Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi


Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o`rganilganlik darajasi



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə3/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Maxfirat diplom iwi new

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o`rganilganlik darajasi. Tilshunoslikda tillarning tipologik xususiyati yetarlicha oʻrganilgan boʻlsa-da, metodika fanida ona tili darslarida oʻzbek tilini xorijiy tillar bilan qiyoslashdan foydalanish masalasi tadqiq qilinmagan.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining maqsadi boshlangʻich sinf ona tili darslarida oʻzbek tili hodisalarini xorijiy til hodisalari bilan qiyoslash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot obyekti. Boshlangʻich sinf ona tili darslarida oʻzbek tili hodisalarini xorijiy til hodisalari bilan qiyoslash tadqiqotimizning obyektini tashkil qiladi.
Tadqiqot predmeti. Boshlangʻich sinf ona tili darslarida oʻzbek tilidagi otning son kategoriyasi, egalik kategoriyasi, fe’lning shaxs-son kategoriyasini rus, ingliz tilidagi shularga muqobil hodisalar bilan qiyoslash tadqiqotning predmetini tashkil qiladi.
Tadqiqot vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Tilshunoslikka doir ilmiy adabiyotlar asosida oʻzbek tilining flektiv tillar, jumladan rus, ingliz tillaridan farqini koʻrsatib berish.
2. Boshlangʻich sinf ona tili darslarida oʻzbek tili hodislarini xorijiy til hodisalari bilan qiyoslashning ahamiyati va metodik asoslarini bayon qilish.
3. “Otda birlik va koʻplik” mavzusini oʻrgatishda oʻzbek tilini xorijiy til bilan qiyoslashdan foydalanish usullari va topshiriqlarini ishlab chiqish.
4. Kelishik va egalik qoʻshimchalarini oʻrgatishda xorijiy til bilan qiyoslashdan foydalanish usullari va topshiriqlarini ishlab chiqish.
5. “Fe’llarda shaxs-son” mavzusini oʻrgatishda xorijiy til bilan qiyoslashdan foydalanish usullari va topshiriqlarini ishlab chiqish.
Tadqiqot metodlari. Ishda qiyosiy tahlil, kuzatish, analitik tahlil kabi metodlardan foydalanildi.
Tadqiqotning metodologik asoslari. Tilning ruhiy-ijtimoiy hodisa ekanligi, tillarning tipologik tasnifiga koʻra agglutinativ til boʻlgan oʻzbek grammatik qurilishining flektiv tillardan tubdan farq qilishi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishga metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin