Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə5/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Maxfirat diplom iwi new

Metatil (etalon til). Tipologiyaning asosiy vazifalaridan biri turli tillar sistemalarini tasniflash uchun mezon vazifasini oʻtovchi ma’lum sistema yaratishdir. Bunday sistema metatil yoki etalon til deyiladi. Etalon til umumiy universal til boʻlib, hamma aniq tillar uning varianti hisoblanadi. Deduktiv usulda aniqlangan tayyor vositachini etalon tilga solishtirish natijasida boshqa tillarning sistemasi aniqlanadi. Etalon til sifatida aniq til yoki sistema ham olinishi mumkin. Etalon tilning asosiy vazifasi tillar sistemasini ifodalashda oʼlchov birligi vazifasini oʻtashdan iborat. Koʻrilayotgan nazariyada qayd qilinishicha, etalon til vazifasini umumiy sun’iy til qoidalaridan tashkil topgan ramziy til sistemasi, yaxshi ishlangan konkret til, ma’lum fonologik, morfologik, sintaktik modellar va boshqa sistemalar bajarishi mumkin.4
Qiyosiy tipologiya
J.Boʻronovning nazariyasiga asosan, qiyosiy tipologiya umumiy lingvistik tipologiyaning bir qismidir. «U ikki va undan ortiq aniq tillar tizimlarini, tillardagi ma’lum kategoriyalarni deduktiv ravishda alohida oʻrganadi, tillar tizimlaridagi lingvistik hodisalarni bir-biri bilan taqqoslab, umumiy tipologik qoida va qonunlar yaratadi.
Ikki til sistemasini ikki yoqlama qiyoslashda har bir qiyoslanayotgan til sistemasining bayon etilgan materiali alohida-alohida qiyoslanadi. Har bir qatlam birligining oʻziga xos xususiyati, boshqa qatlamlardagi birliklarning oʻzaro aloqalari hisobga olinadi».5
Qiyosiy tipologiya xarakterologiyani va universal grammatikani oʻz ichiga oladi. Xarakterologiya tillarni qiyoslash bilan shugʻullanuvchi nazariy va amaliy fandir. U «biror aniq tilni boshqa til bilan solishtirib, uning xarakterli xususiyatini oʻrganadi. Xarakterologiya aniqlagan lingvistik birliklar va lingvistik belgilar ham struktural tipologiya, ham qiyosiy-tarixiy uslub uchun tayyor material boʻlib xizmat qiladi».
Universal grammatika. Qiyosiy tipologiyaning bu qismi ham til sistemalarini qiyoslash bilan shugʻullanadi. Universal grammatika xarakterologiyadan farq qiladi. Agar xarakterologiya faqat bir xil qatlamlarni taqqoslasa, universal grammatika grammatik vositalardan tashqari leksik vositalarni ham hisobga oladi. Masalan, koʻplik kategoriyasi universal grammatika nuqtayi nazaridan quyidagi vositalarni oʻz ichiga oladi:
Koʻplikni yasovchi affiksal morfema (ot, olmosh, fe’l va boshqa soʻz turkumlarida).
Son turkumiga kiruvchi soʻzlar.
Ayrim olmoshlar.
Jamlovchi otlar.
Soʻz shakllarini oʻzgartiruvchi fonetik hodisalar (umlaut):
das Haus - uy die Tochter - qiz
die Hauser - uylar die Tochter - qizlar
das Buch - kitob die Mutter - ona
die Bucher - kitoblar die Mutter - onalar
Universal grammatika qardosh boʻlmagan tillar sistemalarini qiyoslashda juda qoʻl keladi. Shuningdek, u tarjima nazariyasi, leksikografiya, metodika fanlari uchun juda muhim asos yaratib beradi.
Til universaliyalarini tuzishda universal grammatikadan qisman foydalaniladi.
Qiyosiy tipologiya struktural tipologiyadan quyidagicha farq qiladi:
a) tekshirilayotgan tillar soni chegaralanganligi sababli qiyosiy tipologiya umumiy tipologik qonun va mukammal til universaliyasini ishlab chiqolmasa ham, unga zamin yaratadi. Qiyosiy tipologik tadqiqotlar natijasida olingan til tizimiga oid dalillar tillar universaliyalari va umumiy tipologik qonun yaratishda ishlatiladi;

Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin