EPIDEMIK JARAYONNING RIVOJLANISH MEXANIZMI
Infeksiyani uzatish mexanizmi. Bakteriyalar kashf etilgunga qadar, barcha yuqumli kasalliklar kelib chiqish sabablari, sharoitlari vn rivojlanish mexanizmiga ko'ra uch guruhga: kontagioz, miazmatik ,i kontagioz-miazmatik guruhlarga bo'lingan edi. Shunday guruhlarga bo'lishga mos ravishda kontagioz kasalliklar yuqish mexanizmi sog' odamning kasal bilan muloqoti (kontakt) orqali, miazmatik guruhdagi kasalliklar esa, sog'lom odam organizmiga «fazoviy» yoki «tellururgik» kelib chiqadigan «miazmalar» tushishi natijasida tarqaladi, degan tushunchalar bo'lgan. Kontagioz-miazmatik guruhdagi kasalliklarning tarqalish yo'llari, belgilari uchraydi, deb faraz qilingan.
Bakteriyalar ochilishining dastlabki davrlarida yuqumli kasallik faqat kasal kishi bilan muloqot (kontakt)da bo'lganda yuqadi, degan noto'g'ri tushuncha paydo bo'ldi. Bu esa, epidemiologiya fani rivojlanishini bir qadam orqaga surib qo'ydi. Faqat XX asrning ikkinchi choragiga kelib, rossiyalik olimlar L. V. Gromashevskiy va Y. N. Pavlovskiylar epidemikjarayonning rivojlanish mexanizmi to'g'risidagi nazariy bilimlarni umumlashtirib, yuqumli kasalliklarning yuqish mexanizmini ochib berishdi.
Havo-tomchi orqali yuqish mexanizmida yuqumli kasalliklarning yuqishi uchun havo-tomchi yo'li universal omil hisoblanadi. Transmissiv yuqish mexanizmida kasallik qo'zg'atuvchilari ka- sallangan (zararlangan) organizmdan sog'lom organizmga bo'g'imoyoqlilar sinfiga kiruvchi qon so'ruvchilar ishtirokida yuqadi (8-jadval). Kontakt (muloqot)da yuqish mexanizmida kasallik chaqiruvchilari bir organizmdan ikkinchisiga, ba'zi hollarda tashqi muhit elementlari ishtirokida Jinsiy aloqa paytida, hayvonlar tishlaganda) o'tadi. Ba'zi hollarda esa, kiyim, bosh kiyimi, ko'rpa- to'shak, ifloslangan qo'l, umumiy vanna, yuvinish uchun ishlatiladigan tog'ora, jarrohlik asboblari va boshqa o'tkir asboblar yuqish omillari sifatida xizmat qiladi. Umumiy ovqatlanish sohasi xodimlari, kasalga chalingan kishilar qo'llarining iflosligi.
Yuqish mexanizmi to'g'risidagi ta'limotning rivojlanishi. Epide- miologiya fanining rivojlanishi bilan yuqish mexanizmi to'g'risidagi tasawurlar ham aniqlana bordi. Keyingi yillarda ba'zi bir kasallik chaqiruvchilarining rivojlanayotgan homila hujayralarida joylashishi aniqlandi. Bu yana bir yuqish mexanizmini aniqlashga olib keldi.
Ba'zi turdagi mikroorganizmlar o'z xo'jayini organizmining bir necha organ va sistemalarda joylashishi epidemiologik ahamiyati aniqlandi. Lekin bunday hollarda kasallik qo'zg'atuvchilarining tur sifatida saqlanib qolishi asosiy joylashishi bilan bog'liq bo'ladi. Qo'zg'atuvchilarning boshqa joylarda joylashishlari qo'shimcha joylashish joyi, deb yuritiladi.
Yuqish mexanizmi to'g'risidagi ta'limot kasallik qo'zg'atuvchilarining asosiy yashash muhitiga qarab, aniq ajratilmagan pay- tida ishlab chiqilgan edi. Shuning uchun zoonoz kasalliklar chaqiruvchilarining yuqish mexanizmi odam organizmida joyla- shishiga qarab o'rganilgan.
Antroponoz kasallik qo'zg'atuvchilarining aerozol yuqish mexanizmi
O'tish bosqichlari
|
Yuqish sharoitlari
|
1
|
2
|
3
|
Bemor yoki kasallik tashuvchi bilan yaqin masofada turganda
|
Nafas olish, gaplashish
|
Birlamchi aerozol (tomchi fazasi)
|
Nafas olish
|
|
Aksirish, yo'tal
|
Aerozolning tomchi yadro fazasi
|
Nafas olish
|
• Bemor yoki kasallik tashuvchi bo'lgan joyda yuqtirish
• Bemor yoki kasalliktashuvchi ketgandan keyin zararlanish
• Binoning boshqa xonalarida o'tirib zararlanish
|
|
Ikkilamchi aerozol (chang fazasi)
|
Nafas olish
|
Changli aerozol hosil bo'lish bosqi- chida zararlanish
|
Bu kasallik manbayi bilan kasallikka moyil organizm o'rtasida bilvosita va bevosita muloqot paytida amalga oshadi. Bir avlod o'rtasida gorizontal yuqish mexanizmidan tashqari, yuqumli agentning onadan bolaga homila davrida o'tish mexanizmi mavjud bo'lib, bu mexanizm vertikal yuqish mexanizmi, deb ataladi.
Zooantroponoz kasallik qo'zg'atuvchilarining yuqish mexanizmini ko'rib chiqish uchun ularni ikki tabaqaga bo'lish lozim:
1) hayvonot dunyosi ichida tabiiy yuqish mexanizmini ta'min- lovchi va shu bilan epizootik jarayonning uzluksizligini, parazitning tabiatda saqlanib qolishini ta'minlaydigan;
2) odamlar uchun xos bir yoki bir necha mexanizm yordamida hayvonlar kasalliklarini chaqiruvchilar kasallikka moyil bo'lgan odam organizmiga tushib, uning kasallanishiga olib keladi. Kasallik chaqiruvchilarning tur saqlanib qolishi nuqtayi nazaridan, bu — organizm «boshi berk ko'cha» sifatida bo'ladi.
Hayvonlar dunyosida kasallik qo'zg'atuvchilar, asosan, fekal-oral, transmissiv va vertikal mexanizmlar orqali yuqadi. Kasallik eng ko'p fekal-oral mexanizm, kamroq hollarda esa, transmissiv va kontakt yo'l bilan yuqadi.Kasallik qo'zg'atuvchilari bir organizmdan ikkinchi organizmga yuqish omillari yordamida o'tadi. Kasallik chaqiruvchilarning kasallik manbayidan moyilligi bo'lgan organizmga o'tishini ta'minlovchi tashqi muhit elementlariga yuqish omillari, deb ataladi. Bunday omillardan bir nechtasining yig'indisi yuqish yo'llarini tashkil qiladi.
Tashqi muhitning qator elementlari tabiatda tirik mavjudotlar va odamlar jamiyatidagi o'zaro munosabatlar jarayonida ko'pincha epidemik jarayonning rivojlanishida ishtirok eta borib, muayyan kasalliklar uchun maxsus omillar bo'lib qoldi. Turli yuqish mexanizmlari uchun tipik bo'lgan yuqish omillarini ko'rib chiqamiz.
Ichak yuqumli kasalliklaridagi fekal-oral yuqish mexanizmida eng ko'p ishtirok etadigan omillar:
1. suv (quduq, ko'l, ariq, daryo, ichimlik suvi, oqava va boshqa suvlar);
2. oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda oqsil, uglevodli, suyuq va yarim suyuq mahsulotlar (sut, go'shtli yoki baliqli taomlar, kremli tortlar, kotletlar, go'shtli qiymalar), sabzavotlar, mevalar, non;
3. tuproq;
4. ifloslangan qo'l;
5. pashshalar;
6. turli xil uy-ro'zg'or buyumlari.
Havo-tomchi orqali yuqish mexanizmida yuqumli kasalliklarning yuqishi uchun havo-tomchi yo'li universal omil hisoblanadi.
Yuqumli kasalliklarning aholi guruhlari о 'rtasida tarqalishi. Har bir alohida kasallik turi ma'lum hududda aholining turli guruhlari orasida bir xil tarqalmaydi. Masalan, Toshkent shahrida A virusli gepatit kasalligi bilan 1989— 1990-yillarda, asosan, yasli yoshidagi bolalar kasallangan.
Shahar va qishloq aholisi o'rtasidagi kasallanish darajasi ham lurlicha bo'ladi. Kasallanish ko'rsatkichlaridagi farq turli kasbdagi kishilar o'rtasida bo'lib, asosan, jamoalarning uyushgan va uyushmaganligiga bog'liq bo'ladi. Yuqumli kasalliklar tarqalishiga kommunal xo'jalik va sanitariya-gigiyena sharoitlari hamda boshqa omillar la'sir qiladi. Aholining turli guruhlari orasida kasallik ko'rsatkichlarining har xil bo'lishi har bir guruhga tegishli odamlar turli darajada kasallik yuqtirish xavfi ostida bo'lishi va odamlar orasida kasallikka inoyillikning turlicha bo'lishi bilan ham tushuntiriladi. Masalan, i|i/ilcha bilan, asosan, bolalarning kasallanishi infeksion-immunologik munosabatlar bilan izohlanadi. Faolligi yuqori bo'lgan aorozol yuqish mexanizmi odamlarning bolaligida qizilcha bilan I asallanishiga sabab bo'ladi. Kasallikni boshidan kechirgandan o'ng qoladigan immunitet tufayli katta yoshdagi bilan birga kasallik yuqtirishsa ham, ular kasallanmaydi. Dizenteriya kasalligida bolalarning kasallik yuqtirish xavfi yuqori bo'ladi. Chunki katta yoshdagi kishilarga kasallik faqat fekal-oral mexanizmi orqali yuqsa, bolalarga esa, yaqin muloqotda ham yuqadi.
Yuqumli kasalliklarning turli guruhga tegishli aholi o'rtasida turlicha tarqalishini tushuntirishda ma'lum kasallikda epidemik jarayonning biologik rivojlanishini va aholi guruhi ahvolini ifodalovchi shart-sharoitlarni hisobga olish kerak bo'ladi.
Ba'zi yuqumli kasalliklarda epidemik jarayonning biologik rivojlanishidagi farq tufayli aynan bir guruhga tegishli aholi boshqa guruhdagi aholiga nisbatan ko'proq kasallanishi mumkin.
Yuqumli kasalliklarning vaqt bo'yicha taqsimlanishi. Yillar mobaynida kasallanishning yillik miqdoriy ko'rsatkichlarda ifodalanishi kasallanishning ko'p yillik o'zgarishi, deyiladi. Epidemik jarayonning o'ziga xos xususiyatlardan biri — kasallanishning vaql bo'yicha turlicha taqsimlanishi. Kasallanishning vaqt bo'yicha turlixil taqsimlanishi profilaktikasi uchun samarali tadbirlar o'tkazilmaydigan kasalliklarda yaqqol namoyon bo'ladi.
Kasallanishning ko'p yillik o'zgarishi uchun epidemik an'ana, davriylik (sikl) va epidemik ko'tarilish va tushish xosdir.
Epidemik an 'ana. Kasallanishning ko'p yillik o'zgarishida epidemik jarayon jadalligi o'zgarishidagi asosiy yo'nalishga epidemik an'ana, deb ataladi. U kasallanishning o'sishi, kamayishi va mo'tadil (barqaror) bir darajada turishini ko'rsatadi. Epidemik an'ananing uch ko'rinishi epidemik jarayonni boshqaradigan rivojlanish sharoitini epidemiyaga qarshi tadbirlar o'tkazish bilan bog'liq holda namoyon qiladi.
Kasallanishning davriyligi. Epidemik jarayonning ko'p yillik o'zgarishida doimiy ravishda ma'lum oraliq bilan epidemik jarayon davriyligining qaytarilib turishi — kasallanishning davriyligi, deb ataladi. U yoki bu turdagi yuqumli kasalliklarning eng ko'p tarqalgan yillari keyingi kasallik kam uchragan yillar bilan alma- shinib turadi va bu davr qayta boshlanadi. Davriylik barcha yuqumli kasalliklarga xos xususiyatdir. Davriylikning o'sish va kamayish davrlari turli kasalliklarda turlichadir. Kasallanishning o'sishi va kamayishi orasidagi yillar 2—5 yildan 5—15 yilgacha va bundan ko'p muddatlarga to'g'ri keladi. Epidemik jarayon kechishining davriyligi havo-tomchi mexanizmi bilan yuqadigan antroponoz kasalliklarda yaqqol ko'rinadi. Bu hoi infeksion-immunologik munosabatlar tufayli yuzaga keladi. Kasallanish yuqori darajada bo'lganida aholi o'rtasida immuniteti bo'lgan qatlam yuzaga keladi. Bu immunitet kasallanishning kamayishiga olib keladi. Yangi tug'ilib voyaga yetgan avlodda immunitet bo'lmaganligi sababli kasallanish ko'paya boshlaydi. Lekin kasallanishning davriyligini faqat shu omillar bilan tushuntirish kifoya qilmaydi. Epidemiologik davriylikni parazitar tizimning o'z-o'zini boshqarishi to'g'risidagi nazariya aniqroq qilib tushuntirib bera oladi.
Kasallanishning mavsumiyligi. Yilning ma'lum bir davrida kasallanishning doimiy ravishda ko'tarilib turishi yoki paydo bo'lishi — mavsumiy kasallanish, deb ataladi. Kasallanishning mavsumiyligini tushuntirib berish uchun bir necha taxminlar taklif qilingan. Unga ko'ra, mavsumiylikka kasallik chaqiruvchilar virulentligining mavsumiy oshib turishi, boshqa taxminga ko'ra esa, odamlar organizmi rezistentligining mavsumiy pasayishi bilan lushuntiriladi. Uchinchi xil taxminga ko'ra, kasallanish darajasining yil davomida o'zgarishi yuqish mexanizmining faollashishi bilan i/.ohlanadi.
Fekal-oral yuqish mexanizmi ichak kasalliklari uchun yozgi, havo-tomchi mexanizmi bilan yuqadigan aerozol kasalliklar uchun qishki mavsumiylik xosdir. Bu xil yuqish mexanizmli turli xil yuqumli kasalliklarning mavsumiyligi har xil bo'ladi. Agar bir xil yuqish mexanizmli kasalliklar uchun bir xil umumiy mavsumiy omil ta'sir qiladigan bo'lsa, bu kasalliklarning mavsumiyligi har xil bo'lishi — kasallikning yashirin davri, yaqqol namoyon belgilar bilan kechadigan turlari nisbati, kasalliklarning kasallik qo'zg'atuvchilarini tashqi muhitga chiqarish davri kabi sharoitlarga bog'liq bo'ladi.
Ko'pincha mavsum davrida kasallik qo'zg'atuvchilarning yuqish mexanizmi faollanishi —mikroorganizmlar virulentligining oshishi va aholining immunologik tuzilishidagi o'zgarish bilan mos ravishda amalga oshadi. Bu hoi aerozol yuqish mexanizmli kasalliklar uchun xosdir. Uzoq davrgacha bu xildagi kasalliklarning yilning sovuq davrida mavsumiy ko'payishi shamollash tufayli organizm reaktivligining pasayishi bilan bog'lab kelindi. Keyinchalik bu mavsumiy kasallik odamlarning yopiq binolarda uzoq vaqt birga
Ichak solityorining tarqalishi: /-sigir; 2-oraliq xo'jayin; J—solityor; 4-odam.
bo'lishi va kasallikning yuqishi hamda yuqish mexanizmining faollanishi bilan tushuntiriladi. Bu masala yanada chuqurroq o'rganilganda, odamlarning «aralashib ketish» omilining ahamiyati borligi aniqlandi. Kasallikka chalingan va unga moyil bo'lgan odamlarning aralashib ketishida kasallik chaqiruvchilari faqat bir kishidan ikkinchi kishiga o'tib qolmay, balki uning virulentligi ham oshadi. Bu esa, kasallikning (manifest) belgili shakli ko'payishiga va yuqish mexanizmi faollashishiga olib keladi. Shunday qilib, yuqumli kasalliklar mavsumiyligi yilning ma'lum bir davrida doimiy ravishda qaytarilib turuvchi ijtimoiy va tabiiy hodisalarning yuqish mexanizmini faollashtiruvchi ta'siri natijasidir. Ko'pincha kasallikning yuqish mexanizmi faollashishi kasallik qo'zg'atuvchilarning virulentligi oshishi va organizmning kasallikka moyilligi o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi. U yoki bu turdagi yuqumli kasallik yilning ma'lum davrida epidemik ravishda ko'tarilib turishi odamlar kasallanishi uchun yetarli sharoit yaratuvchi ijtimoiy va tabiiy-biologik shart-sharoitlardan hisoblanadi. Masalan, kanalizatsiyaning buzilishi va ichimlik suviga qo'shilib ketishi, oziq-ovqat tayyorlash bilan bog'liq bo'lgan ishlarga ichburug' kasalligi tashuvchisining tushib qolishi va boshqalar bunga misol bo'la oladi.
Nazorat savollari
-
Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya nima?
-
Sterilizatsiya nima?
-
Immunitet deb nimaga aytiladi?
-
Sanitariya maorifi ishlari qaysi usullarda olib boriladi?
-
Aholini epidemeyadan himoya qilishning tashkiliy tuzilmasi nimalardan iborat?
-
L.V. Gramashevskiy yuqumli kasalliklarni nccha guruhga bo'ladi?
-
Infeksion kasallik deb nimaga aytiladi?
-
Parazitizm qonuniyatlari nimalardan iborat?
-
Yuqumli kasalliklarning yuqish mexanizmlari necha davrni o'z ichiga oladi?
Tayanch iboralar
Infeksiya (lotin. infectio—yuqish) — bu qo'zg'atuvchi parazit va xo'jayin-odain organizmi (hayvon, o'simlik) orasidagi o'zaro ta'sir jarayoni
Kokk – sharsimon bakteriya
Mavzu: № 9 Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazi ishini tashkil qilish.
Reja:
-
O’zbekistonda DSENM ishining tashkil qilinishini;
-
Kasalxona va laboratoriyalarning sanitariya- epdemiologiya tartibini.
Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga Bosh sanitariya shifokori raxbarlik qilib, Sog’liqnisaqlash vazirinig o’rinbosari hisoblanadi. Sanitariya- epidemiologiya xizmati quyidagi boshqaruv tizimiga ega:
-
Sog’liqni saqlash vazirligi;
-
Respublika Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazi;
-
Viloyat Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazi;
-
Tuman Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazi;
-
Shaxar Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazi.
Viloyat, tuman, shaxar Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazi bosh shifokorlaritegishli raxbarlarning o’rinbosarlari hisoblanadi. Mamlakatimizda sog’liqni saqlash tizimiprofilaktik yo’nalishga ega bo’lib, birinchi galda tashq muhitning insonga bo’lgan salbiy ta’sirini o’rganish, aholinig mehnat va turmush sharoitini yaxshilash, epidemiydga qarshi chora-tadbirlar ko’rish kabi mihim ishlarni amalga oshiradi. Bu ishlar barcha tashkilotlar va aholi ishtirokida reja asosida hal qilinadi.
Sanitariya-profilaktik tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish maxsus muassasa - Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazi (DSENM) zimmasiga yuklanadi. DSENM mamalakatsanitariya- epidemiologiya holati ustidan nazorat qiladi.
Sog’liqnisaqlash tizimidan tashqari daryo flotida, aloqa yo’llarida, fuqaro aviatsiyasida tegishli sanitariya- epidemiologiya xizmati bo’lasi va ular bu idoralarga tegishli muassasalar ustidan sanatariya nazoratini malga oshiradi.
DSENM faoliyati sanitariya qonunchiligi asosida (“Davlat sanitariya nazorati to’g’risida”gi qonun, Respublika Prezidenti Farmonlari, respublika xukumati va Oliy Majlis qarorlari, Sog’liqnisaqlash vazirligi buyruqlari va boshq.) amalga oshiriladi.
DSENM faoliyati sanitariya qonuchiligi asosida joylarni obodonlashtirish, oziq-ovqat bilan savdo qilish sanitariya nazorati me’yorlari, epidemiya qarshi maxsus choralar ishlab chiqilgan.
DSENM faoliyati sanitariya qonuchiligida mahalliy sanitariya qonunchiligi – bu hokim qabul qilgan qarorlar asosida malga oshiriladi. Bunda ma’lum hudud sharoitida aholi va mansabdor shaxslarni sanitariya me’yorlarini bajarishini o’zoga xos xususisyatidir. Hudud bosh sanitariya shifokori joylardagi sanitariya –epidemilogiya holatini щэкпфтшибчщлшьшнфепфяфкгкsog’lomlashtirish choralarini taklif qiladi. Hokimninh sanitariya yuzasidan qabul qilgan qarori tegishli hududda hamma uchun majburiy hisoblanadi.
DSENM sanitariya-profilaktika xizmatini amalga oshiradiga mustaqil tashkilotlarning quyidagi turlari bor:
-
Respublika DSENM
-
ViloyatDSENM
-
Tuman DSENM
-
ShaxarDSENM
-
Suv transportiDSENM
-
Temir yo’l transportiDSENM
-
Fuqaro aviatsiyasiDSENM
DSENM quyidagi bo’limlarda iborat:
-
Sanitariya –gigiyena
-
Epidemiologiya
-
Dezinfektsiya
-
Ekologiya
Keyingi vaqtlarda dezinfektsiay bo’limlari alohida stantsiyalar shaklida tashkil etilmoqda.
Sanitariya- gigiyena b’limi quyidqgilardan iborat:
-
Kommunal
-
Ovqatlanish
-
Mehnat
-
Bolalar va o’smirlar
Bolalar va o’smirlar bo’limidan tashqari barcha bo’limlar fizik va kimyoviy usullarda tekshirish laboratoriyalariga egabo’ladi, bu esa bo’limlarning tezkor bo’lishi va laboratoriya ishlarining bir butunligini ta’minlaydi.
Tashkilotlar chaqiruvchiga, asosan, labarato’riyalar shoshilinch va rejali (suv, havo, ovqat mahsulotlari ) tekshiruvlar o’tgazadi. Tekshirish natijalari asosida tegishli bo’lim shifokorlari chora ko’radi.
Epidemialogiya bo’limida epidemiyaga qarshi va parazitalogiya bou’limi bo’ladi. Parazitalogiya bo’limida virusologiya va bakteriologiya labaratoriyalari, batsilla tashuvchilik punkti bo’ladi. Ba’zi DSENMlarda (respublika, viloyat) esa, o’ta xafli yuqumli kasalliklar va ekalogiya bo’limi bo’ladi. Ekologiya bo’limi tabiatni muhifaza qilish chora- tadbirlarini amalga oshirish bilan shug’ullanadi.
DESNMlarda ishlaydigan sanitariyashifokorlari va ularni yordamchilari 1:2 nisbatida, shifokor –epdemialogiya va yordamchilari 1:3 nisbatda bo’lishi lozim. DSENMlar tegishli hududga sog’liqni saqlash bo’limiga bo’ysunadi, maxsus masala bo’yicha yuqoridagi DSENMlarga itoat etiladi.
Hozirgi vaqtda DSENMlar faoliyati uchastka tamoyilida tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Uchastkalarda esa, shu soha umumiy amaliyot shifokori maqomiga ega bo’lgan kishilar ishlashi lozim.
DSENM bajaradigan ishlar – kundalik snitariya nazoratini amalga oshirish, ogohlantirish, epidemiyaga qarshi ishlar, aholining sanitariya madaniyatini oshirish, sanitariya faollari ishinitayyorlash va ularning ishiga rahbarlik qilish.
Ishga tushirilgan sanoat, komunal, bolalar va boshqa obyektlar ustidan DSENMning tegishli bo’limlar kundalik nazorati o’rnatiladi. Tekshirilgan obyektlarning sanitariya holati haqidagi xulosalar (labaratoriya tekshiruvi va boshqa ma’lumotlar), ma’muriyat takliflari maxsus tekshiruv dalalotnomasi sifatida rasmiylashtiradi va har bir obyektda bo’ladigan jurnalga yozib qo’yiladi.
DSENM xodimlariga mehnatkashlar sog’lig’ini saqlash borasida davlat tomonidan belgilangan gigiyenik norma va qoidalarni majburiy ravishda amalga oshirish uchun katta huquqlar berilgan. Sanitariya shifokori (yoki uning yordamchisi) talablar buzilib, sanitariya qonunchiligiga amal qilinmasa, protokol tuzadi, ma’muriyat talablarini ikkinchi marta buzsa, pul jariymasini soladi, maxsulotlarni sotishni taqiqlaydi, iste’moldan chiqarib tashlaydi, muassasini yopib qo’yadi va aybdorlarni sud javobgarligiga tortadi. Aholi yashaydigan, alohida turar va jamoa foydalanadigan joylar (hammomlar, sartaroshxonalar, yotoqxonalar, kinoteatrlar)ning sanitariya holatini kommunal bo’limlar nazorat qiladi. Bu bo’limlar aholi yashaydigan joylarning tozaligi, suv sifati, suv havzalari, atmosfera havosining sanitariya holatini nazorat qiladi.
Ogohlantiruvchi nazorat turli inshootlarni (maktab, sanatori va h.k) loyhalashtirish va qurishda sanitariya-gigiyena normalariga rioya qilish, atmosfera havosi, suv va tuproqni himoya qilish, bakterial preparadlarnsi, tegishli vaksina va zardoblarni ishlab chiqarishga tegishli sanitariya-gigiyena me’yorlari hamda davlat andozalariga mos qilib chiqarilishini nazorat qiladi.
Oziq-ovqat gigiyenasi bo’limi
Bu bo’lim oziq-ovqat mahsulotlari bog’liq bo’lgan jarayonlarni (tayyorlash, sotish,saqlash, is’temol qilish, tashish) nazorat qiladi. Yaxshi jihozlangan oziq-ovqat korxonalarini nazorat qilish, xizmat qiluvchi xodimlarning sanitariya va texnik malakalarini oshirish muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat korxonalarida, oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan joylarda yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlar yoki batsilla tashuvchilar ishlashi juda xavflidir.Oziq-ovqat bilan bog’liq ishlarda, maishiy hizmat muassalarida ishlaydigan barcha xodimlar har oyda bir marta tibbiy ko’rikdan o’tishlari va batsilla tashuvchilikka tekshirilib turishlari lozim.
Mehnat gigiyenasi bo’linmasi
Bu bo’limsanoat muassasalarining sanitariya holatini, ishlab chiqarish zararlarini (chang, yuqori namlik, shovqin va hokozolar) kamaytirish bo’yicha talab va normalarining bajarilishini nazorat qiladi. Bo’linma shifokori ishchilarga himoya vositalari berilishini va o’z talablarini vaqtida bajarilishini kuzatib boradi. Mehnat gigiyenasi shifokori sanoat korxonasi ma’muriyati va tibbiy sanitariya qismi shifokorlari bilan birgalikda korxonada sog’lomlashtirish majmuasi rejasini tuzadi va buni amalga oshirishda faol qatnashadi. Kasbga oid kasalliklar hamda zaharlanish hisobga olinadi va ularning sabablari o’rganiladi.
Bolalar va o’smirlar gigiyenasi bo’linmasi
Bu bo’lim ta’lim-tarbiya (maktablar, bog’chalar, yaslilar, o’quvchilar oromgohlari va h.k) va davolash-profilaktika (bolalar paliknikalari, kasalxonalar va h.k.) muassasalari ustidan sanitariya nazoratini amalga oshiradi.
Epidemiyaga qarshi tadbirlar--- sog’liqni saqlash muassalarining eng ma’suliyatli faoliyati. DSENM yuqumli kasalliklar va epidemiyaga qarshi kurash
ishlarini rejali hamda tezkor ravishda tashkil qiladi. Barcha davolash muassasa xodimlari yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda faol ishtirok etishlari kerak.
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashning muhim tomoni ehtiyot emlashlaridir. Mikrobiologiya va immunologiya fanlarining rivojlanishi ehtiyot emlashlar, profilaktika qilish natijasida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldi olinmoqda. Ehtiyot emlashlarni amalga oshirishni rejalashtirish va buni nazorat qilish, davolash muassasalarini bakterial preparadlar bilan ta’minlash ishlarini epidemiyaga qarshi bo’linmalar bajarishi lozim. Yuqorida bayon qilinganidek, yuqumli kasalliklar, aniqlanganda shifokor (feldsher) DSENMga ma’lum qiladi va yuqumli kasalliklar, oziq-ovqatdan va o’tkir kasbiy zarrarlanishlar yuz bersa, bu haqda shoshilinch xabar varaqasini jo’natadi.
Barcha davolash profilaktikmuassalarida ”Yuqumli kasallillarni ro’yxatga olish” jurnali bo’ladi.Yuqumli kasallik aniqlansa, DSENM xabar berib, yuqumli kasallik tarqalish manbayi vayo’llari aniqlanadi.Mikroblar bor joy yaxshilab tozalanadi. Epidemiya tarqalganida qishl;oq joylarida uyma-uy yurib bemorlar aniqlanadi. Xulosa qilib aytganda DSENM yuqumli kasallik va kasbiy kasalliklarni, oziq ovqatdan zararlanishlarni hisobga oladi. Epidemiologik tekshirishlar va dezinfektsiyani amalga oshiradi, yuqumli kasallik aniqlangan bemorni kasalxonaga yotishini tashkil qiladi, mikrob manbayini nazarat qiladi, epidemiyaga qarshi chora tadbirlar qanday bajarilishini nazorat qiladi.
DSENM sanitar shifokori yordamchisi (feldsher)ning vazifalari
DSENM ishini tashkil qilish va uni amalga oshirishda sanitar shifokori yordamchisi (feldsher)ning vazifalari va roli kattadir. Sangeldsherlar DSENMlarda qishloq uchastka kasalxonalarida faoliyat ko’rsatadi.
Sanitar shifokornig kommunal gigyenasi bo’yicha yordamchisi maishiy xizmat muassasalarida sanitariya xolatini yozib boradi, suv, havo, tuproq namunalarini tekshirish uchun laboratoriyaga yuboradi, sanitariya qoidalari buzilganda shifokorga xabar qiladi.Bayonnoma tuzadi.
Sanitar shifokornig oziq-ovqat gigyenasi bo’yicha yordamchisi oziq-ovqat bilan bog’liq muassasalarida sanitariya xolatini yozib boradi, oziq-ovqat namunalarini tekshirish uchun laboratoriyaga yuboradi, zarurat tug’ilganida joyning o’zida murakkan bo’lmagan tekshirishlar olib boradi, sanitariya qoidalari buzilganda shifokorga xabar qiladi. Bayonnoma tuzadi.
Sanitar shifokornig mehnat gigyenasi bo’yicha yordamchisi sanoat korxonalarida kundalik sanitariya nazoratini amalga oshiradi. Havodan sinama oladi, ishlab chiqarish jarayonidagi vibratsiyani o’lchaydi,ishchilarga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni aniqlaydi. Korxona ma’muriyati oldiga zarali ta’sir qiluvchi omillarni kamaytirish bo’yicha talablar qo’yadi va tez-tez kasal bo’ladigan ishchilar mehnat va turmush sharoitini o’rganadi, kereak bo’lsa, zarur tadbirlarni belgilaydi.
Sanitar shifokornig bolalar va o’smirlar gigyenasi bo’yicha yordamchisi o’quv muassasalari ustidan nazorat o’rnatadi. Yosh avlod sog’lig’iga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-gigiyenik omillarni organadi, ularni o’z vaqtida sifatli bajarilishini kuzatadi.
Sanitar shifokornig epidemiologiya bo’yicha yordamchisi epidemiyaga qarshi profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi: epidemiologik tekshirishlar o’tkazadi, bu bo’yicha aniq hujjat yuritadi.
Sanitar shifokornig dezinfektsiya bo’yicha yordamchisi mustaqil dezinfektsiya ishlarini bajaradi, yuqumli kasali bor bemorni shifoxonaga olib borib, profilaktika, dezinfektsiya, deratizatsiya ishlarini mamlga oshiradi.
DSENM faoliyatida marif ishlari muhimdir, bular aholi o’rtasida suhbatlar uyushtirish, devoriy gazetalar chiqarish va boshqalar.
Sanitariya faollarining ishiga rahbarlik qilish va to’g’ri yo’l –yo’riqlar ko’rsatish felgsherning vazifasidir.
Tekshirilayotgan obyektning epidemiyaga qarshi tadbirlarini rejalashtirish boshqaruvning asosiy tarkibiy qismidir.
Tuman DSENM epidemiologiya bo’limida quyidagi trdagi rejalar tuziladi:
-
boshqaruv organining muammo-mavzuli rejasi;
-
tarmoq epidemiologlarining muammo-mavzuli rejasi;
-
dasturli-maqsadli rejalar;
-
epidemiologiya bo’limining faoliyat rejasi;
-
sohaning faoliyat rejasi;
-
mutaxassisning reja-jadvali.
Boshqaruv organining muammo-mavzuli rejasi ikki asosiy bo’limni o’z ichiga oladi:
-
Kirish qismida boshqarishning pirovard maqsadga qaratilgan, miqdor va sifat bilan shakllantirilgan maqsadi;
-
Bajarish muddati va bajaruvchi shaxs ko’rsatilgan aniq rejalashtirilgan tadbirlar.
Tarmoq faoliyati rejasi:
-
Muammoli-mavzuli reja o’z ichiga boshqarish maqsadi va vazifalarini o’rganish va o’zlashtirish, boshqarishda yecilgan muammolarning mazmuni va uni bajarishdagi tadbirlar ro’yxati;
-
Boshqarish masalalarini hal qilishda muassasa bo’limining va mutaxassisning tutgan o’rni;
-
Aholida muassasalar va mutaxassislar uchun muammoli-mavzuli rejada ko’rsatilgan tadbirlarni aniqlashtirib berish;
-
Aniq tadbirlarni bajarishning maqsadini va uylarni bajarish uchun zarur bo’lgan kadrlar va moddiy ta’minotni belgilash;
-
muammoli-mavzuli rejaning bajarilishida bo’limlar va alohidamutaxassislar bajarishi kerak bo’lgan tarmoq rejasini rasmiylashtirish.
Dasturli- maqsadli rejalar. Bu turdagi rejalashtirishdan yirik muammolarni hal qilishda foydalaniladi va mavjud muossasalar, tashkilotlarning tuzilishga asoslanib turli vazirliklarga boysinadigan idora, korxona va tashkilotlar bilan kelishilgan holda ishlanishini talab qiladi.
Muammo-mavzuli rejalashtirishdan farqli ravishda dasturli-maqsadli rejalarni amalga oshirish uchun,odatda,turli idoralardagi mutaxassislardan ishchi guruhi tashkil etish talab etiladi. Dasturni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratilib mablag’ ajratiladi, shuningdek, ilmiy va amaliy muassasalarning kuchlari jalb qilinadi. Dasturni tayyorlash bo’yicha ishchi guruhi tasdiqlanganda so’ng, rejani taqsimlovchi muassasa boshqaruvchi organ sifatida ishlaydi.
Maqsadli dasturning afzalligi shundaki, boshqarishning o’rtasidagi bog’lanish maqsadli,resursli va tashkiliy uch jihati o’rtasida bpg’lanish bo’ladi. Bunda, ayniqsa, dastur tuzish va ularni ma’qullashda ishning yangi shakllarini izlab topish talab qilinadi.
Dasturli-maqsadli rejalashtirishning maqsadga muvofiqligini belgilaydigan obyektiv omillar quyidagilardan iborat:
1.Aholini epidemiyadan himoya qilish muammolarini asoslab berish va ularni umumdavlat tadbirlari bilan muvofiqlashtirishning zarurligi.
Dostları ilə paylaş: |