Olmazor tibbiyot kolleji



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə7/10
tarix09.06.2018
ölçüsü0,57 Mb.
#53085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Nazorat savollari

  • Qanday epidemiologik tekshiruv usulllarini bilasiz?

  • Analitik epidemiologiya nima?

  • Immunologik tekshiruv usuli deganda nimani tushunasiz?

  • Epidemiologiya nimani o’rgatadi?

  • Drakunkuloz qanday kasallik?

  • Epidemiyalarni guruhlarga ajratishda eng ko’p qaysi belgilarga e’tibor beriladi?

  • Endemik epidemiya deganda nimani tushunasiz?

  • Ekzotik epidemiya deganda nimani tushunasiz?

  • Pandemiya deganda nimani tushunasiz?


Tayanch iboralar

Epidemiologiya yuqumli kasalliklarning paydo bo'lishi, rivojlanishi va aholi orasida tarqalish xususiyatlari hamda qonuniyatlarini o'rgatib, yuqumli kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va uni amalga oshirilishni ta'minlaydigan fan.

Gelmint – parazit chuvalchang

Statistik uslub — epidemik kasalliklar to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, statistik tahlil qilish, jadval ko'rinishiga keltirish. Bu uslub omillar to'g'risida sonli ma'lumotlar berishga asoslangan.

Mikrobiologik uslub yordamida kasallik chaqiruvchining ajralish mexanizmi, tashqi muhitga tushishining intensivligi va barqarorligi aniqlanadi.

Immunologik uslub — aholining immun holatini aniqlashga imkon beradi. Kishilarning qaysi kasalliklarga ko'proq beriluvchanligi aniqlanadi. Shuningdek, emlanish sifati, vaksinalarni ta'sirchanligi ham aniqlanadi.

Epidemiya o'chog'i — bu ma'lum vaqt oralig'ida odamlarga yuqumli kasallik qo'zg'atuvchilari yuqish ehtimoli bo'lgan hudud chegarasi

Endemik epidemiya - mahalliy epidemiya

Ekzotik epidemiya chetdan keltirilgan, o'zga yurtlik epidemiya

Pandemiyalar– ommaviy epidemiyalar va epidemik portlashlar


Mavzu: №6. Yuqumli kasalliklar profilaktikasi.
Reja:

1.Yuqumli kasalliklarning oldini olishning asosiy ptofilaktikasi.

2.Emlashlarni tashkil qilishni;

3.Immunitet haqida tushunchani;

4.Sanitariya maorifiva hududning sanitariya muhofazasini;

5.Aholini profilaktika ko’rikdan o’tkazish muddatini;

6.Yuqumli kasalliklar o’chog’ida epidemiyaga qarshi kurashni.
O’zbekiston sog’liqni saqlash tizimining ajralmas qismi bo’lgan sanitariya –epidemiologiya xizmati yil sayin rivojlanib, ilm-fan, texnika taraqqiyoti bilan o’zaro chambarchas bog’liq holda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Respublikamizda yuqumli kasalliklarni profilaktika qilishning asosiy mezonlari quyidagilar:

Sanitariya- epidemiologiya tadbirlarining davlat ahamiyatiga ega ekanligi;

Epidemiyaga qarshi va sanitariya – profilaktik tadbirlarning ilmiy-rejali amalga oshirilishi;


  • Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazoratini biorgalikda olib borilishi;

  • Sanitariya va epidemiyaga oid o’tkazilgan tadbirlarning bir butunligi;

  • Qishloq va shahar joylarida o’tkaziladigan sanitariya- epidemiyaga qarshi tadbirlarning bir xilligi;

  • Sanitariya-profilaktika va epidemiyaga qarshi tadbirlarga rahbarlikni markazlahstirilganligi va birga olib borilishi;

  • Sanitariya va epidemiyaga qarshi kurash tadbirlarida barcha tibbiy-sanitariya tashkilotlarininmg qatnashishi;

  • Aholini sanitariya-epidemiyaga qarshi kurashda, umumiy sog’lomlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etishi.

Klinik tibbiyotning eng muhim bo’limlaridan biri- davolash choralari haqidagi ta’limot hisoblansa , profilaktik tibbiyotda aynan shu ta’limotga mos ravishda profilaktik choralar to’g’risidagi bilimlar tizimi haqida fikr yuritish mumkin.

Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni guruhlashning keng tarqalgan va nazariy jihatdan asoslangan usulu quyidagilar hisoblanadi:

1.Kasallik manbaiga:

2.O’tkazish mehanizmiga;

3.Organizmning moyilligini oshirishga qaratilgan chora –tadbirlar.


Qulay bo’lishi uchun har bir guruhga tegishli chora tadbirlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Masalan, kasallik manbaini tugatishga qaratilgan tadbirlarni antroponoz va zoonoz kasallik manbalariga nisbatan o’tkazilgan tadbirlarga ajratish mumkin. Birinchi guruhga antroponozlarda o’tkaziladigan tashxisiy, bemorni ajratish, davolash va rejali chegaralash kabi tadbirlarni, ikkinchi guruhga esa, qo’shimcha sanitariya- veterinariya, deratizatsion tadbirlarni kiritish mumkin.

Epidemiyaga qarshi tadbirlardan yana ikki guruhi- laboratoriya tekshirishlari va sanitariya maorifi ishlari ahamiyatga ega. Bu tadbirlar yuqorida sanab o’tilgan uch guruhga tegishli tadbirlarning har biriga taaluqli bo’lishi mumkin. Shuning uchun bu tadbirlarni alohida bir guruh qilib ajratish maqsadga muvofiqdir. Yuqorida bayon qilinganlar asosida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning ro’yxatini tuzish mumkin. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar bunday guruhlarga ajratilishi birmuncha qulaylikga ega.


Epidemiyaga qarshi tadbirlar tartibi

Yo’nalishi

Tadbirlar guruhi

Kasallik manbai

Yuqish mehanizmi

Organizmning

kasallik moyilligi

Umumiy


Tashxisiy, bemorni ajratish, davolash va qoidali chegaralab qo’yish

Sanitariya-veterinariya va deratizatsion

Sanitariya- gigienik

Dezinfeksion va dezinseksion

Immunoprofilaktika-shoshilinch profilaktika

Laboratoriya tekshirishlari

Sanitariya maorifi ishlari

Yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashda asosiy tadbirlarni ajratishning o’zaro bog’liq bo’lgan uch belgisini ko’rsatish mumkin.

Birinchi belgi- epidemik jarayon paydo bo’lishi va rivojlanishini belgilab beruvchi yuqumli kasalliklar guruhi va alohida noozolik turlari epidemiologiyasining o’ziga xosligi. Masalan, aerozol yuqish mexanizmli kasalliklar guruhi, kasallik manbayining ko’pligi , kasallikning belgisisiz kechish hollarining ko’pligi va yuqish mexanizmining o’ta faolligi bilan xarakterlanadi. Bu guruhga tegishli kasalliklarning oldini olish uchun dispozitsion tadbirlar qo’llaniladi.

Aerozol yuqish mexanizmli antroponoz kasalliklar profilaktikasida immunologik muammo asosiy hisoblanadi.




Tanlab olingan belgilar bo’yicha epidemiyaga qarshi tadbirlarni qo’shimcha ravishda guruhlash

Tanlab olingan belgilar bo’yicha tadbirlar guruhi

Tadbirlar

Epidemiyaga qarshi vositalar ( dori-darmonlar) talab qiluvchi
Epidemiyaga qarshi vositalar (dori-darmonlar) talab qilinmaydi

Dispozitsion


Ekspozitsion

Umumiy


Profilaktika
Epidemiyaga qarshi epidemiya o’chog’ida o’tkaziladigan tadbirlar

Davolash

Deratizatsiya

Dezinfeksiya

Dezinseksiya

Immunoprofilaktika

Shoshilinch profilaktika

Laboratoriya tekshirishlari

Bemorni ajratib qo’yish

Qoidali chegaralab qo’yish

Sanitariya –veterinariya

Sanitariya –gigiyenik

Sanitariya maorifi

Immunoprofilaktika va immuno-korreksion

Shoshilinch profilaktika

Ajratib qo’yish va davolash

Qoidali chegaralab qo’yish

Sanitariya –veterinariya

Sanitariya –gigiyenik

Deratizatsiya

Dezinfeksiya

Dezinseksiya

Sanitariya maorifi, laboratoriya tekshirishlari

Ma’lum shart-sharoitlardan kelib chiqadi

Ma’lum shart-sharoitlardan kelib chiqadi



Profilaktik immunizatsiya samarodorlarining eng muhim shart sharoitlaridan biri immunizatsiya qilinishi kerak bo’lgan hamma kontingentlarni to’liq va o’z vaqtida qamrab olish hisoblanadi. Immunizatsiya qilinishi kerak bo’lganbolalarni hisobga olishni bolalarpoliklinikalar yiliga ikki marta hovlima-hovli aylanib chiqish o’li bilan olib boradi.

Hisobga olingan bolalarni quyidagi shakl bo’yocha qayd qilinadi:

t/r

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Tug’ilganyili,oyi,kuni

Manzili

Qaysi bolalar muassasiga qatnaydi

Eslatma

1
















Tug’ilgan yillar bo’yicha yozib boriladi. Qo’shimcha ma’lumotlar ( ro’yxatga olish orasida) tug’ruqxonalar, qishloq kengashlaridan olinadi.

Hisobga olingan har bir oilaga “Profilaktik emlashlar kartasi”(63-shakl) to’ldiriladi. Bu kartalardan har bir pediatriya uchastkasi uchun alohida kartoteka (alohida quti) tuziladi. Uchastka kartotekasida nshu uchastkada yashab turgan hamma bolalarning kartochkalari va shu uchastka hududida joylashgan bolalar muassasalariga qatnaydigan bolalarning ( ularning qayerda yashashidan qat’iy nazar) kartochkalari bo’lishi kerak. Kartoteka, aksariyat bolalarning tug’ilgan yillari bo’yicha olib boriladi. Har oyning ohirida emlanishi kerak bo’lgan bolalar ro’yxati tuzib chiqiladi. Shu ro’yxat keyingi oyning immunizatsiya rejasidan iborat bo’ladi. Katta yoshdagi kishilarni emlashni poliklinikalar, odatda, korxonalar va o’quv yurtlaridagi shu poliklinikada biriktirilgan sog’lomlashtirish punktlari (tibbiy-sanitariya qismlari) tarmog’i orqali amalga oshiriladi. Emlanishi kerak bo’lgan shaxslarning ro’yxatini tuzish dastlabka muhim vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda sog’lomlashtirish punktlarining xodimlari tegishli korxona va muassasalarning kadrlar bo’limlari bilan aloqa bog’lab, ulardan zarur ma’lumotlarni olishadi. Emlangan kishilar “ Profilaktik emlashlarni hisobga olish jurnali”da (64-shakl) imlo bo’yicha qayd qilinadi. Tibbiyot daftarchalari bo’lganda unga emlash haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. To’satdan vujudga kelgan epidemiologiya ko’rsatmalar bo’yicha emlashlar poliklinika binosining o’zida qilinadi. Emlashlar o’tkazish texnikasi quyidagilarni ta’minlaydi:


  1. Preparatlar ko’rsatmada mo’ljallangan organlar va to’qimalar yuborilishi;

  2. Preparatning zarur dozasini aniq yuvorish;

  3. Asoratlarning yuz berish ehtimolini yo’qotishini.

Shu maqsadda emlash o’tkaziladigan xonani oldindan tegishli darajada tayyorlash, ya’ni pol va mebelni, dezinfeksiya qiladigan eritmalar bilan tozalab yuvish zarur. Agar muskul inyeksa qiladigan bo’lsa, instrumentlar uchun stollar, bolalar uchun kushetkalarga steril (yoki dazmollangan) choyshablar yoziladi. Emlashni bemorlar qabul qilinadigan xonalarda o’tkazmaslik kerak.

Xodimlarni tayyorlash. Emlash o’tkazadigan xodimlar toza xalat va qalpoq (kosinka) kiyib ishlashlari lozim. Shamollash kasalliklari, angina, yiringli kasallikka chalingan tibbiyot xodimlariga emlash o’tkazishlariga ruxsat etilmaydi. Emlashni boshlashdan oldin tibbiyot hodimi qo’lini toza qilib yuvadi, so’ngra qisqa vaqtga 1 % li xloramin eritmasiga botiradi. Muskul ichiga inyeksiya qilishda ham oldin qo’l yuviladi. Yalpi emlashlar o’tkazishda ishni emlashda band bo’lgan odamni boshqa yumushlarga (emlanganlarni qayd qilish, emlanadigan kishilarni xonaga chaqirish kabi) chalg’itmaydigan qilib tashkil etish lozim.

Preparat tayyorlash. Har bir ampula (flakon)ni, brak bo’lgan preparatlarni aniqlash maqsadida ko’zdan kechirilgach, ochiladi.

Immunitet deb, yuqumli kasallikning boshlanishiga yo’l bermaydigan organizm holatiga aytiladi yoki bo’lmasa begona, yot narsaga, agentga nisbatan antigentik xususiyatni namoyish qilish. Berket fikricha immunitetda organizm “o’zinikini” va “begonani”


IMMUNITET

Immunitet deb, yuqumli kasallikning boshlanishiga yo`l bermaydigan organizm holatiga aytiladi yoki bo`lmasa begona, yot narsaga, agentga nisbatan antigenlik xususiyatni namoyish qilish. Berket fikricha, immunitetda organizm <> va <> ajratib oladi. Organizm sezuvchanligi irsiy mustahkamlangan bo`lib, filogenetik rivojlanish va, shuningdek, ontogenez davrida individual ravishda shakillangan hamda organizmni ichki muhitini saqlab turishga moslashgan bo`ladi.

Epidemik jarayon – yuqumli kasallikning paydo bo`lishi, rivojlanishi va tarqalishini taminlovchi uch bir-biriga chambarchars bog`langan bo`g`in halqani o`z ichiga oladi.

1.Yuqumlilik manbai.

2.Kasallik chiqaruvchi mikroblarning tarqalish yo`llari.

3.Yuqumli kasallikka organizmning moyillik darajasi.



Yuqumli kasallik manbayi. Ko`p yillik ilmiy izlanishlar, tajriba va kuzatishlar natijasida shu narsa aniqlandiki, yuqumli kasallik ma’lum bir jamoada kasal yoki shu kasallikning chiqaruvchisini o`zida saqlovchi (bakteriya tashuvchi) sog`lom kishi mavjud bo`lsa, shu yerda kasallik paydo bo`ladi. Ayrim kasalliklar esa, sog`lom kishilarning bemorlar bilan muloqot qilishi natijasida kelib chiqadi. Masalan, kuydirgi, qoraoqsoq (brutselloz) kabi kasalliklar. Bunda sog`lom kishi kasal chiqaruvchisini oraliqdagi biologik hujayradan qabul qilib oladi. Kasallik manbai hamisha odam yoki hayvon bo`lishi mumkin. Chunki kasallik chiqaruvchisining yaxshi rivojlanishi, ko`payishi uchun eng qulay muhit odam va hayvon organizmi hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi bosh epidemiologi, tibbiyot fanlari doktori I.H. Mamatqulovning fikricha, <>.

Ayrim adabiyotlarda va epidemiologiya amaliyotida yuqumli kasallik manbayi sifatida suv, sut, chivin, tuproq, ifloslangan qo`llar ko`rsatib o`tilganligiga guvoh bo`lamiz. Bu noto`g`ri talqin, chunki faqat tirik organizmda kasallik chiqaruvchi patogen mikroblar va parazitlik qiluvchi sodda jonivorlar yashashi va rivojlanishi uchun to`laqonli muhit bo`lishi mumkin. Organizmdan tashqarida patogen mikroorganizmlar yashab qolishi yoki o`zining yashash qobiliyatini vaqtincha saqlashi mumkin. Masalan, ichburug` tayoqchasi tirik organizmga tushmasa yoki shunga o`xshash vabo kasalligining chiqaruvchisi ham ma’lum vaqtdan so`ng nobud bo`ladi. Shunday qilib, tuproq, suv, sut, oziq-ovqat mahsulotlari va hokazo omillar faqat yuqumli kasallik chiqaruvchisining o`tkazuvchi omili hisoblanishi mumkin. Yuqumli kasallik tashuvchisi organizmida ayrim yuqumli kasallik chiqaruvchilar ko`payadi va to`planadi. Masalan, bit qachonlardir toshmali terlama bilan og`rigan bemorning qonini so`rib, u bir umr ushbu kasallikni yuqtiruvchisi bo`lib qoladi. Ayrim hollarda bo`g`imoyoqlilarda avloddan avlodga yuqumli kasalliklar o`tmaslik ehtimoli mavjud.

Shunday qilib, bu holda kasallik manbayi sifatida asosiy biologik xo`jayin odam yoki hayvon bo`lib hisoblanadi. Kasallik manbayi xususida aniq tushunchaga ega bo`lish profilaktik tadbirlarning to`g`ri tanlashni va samaradorligini ta’minlaydi. Agar biz yuqumli kasallik kelib chiqishida nimadir manba bo`lishi kerakligini tan olsak, unda yuqumli kasallikni zararsizlantirish juda samarali bo`lish ta’minlanadi. Yuqumli kasalliklarda eng asosiy va doimiy manba bemor hisoblanadi. Chunki u tashqi muhitga o`zidan ko`pdan ko`p kasallik chiqaruvchisini chiqaradi. Kasalliklarning ayrim klinik alomatlari davrida kasallik qo`zg`atuvchisining ko`plab tarqalishiga olib keladi. Misol uchun, ichburug` kasalligida tez-tez ich ketishi, gripp kasalligida bot-bot aksirishi, burun bitishi, yo`tal kabi alomatlar kuzatiladi.

Sanitariya maorifi ishlari yuqumli kasalliklarni kamaytirish, uning oldini olishda muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Sanitariya maorifi ishlarini, asosan, salomatlik markazlari, tibbiyot muassasi xodimlari, xalq maorifi muassasalari va jamoatchilik tashkilotlari xodimlari olib boradi. Sanitariya maorifi ishlarini bajarishda tibbiyot fani yutuqlariga asoslanib, kasalliklarning paydo bo’lishi va ularni oldini olish choralari, mehnat, dam olish va ovqatlanishi oqilona tashkil qilish, turmushda va kundalik ish faoliyatida sanitariya-gigiyena qoidalarini singdirish haqidagi bilimlarni aholi orasida targ’ib qilish bilan olib boriladi.

Sanitariya maorifi ishlari uch usulda olib boriladi:



  1. Og’zaki;

  2. Matbuot;

  3. Ko’rgazmali.

Sanitariya maorifi ishlarining og’zaki usuliga-suhbatlar, savol-javob kechalari, radio eshittirishlar, ma’ruzalar o’qish, dialoglar, munozaralar o’tkazishlar kiradi.

