Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakulteti boshlangʻich ta’lim kafedrasi



Yüklə 108,74 Kb.
səhifə6/26
tarix09.05.2023
ölçüsü108,74 Kb.
#126595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Maxfirat diplom iwi new

b) qiyosiy tipologiya tillar tizimlarini alohida-alohida tadqiq qilish usullarini ishlab chiqadi va qiyoslash usullarini topadi;
c) struktural tipologiya tillar elementlarining vazifalari va oʻzaro aloqalarni qiyoslasa, qiyosiy tipologiya til elementlari o‘rtasida aloqa bilan shugʼullanadi;
d) qiyosiy tipologiya faqat tillar sistemasidagi oʻxshashlikka tayanibgina qolmay, balki sistema birliklaridagi turlilik va ma’lum kategorial ma’nolar ifodalanishidagi qatlamlararo farqlarini ham o ‘rganadi.
Masalan, struktural tipologiya til universaliyasini gapda qatlamlarga koʻra aniqlaydi. Har bir qatlam birligini boshqa tillardagi aynan shunday qatlam birligi bilan taqqoslaydi. Qiyosiy tipologiya esa biror kategoriyani turli qatlamlar birliklari vositasida ifodalanish usullarini koʻrib chiqadi.
Oʻ.Q. Yusupovning fikricha,6 til bilan bogʻlangan qiyoslash ikki xil: ayrim olingan tilning strukturasini oʻrganishda ishlatiladigan qiyosiy uslub (bitta til ichida qiyoslash) va ikki yoki undan ortiq tillarni oʻrganishdagi qiyosiy uslub (tillararo qiyoslash) boʼlishi mumkin.
Tilning fonemasidan tortib, to murakkab sintaktik birliklari aniqlanguncha, qiyoslashning birinchi turidan foydalaniladi. Masalan: kitob, kitobim, kitobing, kitobi, kitobimiz, kitobingiz, kitoblari.
Bunday qiyoslash natijasida bu soʻz shakllari orqali yagona grammatik kategoriya - otlardagi grammatik egalik kategoriyasining ifodalanishi aniqlanadi. Shuningdek, mazkur kategoriyada shaxs hamda son ma’nolari ham oʻz aksini topgan. Egalik shaxs bilan bogʻliq boʻlgach, nutqda narsa va hodisalar uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligi doimo anglashilib turishi kerak. Ega boʻlmish shaxs boʻlishi va unga aloqador boʻlgan narsa ham birlik yoki koʻplikda turishi mumkin. Shu sababli bu kategoriyada son ma’nosi doimo aks etib, oʻz grammatik koʻrsatkichlariga ega boʻladi.
Oʻzbek tilida egalik ma’nosi takrorlanib turadigan grammatik vositalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday qiyoslash xususiy tilshunoslikka xos boʻlgan qiyoslash deyiladi. Har qanday qiyoslash natijasida qiyoslanayotgan hodisadagi oʻxshashlik va farqlarni aniqlash mumkin. Yuqorida keltirilgan misollardagi oʻxshashlik barcha soʻzlar orqali yagona egalik ma’nosining ifodalanayotganligidadir. Farq esa har bir soʻz shakllarining xususiy ma’nosida: kitobim garchi egalikni ifodalasa-da, kitobing soʻzidagi egalikdan farq qiladi, chunki birinchi soʻz birinchi shaxsga xos boʻlgan egalikni, ikkinchisi esa ikkinchi shaxsga xos egalikni koʻrsatadi.
Tillararo qiyoslashda ikki yoki undan ortiq tillar qiyoslanadi. Bunday qiyoslash oʻz navbatida sistematik qiyoslash va nosistematik qiyoslashga ajratiladi.
Nosistematik qiyoslash aksariyat ilmiy asarlarda uchraydi, mualliflar bunday qiyoslashdan oʻz fikrlarini tasdiqlash maqsadida foydalanadi.
Sistematik qiyoslash tillarning barcha yoki ayrim qatlamlari va ularning birliklarini har tomonlama chuqur oʻrganib, tillar tarkibidagi oʻxshashlik va farqlarni ta’kidlaydi. Oʻ.Q. Yusupov bunday qiyoslashni tillarni tahlil qilish uslubi darajasigacha koʻtaradi.1
Tillarni sistematik ravishda qiyosiy oʻrganish qiyosiy-tarixiy tilshunoslikda, tipologiyada (klassik - morfologik va struktural tipologiyalarda), qiyosiy tipologiyada, chogʻishtirma tilshunoslikda qoʻllaniladi.
Qarindoshlik darajasi turlicha boʻlgan va joylashgan oʻrnidan qat’i nazar ikki tilni sinxronik qiyosiy oʻrganish chogʻishtirma tilshunoslik deb ataladi.
Tillarni chogʻishtirma oʻrganish tarjima, mashina tarjimasi, lingvofalsafly, lingvodidaktik va nazariy masalalami oʻrganishni maqsad qilib oladi.
Tarjima maqsadidagi chogʻishtirish asosida bir umumiy ma’noning ikki tildagi ifodalanish vositalarini aniqlash yotadi. Asl matn esa tayanch nuqta vazifasini oʻtaydi. Tarjima qilinayotgan matnning ma’nosini ikkinchi til vositalari orqali ifodalash tarjimaning asosiy maqsadidir. Demak, tarjima maqsadida qiyoslash ikki tilning sistemasini muntazam solishtirib oʻrganish boʻlmay, balki bir tilning sistemasini ikkinchi til soʻzlari orqali izohlashdir.
Dunyodagi tillarning bir-biridan farq qilishi yuqorida aytib oʻtilgandi. Ularni tarkibiy qismlarga ajratib solishtirib oʻrganish lingvofalsafiy maqsadlardagi chogʻishtirma oʻrganish deb yuritiladi. Bu masala tilshunoslikning asosiy muammolaridan boʻlmish til va tafakkur orasidagi munosabatga bevosita aloqadordir.
Chet tilni oʻrganish murakkab lingvopsixologik hodisadir. Chet tilni oʻrganish jarayonida oʻrganuvchi ongida ona tili va xorijiy til sistemalari toʻqnashadi. Oʻrganuvchining ona tilisi yangi til sistemasini oʻzlashtirishni osonlashtiradi yoki uning yoʻliga toʻsiq boʻladi. Tilshunoslikda birinchisini «fasilitatsia» va ikkinchisini - «interferensia» atamalari orqali belgilashadi.
Bu ikki tillar sistemasidagi oʻxshashlik va farqlarga bogʻliq boʻladi. Ikki til sistemasini tillarni oʻqitish metodikasini nazarda tutib qiyoslash tillarni lingvodidaktik maqsadlarda chogʻishtirma oʻrganish deyiladi. Tillar nazariy maqsadlarda ham chogʻishirma oʻrganilishi mumkin. Bunda tillarning fonetik, morfologik, leksikologik va sintaktik qatlamlari sistemali tarzda oʻrganilib, ularning oʻxshashlik va farqlari, shuningdek, oʻxshashlik va farqlarning sabablari aniqlanadi.1

Yüklə 108,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin