Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə7/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Maxfirat diplom iwi new

Genetik tipologiya. Genetik tipologiya tillarni qarindosh va qarindosh boʻlmagan tillarga ajratib, bir umumiy manbadan tarqalgan tillarni qarindosh tillar deb ataydi va ularni bir tillar oilasiga kiritadi.
Genetik tipologiyaning ish uslubi tilshunoslikda tarixiy-qiyosiy uslub deb yuritiladi. Tillardagi har qanday oʻxshashlik va farqlar ularni qiyoslab oʻrganish asosida aniqlanadi. Qiyoslashda faqat tillarning bugungi holati emas, balki ularning tarixiy taraqqiyot yoʻli, dastlabki yozma yodgorliklari ham hisobga olinadi. Shunga koʻra bu uslub tarixiy-qiyosiy uslub deb yuritiladi va u bir-biri bilan bogʻliq uch masala: tillarning qarindoshlik munosabatini isbotlash; tillarning dastlabki shakllari (koʻrinishlari)ni tiklash; tillarning tarixiy taraqqiyot yoʻlining ilmiy asosini isbotlashni oʻz ichiga qamrab oladi.
Ikki va undan ortiq tillarning qarindoshligini tasdiqlash maqsadlarida ularning bitta umumiy manbadan kelib chiqqanligini isbotlovchi dalillarni topish kerak boʻladi .
Zamonaviy tilshunoslik ma’lumotlariga koʻra hozirgi kunda 20 dan ortiq til oilasi mavjud. Bulardan eng kattasi hind-ovrupo tillari oilasidir. Til oilasi oʻz ichiga bir bobo tildan kelib chiqqan hamma tillarni olgani uchun u juda yirik tillar yigʻindisini tashkil etadi. Har bir oila oʻz navbatida qarindoshlikning yaqinlik darajasiga koʻra bir necha guruhga ajralishi mumkin.
Hind-ovrupo tillari oilasi
Slavyan guruhi. Tilshunoslikka oid adabiyotlarda slavyan tillari sharqiy slavyan (rus, ukrain, belorus tillari), gʻarbiy slavyan (chex, slovak, polyak, kashub, serbolujitsk tillari), janubiy slavyan (bulgʻor, makedon, serb, xorvat, sloven tillari) boʻlimlariga ajratiladi.
German guruhiga ingliz, nemis, shved, norveg, dat, island, golland tillari kiritiladi.
Roman guruhi fransuz, ispan, portugal, italyan, rumin, moldavan tillarini qamrab oladi.
Boltiq guruhi litva, latish, latgal tillaridan iborat.
Eron guruhiga fors, afgʻon, osetin, kurd, tojik va pomir (shugʻnan, rushan, bartang, oroshor, sarikol) tillari taalluqli.
Hind tillari guruhiga hind, urdu, bengal, panjob, sindhi, gujarat, maratxi va boshqa tillar kiradi.
Bu oilaga yana har biri bittadan tildan tashkil topgan arman, grek, alban tillari guruhlari va bir nechta o ‘lik tillar guruhlari kiradi.
Hind-ovrupo tillari oilasi eng mukammal ishlab chiqilgan tillardir. Lekin bu oilaga qaysi qabilalar tillari asos solgani ya’ni ularning kelib chiqish manbai hanuzgacha noma’lum. Olimlarning fikricha, bu oilaning maskani Hindiston (F.Shlegel), Oʻrta Osiyo (A.Shleyxer), Markaziy Yevropa (O.Shrader), Dunay havzasi (V.Georgiyev) boʻlgan. Ammo buning aniq asosli dalillari yoʻq. 1986-yilda taniqli olimlar T.V. Gamkrelidze va V.V. Ivanovlar oʻzlarining koʻp izlanishlari natijasida e’lon qilingan asarlarida hind-ovrupo tillari oilasining dastlabki hududi Kichik Osiyo (ya’ni Tigr va Yefrat daryolari oraligʻi)dir deb e’lon qilishdi. Olimlarning fikricha, mazkur tildan foydalangan qabilalar bu hududda eramizdan oldingi IV asrda yashagan. Ular bunday xulosaga hind-ovrupo tillari oilasiga kiruvchi tirik va oʻlik tillarni qiyosiy oʻrganish, ularning leksik, fonetik, grammatik materiallarini har tomonlama tahlil qilinishi natijasida keldi. Bu asar olimlarning umumiy tilshunoslikka, xususan, tarixiy-qiyosiy tilshunoslikka qoʻshgan ulkan ulushlaridir. Yangi nuqtayi nazar koʻpchilik olimlar tomonidan ma’qullandi. Yangi fikr hind-ovrupo tilshunosligida amalga oshiriladigan tadqiqotlar uchun zamin yaratadi. Lekin shuni ham aytish kerakki, bu fikr soʻnggisi, undan keyin boshqasi yaratilmaydi, degan xulosa kelib chiqmasligi lozim.

Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin