Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə8/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Maxfirat diplom iwi new

Turkiy tillar oilasi
Turkiy tillar oilasi toʻgʻrisida turli fikrlar mavjud. Ba’zi olimlar (E.D. Polivanov, G.Ramstedt) turkiy tillarini katta Oltoy tillar oilasiga kiruvchi guruh deb hisoblab, bu oilaga tungus-manchjur, moʻgʻul, koreys va yapon tillarini ham kiritadi. Boshqa olimlar (O.Betling, G.Vinkler) ural-oltoy tillar oilasini ajratib, unga yuqorida qayd etilgan tillardan tashqari fin-ugor tillarini ham kiritadi. Turkiy tillar bilan shugʻullanuvchi olimlarning fikricha, turkiy, moʻgʻul, tungus-manchjur tillari orasidagi genetik qarindoshlik uzil-kesil tasdiqlanmagan. Ularni birlashtirish mumkin boʻlgan narsa – tipologik oʻxshashlik boʻlib, bu tillar agglutinatinativ tillar guruhiga kiradi. Lekin bu qarindosh degan ma’noni anglatmaydi. Shuning uchun ham koʻp adabiyotlarda turkiy tillar alohida oila sifatida ajratiladi. Turkiy tillar oʻzaro yaqin qarindosh tillar boʻlib, bu oilaga kiruvchi birorta tilni oʻzlashtirgan kishi shu oilaga kiruvchi boshqa tilni ham tushuna olishi mumkin. Yoqut va chuvash tillari bundan istisnodir, chunki ular koʻpchilik turkiy tillardan ancha uzoqlashib ketgan. Quyida koʻpchilik tomonidan tan olingan7 N.A. Baskakov tasnifi keltirilgan.1
Turkiy tillar oilasiga kiruvchi guruhlar va tillar:
Garbiy xun tarmogi
Bulg ‘or guruhi: chuvash tili.
Oʻg ‘iz guruhi bir necha kichik bo ‘limlardan tashkil topgan:
oʻgʻiz-turkman: turkman va truxman tillari;
oʻgʻiz-bulgʻor: gagauz va bolqon turklari tillari;
oʻgʻiz-saljuq: ozarbayjon, turk, qrim-tatar tilining janubiy qirgʻoq shevasi va urum tili.
Qipchoq guruhi ham bir nechta kichik bo ‘limlardan tashkil topgan:
qipchoq-polovetsk boʻlimi: qaray, qoʻmiq, qoragʻay-balqar, qrim-tatar tillari;
qipchoq-bulgʻor boʻlimi: tatar va boshqird tillari;
qipchoq-noʻgʻay boʻlimi: noʻgʻay, qoraqalpoq, qozoq, oʻzbek tilining qipchoq shevasi.
Qarluq guruhi: o ‘zbek va yangi uyg ‘ur tillari.

Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin