Maishiy ektoparazitlar va uyda «birga yashovchilar»
Suvarakiar. Odamlarning turarjoylarida hayot kechiradigan yirik hasharol lardir. Tabiatda ko'pincha mall a suvarak (prusak) va qora suvarak uchraydi
Tanasi tuxumsimon, yalpoq. 2 juft qanoti bo'lib, ulardan yuqoridagisi zich; yaxshi yuguradi. Urg'ochilari o'zi ko'tarib yuradigan «pihasi»da 30 dan 50 tagacha tuxum qo'yadi. Tez orada ulardan mayda tiniq va qanotsi/ hchinkalar chiqadi. Liehinkalar malla suvaraklarda 2 oy va qora suvaraklardir 5—6 oy o'tgach yetilgan hasharotlarga aylanadi. Oziq-ovqat mahsulotlari va har xil chiqindilar bhan oziqlanadi.
Suvarakiar ayrim hollarda uxlab yotgan odamlarni chaqishi mumkin biroq ularning asosiy zarari oziq-ovqat mahsulotlarini aynitishdan, shuningdek odam ovqatiga kasahik qo'zg'atuvchi mikroblar va boshqa qo'zg'atuvchharni tushirishdan (mexanik tashuvchi) iborat. Suvarak!;n axlatidan ich terlama, dizenteriya, sh qo'zg'atuvchilari, sodda jonivorlai ning sistalari va gelmint tuxumlari tophgan.
Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlarini suvarakiar kira olmaydigan idishlarda saqlash lozim. Xonalarni qunt bilan tozalab yig'ishtirish, pol vit devorlardagi teshik-thqishlarni bekitish suvaraklarning ko'payishiga to'sqinlik qiladi. Hasharotlar to'planadigan joylarga qaynoq suv quyiladi, zahaili kimyoviy vositalar sepiladi. Borat kislota, bura, xlorofosi bo'lgan zaharli xo'raklardan ham foydalanhadi.
Qandalalar. Qon so'radigan qandalalar, asosan, odamning turarju yida yashovchi jonivorlardir, ular devor yoriqlarida, gulqog'ozlar orqa sida, mebelda hayot kechiradi. Ular qushlarning uyalarida ham uchraydi Qandalalarning tanasi qizil-jigarrangli, yapaloq, uzunhgi 4—5 mm.
Urg'ochisi qon so'rganidan keyin bir necha yuzlab tuxum qo'yadi Lichinkalari va nimfalari ham qon so'radi. Yetilgan qandalalar oziq izlab boshqa xonalarga o'rmalab khadi (migratsiya), bunda har daqiqada 1 m. dall ko'proq yo'l bosadi.
Qandalalarni ularning yashash joylariga qaynoq suv, eritmalar yoki zaharh kimyoviy vositalarning aerozollarini sepib yo'qotiladi.
Bitlar. Odamnmg doimiy еkyektoparazitlari Pediculus va Phthirius urug'iga mansub bitlar hisoblanadi. Bular kattaligi 1—4 mm keladigan qanotsiz mayda hasharotlardir. Odamning sochlarida (bosh biti), kiyimida (kiyim hill) va qov sohasidagi junlarida (qov biti) yashaydi (54-rasm).
Og'iz apparati sanchuvchi tipda. Bitning oyoqlari soch yoki kiyimga mahkam vopishib turishiga yordam beradigan maxsus ilmoqlar bilan qurollangan.
Urg'ochi bit har kuni 10—15 tagacha tuxum qo'yadi, ular s i r k a l a r i deyiladi. Sirkalar oq rangli cho'zinchoq shaklga ega, ularning uzunligi 1 mm. gacha. Tirik sirkalar yaltiroq ko'rinishda bo'lib, sochlar yoki kiyimIarga mahkam yopishib oladi. Lichinkalar 1—2 hafta ichida rivojlanadi. Bit ko'pi bilan 1,5 oy hayot kechiradi. Bit toshmali va qaytalama terlama qo'zq'atuvchharining tashuvchilari hisoblanadi.
Bitlar: a—kiyim biti Pediculus humanus; b—qov biti Phthirus pubis.
T'ananing sochli qismlaridagi bitlarni yo'qotish uchun quruq, suynci va yarim suyuq isektitsid preparatlari ishlatiladi. Turli shaklda tayyorlangim yangi preparatlarning ovotsid ta'siridan foydalanib. boshni yuvishda qo'l laniladi. Jumladan, «Nitifor», «Jondor», «Dipol» kabi shampunlardan foydalanish yaxshi natija beradi.
Kiyimlarni bitlardan tozalash uchun ularni insektitsid eritmalarigu (10 % naftalizol yoki lizol eritmasi), karbofosning 0,15 % suvli eritmasi, 20 %li sovun-solventli pastaning suvli eritmasi) bo'ktirib qo'yilib, so'ngrn yuviladi. Shuningdek, buyumlar, ichkiyim, choyshablarni dezinfeksion kamerada bug'latish eng samarali usuldir.
Burgalar. Mayda, qanotsiz, qon so'ruvehi hasharotdir. Tanasi yon to monlaridan yassilashgan, boshida sanchuvchi og'iz apparati bor. 3 juft oyoq laridan oxirgi jufti eng uzun va sakrash uchun xizmat qiladi (55-rasm).
Urg'ochilari kemiruvchilar inida, quruq axlatda, pol tirqishlarida tuxum qo'yadi. Lichinkalari qurtsimon, oq rangU.
Burgalar 1—2 yilgacha yashashi mumkin. Ayrim turlari doimo turarjoy xonalarida yashaydi, boshqalari — kemiruvchilar inida, har xil hayvon lar junida hayot kechiradi. Qishloq sharoitlarida burgalarning tabiiy sha roitlaridan turaijoy xonalariga migratsiya qilishi ehtimol.
Burgalar chaqishi og'riqU bo'ladi. Tabiiy sharoitlardaburgalar — tonn qo'zg'atuvchilarining asosiy tashuvchilaridir. Chaqqanda odamga tounnigiiu emas, balki kalamush toshmali terlamasini yuqtirishi ham mumkin.
Profflaktik tadbirlar burgalarning odam turarjoyiga va uning yaqin atrofig; i kirishiga va ko'payishiga sabab bo'ladigan shart-sharoitlarni bartaraf etislif',ii qaratilgan. Turarjoyning yaxshi sanitariya-texnika holatida va ozoda bo'lishi eng ta'sirchan profflaktik chora hisoblanadi.
Turaijoy xonalarida burgalar paydo bo'lganda, ularni turh insektitsid lar bhan changlatib yoki ularga sepib dezinseksiya o'tkaziladi. Yumshoq mebel, kiyimbosh, ichkiyimlar, o'rinbosli oqliklariga ham ishlov beriladi. Buning uchun kukunsimon vositalardan phetrum 10—25 j u m. kv. hisobida qo'llaniladi, karbofos, xloro fos dusti yumshoq narsalar uchun qo'l laniladi. Kukunsimon vositalar o'rniga su yuq insektitsidlar: 8—10 %li lizol, 10 %ll naftalizol va 10—20 %li sovun-kerosinli emulsiya kabilarni qo'llash mumkin.
Chivinlar
Hozirgi vaqtda Clicidae oilasidagi chivinlarning 80 dan ortiq turi aniqliinilib, o'rganjJgan. Kunduzi chivinlar, odatda, o'simlildarda, turarjoy xonalaririda yoki molxonalarda yashirinib yotadi. Oqshom va ilk saharda hujum i liladi. Havo bulutlanib tuiganda suv havzalari yaqinida va o'simliklar orasida kunduzi ham hujum qilishi mumkin. So'nggi yfflarda chivinlarning ko'p ' I avatli binolarning yerto'lalarida urchishi tobora ko'proq qayd qilinmoqda.
Urg'ochi chivinlargina hayvonlar va odamlarning qoni bilan oziqlana- «li. O'ljasini ko'zi, hid bilish va issiqlik sezgisi bilan izlab topadi. Chunon- 111 i isitmalayotgan bemor o'ziga chivinlarni sog'lom odamga nisbatan ko'proq |alb qiladi. Qishloqda chivinlarni chalg'itadigan yirik sut emizuvchilar soni ko'p bo'lganda odamlar ularning hujumidan nisbatan kamroq ozor che- lusbadi. Qishloqda chivinlar yaqin joylashgan suv havzalaridan uchib kelib, asosan chekka joylarda yig'iladi.
Urg'ochi ehivin ichadigan qon hajmi tana og'irligidan ortiq bo'ladi. < hivinlar odam va hayvonlar terisini osonlikcha teshadi. Yupqa kiyim- bosh va hayvonlar jun qoplami uning qon so'rishiga to'siq bo'la olmay- ili. Urg'ochi chivinning oqsilga boy qon bilan oziqlanishi chivinlarning l o'payishi uchun asosiy shart-sharoit hisoblanadi. Qon so'rganidan keyin urg'ochi chivinda bir necha kun ichida tuxumlar yetiladi; soni bir necha n'ndan bir necha yuzgacha bo'lgan tuxumlarini u vaqtinchalik va doimiy .11v havzalariga, ko'lmak suvlarga, botqoqliklarga, o'ralarga, sholipoya- l.irga, suv bo'lgan taqdirda ko'p qavatli binolarning yerto'lalariga, hatto Iiv to'ldirilgan idishlarga va daraxtlarning yomg'ir suvi tushgan yoriq- hiriga qo'yadi. Aedes urug'iga mansub turlarning urg'ochilari tuxum- l.ii ini suv havzasi yaqinidagi nam yerga qo'yadi.
Anopheles urug'iga mansub chivinlar bezgak qo'zg'atuvchilarining tashuv- > liilari hisoblanadi, shuning uchun ularni bezgak chivinlari ilcyiladi. Ularga qarama-qarshi o'laroq, Culex, Aedes va boshqa urug'larning ikillarinibezgak yuqtirmaydigan chivinlardeyiladi.
Bezgak yuqtiradigan ehivin tuxumlarining yonbosh pukaklari bo'lib, ular suv yuzasida yakka yoki to'da-to'da bo'hb suzib yuradi. Ularning shakh cho'ziq, uchlari o'tkirlashgan, uzunhgi 1 mm. gacha. Rangi bir xil kumushsimon-kulrang yoki turli xil dog'lari va yo'l-yo'l chiziqlari boi, ko'rinishi chivinlarning har bir turi va kenja turi uchun xos.
Culex urug'iga mansub bezgak yuqtirmaydigan chivinlarning tuxum larida pukak bo'lmaydi, urg'ochisining qo'shimcha bezlari ajralmalari hi lan zich massaga yopishadi va suvda oddiy ko'zga ko'rinadigan «qayiqchu* hohda suzadi.
Liehinkalar tuxumlardan chiqqanidan keyin o'z rivojida bir-biridan o'lchamlari va tuzilishidagi farqlari bilan ajralib turadigan to'rt bosqichnl bosib o'tadi. Oxirgisi, eng yirik 4-bosqichi g'umbakka aylanadi.
Anopheles lichinkalarining og'iz apparati suvning yuza qatlamida og'll zarrachalarini filtratsiya qilishga moslashgan, liehinkalar yuqori lahin silkitganida og'ziga oziqli xususiyatidan qat'iy nazar, muallaq suzib yiu gan hamma zarrachalar tushadi. Lichinkalarga qarshi ichak zaharlai yordamida kurashish prinsipi shunga asoslangan. Suv sathida purkatila digan zaharh kimyoviy vositaning mayda zarrachalari lichinka ichagi tushadi va uni zaharlaydi.
Bezgak yuqtirmaydigan chivinlarning lichinkasi qornidagi sakkizincl bo'g'imdan o'tkh burchak ostida chiqadigan nafas naychasi — sifon bor!
bilan ajralib turadi. Bezgak yuqtirmaydigan lichinkalarning sifoni bo'lmaydi. SI inning uchun suv havzasida hchinkalarni ularning suv sathida nisbatan loylashuviga ko'ra aniqlash oson: bezgak chivinlarini hchinkalari parallel joy- lashadi, bezgak yuqtirmaydigan chivinlarning lichinkalari esa ihb qo'yhgandek bo'ladi va suv sathiga nisbatan burchak ostida boshini pastga osiltirib turadi.
Chivinlarning g'umbaklari shakliga ko'ra vergulni eslatadi. Nafas nay-I'liasi voronka (Anopheles) yoki silindr (Culex) ko'rinishiga ega.
Bezgak chivinlarining paypaslagiclilari bo'yicha xartumchasi bilan teng. I'aypaslagichlari va mo'ylovlarining tuzilishi bo'yicha erkagini urg'ochisidan ic/,da farq qilish mumkin. Erkagida paypaslagichning oxiri yo'g'onlashgan, ino'ylovchalari esa uzun-uzun tuklar bilan qoplangan. «Yumshoq» mo'ylovchalarni, hatto oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin.
Bezgak yuqtirmaydigan chivinlar Culex pipiens va boshqalarning urg'ochharida, hatto mikroskopning salgina kattalashtirilgan obyektivi os- licla birmuncha kalta paypaslagichlar ko'rinadi. Xartumchasi va mo'y- lovchalari bezgak chivinlariniki kabidir. Qorinehasi tangalar bilan qoplan- 111. Erkagi yirik tuklar bilan quyuq joylashgan mo'ylovchalarining tuzilishi bo'yicha keskin farq qiladi. Paypaslagichlari xartumchasidan uzun- 11 ic| va oxirida qalinlashmalari bo'lmaydi.
Chivinlarning qo'nib turishi o'ziga xos. Bezgak chivini tekis yuzaga burchak ostida qo'nadi yoki shiftga osilib turadi. Bezgak yuqtirmaydigan i hivin yuzaga nisbatan parahel, go'yo bukchayib qo'nadi.
Mamlakathnizda bezgak tugatilgan, biroq xorijiy davlatlarga chegara- i li ish joylarda bezgak tarqalishi hollari hah ham qayd qilib turiladi. O'sha niamlakatlardan yuqumli clhvinlaming uchib kelishi yoki ularning trans- porlda keltirihshi, chegara tumanlarida, port shaharlarida, xorijiy sayyohlar 11 i'p lceladigan joylarda profilaktik choralar ko'rish, shuningdek chivinlarni qirish zamr shart qilib qo'yiladi. Shu bilan birga hozirgi vaqtda sayoz i iI'lmak suvlari yoki sekin oqadigan suv havzalarida, daryolarning o'zanla- i i la, suvi sayoz havzalarda shunday tadbirlar o'tkazib turilishi shart.
liezgak chivinlariga qarshi kurashga mo'ljallangan tadbirlar xarakteri, illuming biologik xususiyatlariga ko'ra belgilanadi. Kurash uch yo'nalishda «■lib boriladi:
So'nalar. Tabanidae oilasiga mansub qonso'rar hasharotlar (58-rasm, d). Kattaligi 1—3 sm. Katta boshida ochiq rangli katta ko'zi bor. Qanoti yaxshi livojlangan.
Urg'ochilari qon so'rganidan keyin suvda o'sadigan o'simliklar yoki nam qirg'oqqa mingtagacha tuxum qo'yadi. Lichinkalari loyda, suv havza- Inri tagida, nam o'tloqlarda, suvda o'sadigan o'simliklarda rivojlanadi. Faqat lainduzi ochiq havoda talaydi. Ular yaylovlar va suv havzalari yaqinida liyniqsa ko'p. Chaqqanida qattiq og'ritadi. Kuydirgi, tulyaremiya va boshqa ha'zi kasalliklar qo'zg'atuvchilarini yuqtirishi mumkin.
Barcha qonso'rar gazanda hasharotlarni qirib tashlash maqsadida Ger- maniyaning «Bayer» firmasida ishlab chiqilgan uch xil preparativ shaklga I t'ga bo'lgan «Solfak» preparatlari (Solfak, 10 % SP, Solfak EW-050 va Sulfak ES-050 KE) insektitsid sifatida qo'llanilsa ijobiy natijalarga erishila- ih. Insektitsidlarning bu guruhi Rossiya Federatsiyasida ro'yxatga olingan bo'lib, chivinlar va turmushda uchraydigan hasharotlarga qarshi kurashishda I keng qo'llaniladi.
Pashshalar
Pashshalarga qarshi kurash ichak infeksiyalari, jumladan, yxiqumli ge- i mi it, poliomiyelit va boshqalarni profilaktika qilish bo'yicha o'tkaziladigan i.ulbirlarning umumiy majmuyida muhim bo'limni tashkil etadi. Odamlar hayoti bilan u yoki bu darajada bog'langan va ularga ma'lum ma'noda zarar vd kazadigan pashsha turlari sinatrop pashshalar deb ataladi.
Suyuq ovqatlar bilan oziqlanadi, quyuq ovqatlarni suyuitirisn uciiiim so'lagi bilan alohida fermentlar ajratadi. Turli xil pashshalarning oziqla nish xarakteri bir xil emas. Ba'zilar (nektarofaglar) o'simliklai shirasi bilan oziqlansa, boshqalari (koprofaglar) odam va hayvon la i axlati, qon, jarohat va shilliq qavatlar chiqindilari (gematofagla r), o'limtiklar (n e k r о f a g 1 a r ), ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi.
Urg'ochilari uzunhgi 0,2—1 mm. li tuxumlar qo'yadi. TashqaridajJj haroratga qarab 10—36 soat davomida tuxumlardan liehinkalar chiqadi Ular oppoq bo'g'imli qurtlarga o'xshaydi. Bosh tomoni uchli bo'lib, ozi(| ni ilib olish va harakat qilish uchun maxsus ilgakchalari bor. Lichinka rivojlanib borib g'umbakka aylanadi.
G'umbaklar harakat qilmaydi, qattiq parda bhan qoplangan, ko'pinelia jigarrangda bo'ladi, tanasi ovalsimon cho'zinchoq. G'umbaklardan shakl lanib yetilgan pashshalar chiqadi. Pashshalar — mikroblar, gelmintlarning tuxumlari, soddajonivorlarninr sistalarini mexanik tashuvchilardir. Bir qator hollarda qonso'rar pashsha lar tulyaremiya, kuydirgi kabi xavfli kasalliklarning qo'zg'atuvchilarini tashib yurishi mumkin. Ba'zi pashshalarning lichinkalari odamninr to'qimalari va bo'shliqlarida parazitlik qilishi mumkin.
Turaijoy binolarida xona va uy pashshasi uchraydi. O'rta Osiyo bozor larida esa ko'pincha bozor pashshasi yashaydi. Go'sht chiqindhari tashlan gan joylarda ko'k va yashil pashshalar uchraydi va h. k.
Xona pashshasi (Musca domestica) butun yer yuzida aholi yashay digan joylarda uchraydi. Tanasining ustida kulrang-qo'ng'ir, 4 ta uzun 1о'ch yo'l yaqqol ko'rinib turadi
Urg'ochilari o'simlik va hayvonlarning chiriyotgan qoldiqlari, axial va ovqat qoldiqlari solinadigan yashiklar, axlatxonalar, ovqat qoldiqlari tasli lanadigan joylarga tuxum qo'yadi. Tuxumdan chiqqan hchinkalar odaUl.i chiqindilar to'plamining ustki qatlamida yashaydi (60-rasm). Liehinkalar g'umbakka aylanishdan oldin ancha ichki qatlamlarga tushadi yoki tuproi orasiga khadi.
Rivojlanish davomlihgi substratga bog'hq. Chunonchi, 30—36°C da (op timum) hchinkalar 3—4 kecha-kunduzda rivojlanib bo'ladi. G'umbaklai esa 4—7 kecha-kunduzda rivojlanadi. Endigina g'umbakdan chiqqan pashshi 1—1,5 soatdan keyin bemalol uchaveradi, 5—6 kundan keyin esa uning tanasida tuxum rivojlana boshlaydi. Pashshalar bir oycha yashaydi.
Kuzgi pashsha — qonso'rar pashsha, asosan, hayvonlarda yashaydi, Inioq ko'pineha odamlarni ham chaqib, qattiq og'riq beradi. Avgust va i niabr oylaridajudako'payadi.
Tanasi qo'ng'ir, qorni dumaloq to'q rangli dog', kulrangli ustida 4 la uzun, to'q rang yo'l bor. Xona pashshasiga o'xshaydi, lekin uzun va ingichka sanchadigan xartumchasi bilan farq qiladi
Go'ng tashlanadigan joylar, chiriyotgan o'simliklar orasiga tuxum qo'yadi. Och pashsha juda xira bo'ladi. Yiringli va boshqa kasalliklai qo'zg'atuvchilarini tashib yurishi mumkin.
Pishloq pashshasi — kattaligi 4—5 mm, qora, boshi va o'rtadagi bil juft oyog'i sarg'ish. Ko'pincha oziq-ovqat omborlari, baliq dudlaydigan zavodlar, baliqchihk korxonalarida uchraydi. Bu pashshaning g'umbaklari, asosan, pol tirqishi, plintus yaqini va shunga o'xshash joylarda yig'iladi ular shu yerlarda yo'q qilinadi.
Pashshalarga qarshi kurash ikki asosiy bo'limdan: aholi yashaydigan joylarni obodonlashtirish bo'yicha sanitariya choralail ko'rish va zaharh kimyoviy vositalar (insekt, itsidlar, ya'ni hasharotlarni yo'qotadigan moddalar) yordamida qiradigan tadbirlami amalga oshirishdan iborat.
Nazorat savollari
-
Bo’g’imoyoqlilar tipiga mansub qanday parazitlarni bilasiz?
-
Bo’g’imoyoqlilar tipiga mansub bo’lgan parazitlar qanday usulda ko’payadi?
-
Maishioy ektoparazitlar deganda qanday parazitlarni tushunasiz?
-
Ektoparazitlarga qarshi kurashning qanday choralarini bilasiz?
-
Drakunkuloz qanday kasallik?
Tayanch iboralar
Gelmint – parazit chuvalchang
Nektarofag - o'simliklar shirasi bilan oziqlanuvchi,
Koprofag - odam va hayvonlar axlati bilan oziqlanuivchi
Gematofag - qon, jarohat va shilliq qavatlar chiqindilari bilan oziqlanuivchi
Nekrofag - o'limtiklar bilan oziqlanuivchi
MАVZU: №5 INFЕKSIYA HАQIDА TUSHUNCHА. EPIDEMIOLOGIK JАRАYON HАQIDА TUSHUNCHА
Rеjа:
-
Epidemiologiyaning asosiy tushuncha va tamoillarini
-
Epidemiologiyaning boshqa tibbiyot fanlari bilan aloqasini
-
Epidemiologik tahlilni
-
Epidemik jarayon haqida tushunchani
EPIDEMIOLOGIYANING ASOSIY TAMOYILLARI
Umumiy tushunchalar
Epidemiologiya — yuqumli kasalliklarning paydo bo'lishi, rivojlanishi va aholi orasida tarqalish xususiyatlari hamda qonuniyatlarini o'rgatib, yuqumli kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va uni amalga oshirilishni ta'minlaydi.
Mustaqillik davrida O'zbekistonda yuqumli kasalliklarning epidemik ko'rinishlari keskin kamaydi. Kishilik jamiyatida epidemik kasalliklarning paydo bo'lishi va tarqalishiga epidemikjarayon, deb ataladi. I iolbuki, epidemiologiya epidemik jarayonning qonuniyatlarini, unga qarshi kurash va tugatish usullarini o'rganadi. XX asming oxiriga kelib, epidemiologiya fanida keskin burilish paydo bo'ldi. Bu o'z xususiyatiga ko'ra, yuqumli bo'lmagan kasalliklar ham epidemik tus olib rivojlanishidir. Bu kasalliklarning yuzaga kelish sabablari, rivojlanish qonuniyatlari epidcniiologiyaning asosiy uslublari orqali o'rganiladi.
Epidemiologiya tibbiyot kollejlarida, bilim yurllarida umum- kasbiy hamda kasbiy fanlar sifatida o'qililadi. Bu Ian aholi o'rtasida keng uchrab luradigan kasalliklarning rivojlanishini, tarqalish qonuniyatlarini o'rganish bilan birgalikdn, lining oldini olish usullarini ishlab chiqadi.
Epidemiologiya ikkiga bo'lib o'rganiladi:
1. Umumiy epidemiologiya.
2. Xususiy epidemiologiya.
Umumiy epidemiologiya yuqumli va boshqa kasalliklarni paydo bo'lishida muhim o'rin tutadigan epidemik jarayonlar haqidagi ma'lumotlarni, shuningdek, uslubiy-amaliy va tashkiliy bilim, ko'nikma, malakalar haqida ma'lumol beradi.
Xususiy epidemiologiya esa, alohida kasalliklarning paydo bo'lish sabablari, epidemik xususiyatlarning oldini olish chora-tadbirlari, epidemik nazorat o'rnatish qoidalarini o'rgatadi.
uslublari;
1. Epidemik jarayon va uning asosiy bo'g'inlari;
2. Yuqumli va yuqumsiz kasalliklarga qarshi chora-tadbirlar va vositalar;
3. Yuqumli va yuqumsiz kasalliklarga epidemiologik nuqtayi nazardan tashxis qo'yish;
4. Epidemiyaga qarshi kurash bo'yicha xizmatni tashkil qilish yo'llari to'g'risidagi ta'limot.
Epidemiologiya — epidemikjarayonning rivojlanish qonuniyatini o'rganadi, ya'ni odamlar o'rtasida yuqumli kasalliklarning tarqalishi, yuqumlilik manbayi bo'lgan taqdirda rivojlanishi, o'tish omil- lari va moyillik, odamlarni kasallikka beriluvchanligi hamda ijti- moiy sharoitni o'zgarishi bilan yangidan yangi yuqumli kasalliklar kelib chiqishini o'rganadi. Bundan tashqari, epidemiologiya yuqumli kasn!Iiklarning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi.
Iipidemiologiya fani haqidagi birinchi tushunchani 1927-yilda buyuk rus epidcmiologi D.K. Zabolotniy bergan: «Epidemologiya — epidemiyalar haqidagi fan bo'lib, epidemiyaning kelib chiqishi va rivojlanishini, sharoitlarini, ular bilan kurashish uslublarini taklif qiladi». Bu uslublar fanning ilmiy asoslari bilan bog'langan bo'ladi. Shunday qilib, epidemiologiya, nafaqat, epidemiyani o'rganib qolmasdan, balki odamlarni himoya qilish tizimini ham ishlab chiqadi.
Yaqin kunlargacha bu qoidaga yakuniy tushuncha, deb qarab kelinardi. Fanning rivojlanishi, iqtisodiy-ijtimoiy sharoitning o'zgarishi D.K. Zabolotniy qoidasiga aniqlik kiritish kerakligini talab qilib qoldi.
Haqiqatan, ko'pgina yuqumli kasalliklar: vabo, o'lat, chin- chechak, toshmali terlama, bezgak, epidemiya, hattoki, pan- demiya holatida uchragan bo'lsa, hozirgi kunga kelib ayrimlari yakka holda kuzatiladi. Savol tug'iladiki, yakka holda uchraydigan yuqumli kasalliklar epidemiologiya fanida o'rganilishi mumkinmi yoki bo'lmasa, ko'pchilik o'rtasida tarqalgan lekin yuqumli bo'lmagan kasalliklarni ham bu fan o'rganishi mumkinmi?
Mаk Man, Pyu va Ipsenning 1965-yilda rus tiliga o'girilgan «Yuqumli kasalliklarni o'rganishda epidemiologiya uslublarini qo'llash» kitobida epidemiologiya — kasalliklar tarqalishi va omillarini aniqlashtiruvchi fan, deb ta'rif berilgan. Bunda rak, gipertoniya, anemiya, psixozlarva boshqalar ham hisobga olingan.
1960-yili Praga shahrida bo'lib o'tgan epidemiologlarning xalqaro anjumanida epidemiologiya fanining qoidasi qabul qilindi. U alohida tibbiyot fani bo'lib, odamlar orasida yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini tekshiruvchi va olingan ma'lumotlarga ko'ra, ushbu kasalliklarga qarshi kurashish, profilaktika qilishi uchun qo'llash bilan shug'ullanuvchi fan, deb e'tirof etildi.
EPIDEMIOLOGIYANING BOSHQA TIBBIYOT FANLARI BILAN ALOQASI
Epidemiologiya o'z oldiga qo'ygan vazifalarni bajarishda qator tibbiyot fanlari bilan yaqindan aloqada bo'ladi. Tibbiyot fanlaridan, ayniqsa, mikrobiologiya, parazitologiya, immunologiya, biologiya, patofiziologiya, gigiyena va yuqumli kasalliklar klinikasi epidemiologiyaga yaqin turadi.
Mikrobiologiya tekshirish usullari ko'plab yuqumli kasalliklar etiologiyasini o'rganish va bu ma'lumotlardan kasallikka to'g'ri tashxis qo'yishda foydalanish bilan birga bir qancha nazariy va amaliy masalalarni hal qilishda qo'llaniladi. Masalan, sog'lom bakteriya tashuvchilarni aniqlashda, suv va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining epidemiologik rolini aniqlashda, yuqumli kasalliklar tarqalishida hayvonlarning ahamiyatini o'rganishda mikrobiologik usullardan foydalaniladi.
Keyingi paytda mikrobiologiya va epidemiologiyaning tekshirish usullarini birgalikda qo'llagan holda epidemiologiya fanining yangi bir bo'limi — molekular epidemiologiya vujudga keldi. Molekular epidemiologiya populatsiyalarning molekular qayta tuzilishi, ya'ni epidemiya darakchilarining paydo bo'lish yo'llarini o'rganadi. Bundan tashqari, molekular epidemiologiyaning vazifalariga kasallik qo'zg'atuvchilarning tarqalishini kuzatib borish usullarini ishlab chiqish ham kiradi. Epidemiologiyada yangi yo'nalishning paydo bo'lishiga bir qator sharoitlar sabab bo'ldi. Birinchidan, kasalliklar profilaktikasida ommaviy tekshirishlarning ahamiyati benihoya oshdi. Ikkinchidan, populatsiyalar orasida genlarning taqsimlanishini va genotipik belgilarni o'rganish uchun imkon yaratuvchi molekular biologiya jadallik bilan rivojlandi. Uchinchidan, epidemik jarayonning ichki rivojlanishini o'rganuvchi epidemio- logiyaning yangi nazariy konsepsiyasi vujudga keldi.
Epidemiologiyaning zamonaviy nazariy bilimlar majmuasi — to'g'ridan to'g'ri payqash qiyin bo'lgan holatlarni oldindan ayta bilish va tahlil qilish imkoniyatlarini beradi. Olingan natijalar ilmiy laboratoriyalarda tasdiqlanishini talab qiladi. Molekular epidemiologik tahlil — kasallanishni chuqur tahlil qilish bilan birgalikda epidemiologik tekshirish usulining asosini tashkil etadi.
Molekular epidemiologiya patogen mikroorganizmlar ge- netikasi bilan uzviy bog'liq. Parazitologiya, gelmintologiya tibbiy entomologiya va tibbiy zoologiya bilan birgalikda bir qator nobakterial yuqumli kasalliklar (bezgak, qichima, gijja kasalliklari va boshq.) qo'zg'atuvchilarini o'rganish bilan birga bir qancha yuqumli kasallik tashuvchilarini (pashshalar, bitlar), odamlar uchun yuqumli bo'lgan kasalliklarni tabiatda saqlab turuvchi kemiruvchi hamda yirtqich hayvonlarni o'rganishda katta hissa qo'shdi. Immunologiya — mikrobiologiya fanidan mustaqil ravishda ajralib chiqib, organizmda infeksiyaga javob tariqasida bo'ladigan o'zgarishlarni o'rganuvchi fanga aylandi. Immunologiyaning yutuqlaridan epidemiologiyada yuqumli kasalliklar diagnostikasi va maxsus profilaktikasi uchun foydalaniladi.
Yuqumli kasalliklar klinikasi kasalni zamonaviy usullar bilan tekshirib, o'z vaqtida va to'g'ri tashxis qo'yishni ta'minlaydi. O'z vaqtida va to'g'ri qo'yilgan tashxis ba'zi hollarda epidemiyaga qarshi kurashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Masalan, o'pka o'latiga o'z vaqtida tashxis qo'yilsa, infeksiya o'chog'ini oson bartaraf qilish mumkin. Aks holda, bu infeksiya tarqalib, noxush oqibatlarga olib kelish ehtimoli bor.
Yuqumli kasalliklar klinikasi (kasalxona o'rinlari)dan foydalangan holda bemorlarni alohida qo'yish epidemiyaga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, yuqumli kasalliklarning klinik kechishi va patogenezi haqidagi ma'lumotlar kasallikning tarqalishi to'g'risida muhim axborotlar olishni ta'minlaydi.
Yuqorida qayd qilib o'tilgan uch fan — epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar klinikasi — infeksiya va infeksion kasalliklar to'g'risidagi ta'limotning negizlari hisoblanadi.
Epidemiyalarga qarshi kurash amaliyoti va nazariyasida yuqoridagi uch fandan bir butun kompleks sifatida foydalanilganda, samarali natijalarga erishish mumkin.
Yuqumli kasalliklar muammosi bilan boshqa bir qator tibbiyot fanlari shug'ullanadi. Masalan, tibbiy statistikaning asosiy qismini yuqumli kasalliklar statistikasi tashkil qiladi. Gigiyenaning barcha bo'limlari, xususan, kommunal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, bolalar gigiyenasi, mehnat gigiyenasi va boshqalarning tarkibiga yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi muhim tarkibiy qism sifatida kiradi. Bundan tashqari, barcha boshqa klinik fanlar ham epidemiologiya bilan u yoki bu darajada bog'liq bo'ladi. Masalan, oftalmologiyada traxoma muammosi, teri-tanosil kasalliklari klinikasida tanosil kasalliklari muammosi va boshqalar fikrimizni tasdiqlaydi.
Shunday qilib, epidemiologiyaning fan jihatdan shakllanishi, ravnaq topish jarayonlari, uning faqat yuqumli kasalliklar klinikasi bilangina emas, balki barcha klinik tibbiyot sohalari (terapiya, xirurgiya, dermatologiya, oftalmologiya, nevrologiya) bilan uzviy bog'liqligini isbot etadi.
EPIDEMIOLOGIK TEKSHIRISH USULLARI
Epidemik jarayon shunday bir murakkab jarayonki, uni hech qachon bir uslub bilan o'rganib bo'lmaydi. Epidemik jarayon chuqur ilmiy tahlil qilish uchun bir vaqtning o'zida bir necha uslubni qo'llashga to'g'ri keladi. Epidemiologiyaning usullari: epidemiologik tekshirish (kuzatish) tarixiy, statistik, mikrobiologik, immunologik, eksperimental, analitik, shuningdek, epidemiologiya bilan uzviylashib ketgan fanlarning uslublari kiradi.
Profilaktik tibbiyotning asosini aholi har xil tabaqalari, guruhlari o'rtasida tarqalgan va tarqalish ehtimoli yuqori bo'lgan kasalliklarning tarqalish hamda rivojlanish qonuniyatini o'rganuvchi usul, bu — epidemiologik tekshirish usullari hisoblanadi.
Epidemiologik tashxis qo'yishda epidemik jarayonning ko'pgina belgilari (kasallikning tarqalish vaqti, yil fasllari bilan bog'liqligi, aholining turli qatlamlarida turlicha bo'lishligi, respublikamiz hududlarida tarqalish ko'rsatkichlarining bir xil emasligi) katta ahamiyatga ega.
Epidemiologik tekshirish uslubi — epidemiologiyaning maxsus uslubi hisoblanadi. U yakka uchraydigan yuqumli kasalliklarni ham, gurun bo'lib uchraydigan kasalliklarm ham tekshirisli ucbun qo'llaniladi. Faqat epidemiologik tekshirish usuli yuqumli kasalliklarning sababini aniqlaydi, ayrim omillar o'rnini tushuntiradi, u yoki bu sharoit epidemik jarayonning rivojlanishiga ta'sirini aniqlab beradi.
Tarixiy uslub — epidemik jarayonlarni u yoki bu davrda, u yoki bu sharoitda tarqalishini o'rganadi. Buning natijasida qayerda, qachon, qaysi kasallikning epidemik ko'rinishlari uchraganligini aniqlashimiz mumkin.
Statistik uslub — epidemik kasalliklar to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, statistik tahlil qilish, jadval ko'rinishiga keltirish. Bu uslub omillar to'g'risida sonli ma'lumotlar berishga asoslangan.
Mikrobiologik uslub yordamida kasallik chaqiruvchining ajralish mexanizmi, tashqi muhitga tushishining intensivligi va barqarorligi aniqlanadi.
Immunologik uslub — aholining immun holatini aniqlashga imkon beradi. Kishilarning qaysi kasalliklarga ko'proq beriluvchanligi aniqlanadi. Shuningdek, emlanish sifati, vaksinalarni ta'sirchanligi ham aniqlanadi.
Eksperimental uslubdan — epidemiologiyadagi ayrim qiyin muammolarni yechishda foydalaniladi. Masalan, epidemiya tarqalishining rivojlanish intensivligini aniqlash, emlash uchun ishlatiladigan moddaning va dezinfeksiya eritmalarining samaradorligini aniqlash uchun qo'llaniladi.
Taqqoslash uslubi — ikki yoki undan ortiq kasalliklar bir xil qonuniyat asosida tarqaladigan bo'lsa, shu kasalliklardan birortasini shifokor batafsil o'rganib, shu kasallik tarqalishiga sabab bo'lgan omillar va shart-sharoitlarni aniqlagandan so'ng, taqqoslanayotgan boshqa kasalliklar tarqalishiga ham shu sabablar va shart-sharoitlar ta'sir qilgan, deb xulosa qilishi mumkin.
Analitik epidemiologiya — kasallikning paydo bo'lishi va tarqalishiga sabab bo'lgan, deb ehtimol qilingan sabablar, manbalar bilan epidemiologik jarayon o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni o'rganuvchi usul. Bu usul yordamida ehtimol etilgan sabablarni aniq yoki noaniq ekanligiga baho beriladi.
Analitik epidemiologiya quyidagi usullarga bo'linadi:
— «tasodif nazorat» tekshiruv usuli;
— kogort tekshiruv usuli.
Dostları ilə paylaş: |