Sanitariya maorifi ishlarining matbuot usuli bir vaqtning o’zida ko’pchilik aholini qamrab olish imkoniga ega bo’lgan usul hisoblanib, matbuot korxonalari orqali uyushtirilgan kitoblar, varaqalar, shiorlar, esdaliklar, ko’rsatmalar, qo’llanmalar nashr qilish va tarqatish asosida aholi o’rtasida tushuntirish, targ’ibot ishlarini yo’lga qo’yadi. Shuningdek, ro’znoma, jurnallarda kasalliklarning paydo bo’lishi va ularning oldini olish choralari, mehnat, dam olish va ovqatlanishni oqilona tashkil qilish masalalari keng ommaga yetkazib turiladi. Tibbiyot va xalq maorifi muassasalarida sanbyulletenlar, devoriy gazetalar, savol-javob taxtasi tashkil qilish orqali tushuntirish ishlari olib boriladi.

Sanitariya maorifi ishlarini ko’rgazmali usulda aholi gavjum joylarda plakatlar, rasmlar orqali turli tushuntirish va targ’ibot ishlari tashkil qilinadi. Shuning bilan birgalikda kinofilmlar, teatr hamda teleko’rsatuvlar asosida sanitariya maorifi ishlari uyushtiriladi.

Davlat hududini sanitariya jihatdan qo’riqlash- bu chet davlatlardan karantin va boshqa yuqumli kasalliklarning olib kelinishiga, bunday kasalliklar tarqalgan holda ularni yo’q qilishga qaratilgan umumdavlat miqyosidagi tadbirlar tizimi. Bu tadbirlar O’zbekiston Respublikasining “ Davlat sanitariya nazorati to’g’risida”gi Qonunida keng yoritib berilgan.

Aholini epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar bilan himoya qilish tizimining asosi- yuqumli kasalliklar profilaktikasining nazariy, uslubiy amiliy va tashkiliy asosini tashkil qiluvchi tadbirlar majmuasidan iboratdir.
Asoslangan epidemiyalardan himoya qilish tizimining bosh maqsadi – aholining alohida guruhlari orasida yuqumli kasalliklarning oldini olish, yuqumli kasalliklar bilan kasallanishini kamaytirish va ba’zi guruh hamda nozoologik shakllarga tegishli kasalliklarni yo’qotishdan iborat.

Epidemiyaga qarshi o’tkaziladigan tadbirlar ijtimoiy-iqtisodiy, tabbiy-sanitariya tabiatiga ega bo’lganligidan bu tadbirlar tabbiy va notabbiy kuch-vositalar yordamida o’tkaziladi. Shuning uchun aholini epidemiyalardan himoya qilishning tashkiliy tuzilishi tabbiy va notabbiy kuch va vositalarni o’ziga qarab oladi. Qator epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni ambulatoriya, poliklinika va statsionar kabi davolash muassasalari hamda notabbiy soha muassalarida amalga oshiradilar. Masalan, aholi yashaydigan joylarni tozalab, aholini suv, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash kabi sanitariya-gigiyena tadbirlarini u yoki bu davlat organlari, korxonalar va muassasalar aholining faol yordami bilan o’tkazadi. Sanitariya-epidemiologiya muassasalarining ijrochi funksiyasi maxsus bilimga ega bo’lgan mutaxassislar tomonidan, faqat shu muassasalardagi moddiy jihozlar yordamida o’tkaziladigan ayrim tadbirlar bilan chegaraladigan.


Nazorat savollari

1.Immunitet deb nimaga aytiladi?

2.Epidemiyaga qarshi qanday tadbirlar o’tkaziladi?

3.Sanitariya maorifi ishlarini tushuntiring?

4.Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni guruhlashning keng tarqalgan va nazariy jihatdan asoslangan usullari qaysilar?
Tayanch iboralar

Immunitet- organizmning yuqumli kasalliklarga qarshi kurashi

Epidemiologiya yuqumli kasalliklarning paydo bo'lishi, rivojlanishi va aholi orasida tarqalish xususiyatlari hamda qonuniyatlarini o'rgatib, yuqumli kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va uni amalga oshirilishni ta'minlaydigan fan.

Epidemik jarayon – yuqumli kasallikning paydo bo`lishi, rivojlanishi va tarqalishini taminlovchi uch bir-biriga chambarchars bog`langan bo`g`in halqasi

Mavzu: № 7 Sterilizatsiya
Reja:


  1. Sterilizatsiya usullarini;

  2. Kimyoviy eritmalar bilan steriizatsiya qilishni tekshirishni.


Sterilizatsiya - turli buyum va ashyolarni fizik va kimyoviy usullar yordamida barcha mikroorganizmlardan butunlay ozod qilish.

Tibbiyotda ishlatiladigan buyumlarni sterilizatsiya oldi ishlovi berishdan maqsad, ularning yuzasidagi oqsil, yog’ va boshqa moddalarni yoqotishdir. Sterilizatsiya oldi ishlovi qo’lda yoki mexanizatsilashgan usulda olib boriladi. Qo’lda ishlov berish:



  1. Oqib turgan suv ostida 0,5 min davomida chayish, yuvish vositalarida yuvish;

  2. Buyumni 500 C haroratda 15 min bo’ktirib qo’yish, yuvish vositalari sifatida “Biolot” preparatining 0,5 % li eritmasi (3 minut qo’llaniladi) yoki “Primas A” (5 minut qo’llaniladi), “Progress” (5 minut qo’llaniladi), “Astra” (10 minut qo’llaniladi), “Lotos” (5 minut qo’llaniladi) yuvish vositalarinig 0,5 % li eritmasi bilan vodorod peroksidni 0,5 % li eritmasi aralashmasi qo’llaniladi;

  3. Oqib turgan suv so’ngra distillangan suvda 0,5-1 min davomida chayish, yuvish, bo’ktirib qo’yish;

  4. 80-850 C haroratdagi issiq havoli sterilizatorlarda quritish.



Sterilizatsiya usullari

Bug’ bilan sterilizatsiyalsh usuli to’yinga suvli bug’ bosimi ostida barcha turdagi mikroblarni yo’qotishda yaxshi natija beradi va bug’sterilizatorlarida amalga oshiriladi. Bug’ bilan sterilizatsiyalsh kasalxonalar va poliklinikalarning turli bo’limlarida, mikrobiologiya laboratoriyalarida, farmatsevtika va boshqa muassasalarda qo’llaniladi. Bug’ bilan sterilizatsiyalshga yara yuzasiga teguvchi, qon va uning preparatlariga hamda shilliq qavatga tegib, uni jarohatlantirish чфмаш bo’lgan asbob-uskunalar beriladi. Bug’li sterilizatorlar tuzilishi, ishlash bosimi va boshqa ko’rsatkichlarga qarab farqlanadi, sterilizatorlar yumaloq, to’g’ri burchakli ko’rinishda bo’ladi.

Havo bilan sterilizatsiyalsh usuli:

  • Issiq quruq havo bilan bilan sterilizatsiyalsh usuli namlanishi, zanglashi va boshq asabablarga ko’ra, bug’ bilan sterilizatsiya qilinmaydigan buyumlarga qo’llaniladi, havo sterilizatorlari qo’llaniladi. Bu usul shisha va metaldan ishlangan asboblar, ginekologiya va stomatologiya asboblari, kauchukli va boshqa buyumlarda qo’llaniladi.

  • Gaz bilan sterilizatsiyalsh issiq bilan ishlanmaydigan obyektlarda qo’llaniladi, bular – oynali, yuzali jarrohlik asboblari, kesuvchi, sanchuvchi asboblar, ketgud, zondlar, plastmassali sintetik katetorlardir. Gaz bilan sterilizatsiyalshda sporatsid ta’sirga ega etilen oksidi, meitl bromid va uning aralashmasi, formaldegid va boshqalar qo’llaniladi.

Sterilizatsiyaning kimyoviy usuli

Bu usul yordamida kimyoviy eritmalar bilan, asosan, issiqlikka chidamsiz asboblar sterilizatsiya qilinadi. Ular ko’pgina polimer materiallardan jarrohlik asboblari, rezina qo’lqoplarni sterillashda qo’llaniladi.

Nam sterillashda turli aralashmalar ishlatiladi. Bular tarkibida xlor, yod, oksidlovchilar, kislota, aldegid tutuvchi aralashmalar bo’ladi. Ulardan asosan dezoksan va vodorod peroksid ko’p qo’llaniladi. Vodorod peroksidning 6 % li eritmasi 180 C da 6 soat, 600 C da 3 min davomida qo’llaniladi. Dezoksanning 1 % li eritmasi 180 C da 45 min ishlatiladi. Vodorod peroksid eritmalri yopiq idishda saqlanib tayyorlangandan so’ng 7 kun mobaynida ishlatilishi mumkin. Dezoksanning 1 % li eritmasi esa, faqat tayyorlangan kuni ishlatiladi.
Sterilizatsiyadan oldingi ishlov sifatini tekshirish

Qon qoldiqlari mavjudligini bilish uchun ortamidinli yoki amidopirinli sinamalar qo’llaniladi. Yuvish vositalari qoldiqlarini aniqlasha esa, fenolftaleinli sinama qo’llaniladi.



  • Ortamidinli sinama teng miqdordagi distillangan suvda tayyorlangan ortamidinning 1 % li suvdagi eritmasi va vodorod peroksidning 3 % li aralashmasidan iborat.

  • Amidopirinli sinama, 5 % li amidopirinning spirtdagi eritmasi, 30% li sirka kislotasi va 3 % li vodorod peroksid eritmasi teng miqdorda olinib aralashtiriladi. Tekshirilayotgan buyumga birlamchi reaktiv tomiziladi. Agar u ifloslangan bo’lsa, to’q yashilga kiradi.

  • Fenolftaleinli sinamada fenolftaleinnig 1 % li spirtli eritmasi tayorlanib, buyumlar yuzasiga 1 tomchi tomiziladi. Agar buyum yuzasida yuvuvchi vosita qoldiqlari bo’lsa, eritma pushti rangga kiradi.

Sterilizatsiyadan oldingi sutkada ishlov beriladigan buyumlarning har biri 0,1 % li kalioyli eritmada ivitib qo’yilishi kerak. DSENM va dezinfektsiya xodimlari davolash profilaktika muassasalarida sterilizatsiyadan oldingi ishlovni har 3 oyda nazorat qilib turishi kerak.
Bug’li sterilizator ishini tekshirish

Elektr yordamida ishlatiladigan tik o’rnatiladigan bug’li sterlizator quyidagilardan iborat: sterilizatsiya kamerasi, vodoprovod kamerasi va himoya qiluvchi moslama. Ish tartibi: bug’ bosimida 0,11 Mpa va 1200 C 2 atm.da 45 min, bosimi 10,3 Mpa va harorati 180 0 C bo’lganda 20 min ushlanadi.Bug’li steriizatsiya sifatini bakteriologik sinov o’tkazishda tarkibida 1200 C haroratli bug’ ta’siriga 3-5 min davomida chiday oladigansporali saprofitlari bo’lganbog’ tuprog’I sinamasi qo’llaniladi.Tekshirish paytida 1- sinamaning o’zidasporalar o’sishi kuzatilsa, sinama takrorlanadi. Qayta shunday natija olinsa, sterilizatornig sifatsiz ishi ahiqlanadi.


Havo yordamida sterilizatsiyalashni tekshirish

Havo bilan sterilizatsiya 1800 C quruq issiq havo haroratida 60 min, 1600 C da esa, 2,5 soatda mamlga ishiriladi. Havo yordamida sterilizatsiyalashni tekshirishdabakteriologik va isitish usullari qo’llaniladi. Biotestlar sifatida 1-1,5 soat mobaynida 1600 C haroratida saqlangan kartoska va beda qalamchalari sporalariyuqtirilgan probirkalar ishlatiladi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin