Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə9/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Maxfirat diplom iwi new

Sharqiy xun tarmogʻi
Uyg ‘ur-o ‘g ‘uz guruhi:
uygʻur-tukuy boʻlimi: tuva va tofa tillari;
yoqut boʻlimi: yoqut tili;
xakas boʻlimi: xalas, shor, choʻlim tatar, qamashi, oltoy tilining shimoliy shevasi, sariq-uygʻur tillari.
Qirgʻiz-qipchoq guruhi: qirgʻiz va oltoy tillari.8
Kezi kelganda shuni qayd etish kerakki, turkiy tillarni qiyosiy oʻrganishda tilshunoslik tarixida Mahmud Qoshgʻariyga yetadigan tilshunos-olim bolmagan. A.Nurmonovning yozishicha «Tilshunoslik tarixida qiyosiy-tarixiy tilshunoslik XIX asrdan paydo boʻldi deyiladi va uning asoschilari sifatida Frans Bopp, Rasmus Rask hamda Yakov Grimlar e’tirof etiladi. Buning sababi shundaki, Gʻarb olimlari Mahmud Qoshgʻariyning «Devon»i bilan XX asrning birinchi choragiga qadar tanish boʻlmagan. Agar tanish boʻlganlarida edi, uning tilshunoslikdagi xizmatlari oldida tiz choʻkkan va qiyosiy-tarixiy tilshunoslik yoʻnalishlarining otasi sifatida Mahmud Qoshgʻariyni e’tirof etgan boʻlardilar». «Mahmud Qoshgʻariy turkiy qabilalarni birma-bir kezib, ularning tildagi farqli xususiyatlarini aniqladi, til xususiyatlariga koʻra turkiy tillarni guruhlarga tasniflash imkoniyatiga ega boʼldi»‘.
Mahmud Qoshgʻariyning «Devonu lugʻatit turk» asari garchi XI asrda yozilgan boʻlsa-da, tasodif tufayli Turkiyaning Diyorbakir shahrida yashovchi Ali Amiriy tomonidan 1914-yilda topilib, bir yil keyin uch tomli kitob holida Istambulda nashr etildi. Asar arab tilida bitilgan boʻlib, keyinchalik nemis (1928-yil), turk (1939-yil) tillariga tarjima qilingan. Bu asar S.Mutallibov tomonidan 1960-1963-yillarda oʻzbek tiliga oʻgirilgan boʻlib, Toshkentda, «Fan» nashriyotida chop etilgan.
Mahmud Qoshgʻariy turkiy tillarning fonetik, morfologik hamda leksik yaruslaridagi mutanosiblik va nomutanosibliklar yuzasidan qiyosiy tarixiy tilshunoslikni boyitishga, takomillashtirishga xizmat qiluvchi talay dalillar keltirganki, XX asrning oʻrtalaridan boshlab uning ishi mazkur yoʻnalishga bagʻishlangan koʻpchilik asarlarda qayd etilgan.9
Fin-ugor tillari oilasi
Bu oilaga ikkita til guruhi kiradi, ya’ni fin va ugor tillari guruhlari. Birinchi guruhga fin, eston, karel, komi-ziryan, komi-permyak, udmurt, mariy, mordov va boshqalar; ikkinchi guruhga venger (yoki madyar), mansiy, xantiy tillari kiradi.
Som-xom tillari
Bu til oilasiga arab sharqi mamlakatlari tillari kiradi. Odatda, ularni besh guruhga ajratishadi:

Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin