga bog'liq holda o'z xususiyatlariga ega. Qo'zg'atuvchisini kasallikning boshlang'ich davrida — yuqumli se-se pashshasi chaqqan joyda, shuningdek, periferik qonda topish mumkin. Isitmaning kechikkan davrida yoki u tugagandan keyin tripanosomalarni kattalashgan limfatik tugunlar punktatida lopiladi. Markaziy nerv sistemasining simptomlari yuzaga chiqqan davrda orqa miya suyuqligini tekshirish yaxshi samara beradi. Tripanosomalarni topish uchun yangi yoki bo'yalgan preparatlar tekshiriladi. Birinchi holatda sitrat bilan aralashtirilgan qon tomchisi, limfatik tugun yoki orqa miya suyuqligi punktatini buyum oynasiga quyiladi, ustiga qoplagich oyna yopiladi va mikroskopiya qilinadi. Harakatchan tripanosomalar katta obyektivda yaxshiroq ko'rinsa-da, ularni hatto kichik obyektivda ham payqash mumkin. Romanovskiy usulida doimiy bo'yalgan preparatlarni tekshirish birmuncha tarqalgan usul hisoblanadi, buning uchun surtmalar va kallin tomchilarni odatdagi usulda tayorlanadi. Agar yangi yoki bo'yalgan preparatlarda qo'zg'atuvchisini topishga muvofiq bo'linmasa, laboratoriya hayvonlariga yuqtirish usulidan foydalaniladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin