O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/81
tarix08.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#131420
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi (1)

ijtimoiy hamkorlik 
deganda «jamiyatda barcha millat va 
elatlarning tinch-totuv va ahil bo‘lib yashashi ularning o‘zaro 
munosabatlariga kirishishi» tushuniladi.
1
Bu ta'rifni yodda tutib, Ona 
Vatanimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari uchun ijtimoiy 
xamkorlik prinsipi naqadar axamiyatli ekanligini anglash mumkin. Shu 
ma'noda ijtimoiy hamkorlik umumiy xarakterga ega bo‘lgan keng 
ko‘lamli prinsipdir. 
2.
Ijtimoiy hamkorlik prinsipining hususiyatlari 
O‘zbekistonda ijtimoiy hamkorlik prinsipiga amal qilish mustaqillik yillarida 
ro‘y berdi. Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan milliy 
taraqqiyot modelimizning to‘rtinchi yunalishi sifatida 
kuchli ijtimoiy siyosat
belgilangan edi.

Mazkur siyosat asoslaridan birini ijtimoiy hamkorlik tashkil 
qiladi. 1997 yilga kelib yurtboshimiz jamiyat rivojida ijtimoiy xamkorlik 
prinsipining katta axamiyatga egaligiga diqqatni qaratdi.

Natijada bu prinsip 2000 
yilda milliy g‘oyamizning asosiy prinsiplaridan biri sifatida belgilandi.
4
Bugungi 
kunga kelib omma o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik prinsipining asoslarini chuqur 
anglab olishga ehtiyoj bor. 
Ijtimoiy hamkorlik prinsipi bir necha o‘ziga xos xususiyatlarni qamrab oladi. 
Bu xususiyatlarning eng muximlari sifatida qo‘yidagilarni qayd etish mumkin. 
Ijtimoiylashtirish
.
Ijtimoiy hamkorlik prinsipi shaxs ongida ijtimoiy 
munosabatlarni shakllantiradi. Unga ko‘ra, shaxs o‘z ehtiyoji va manfatlarini 
qondirish uchun o‘zgalarning yordamiga extiyoj sezadi.

Natijada u ijtimoiy 
munosabatga kirishadi. Bu munosabat manfatli bulishi uchun shaxs uzganing 
manfaatlarini xam xisobga olishi kerak. Aynan shu urinda ijtimoiy hamkorlikning 
manfaatlar uyg‘unligi
 
qoidasi ro‘yobga chiqadi. Ijtimoiy munosabatlarda 
manfaatlar uyg‘un kelmas ekan, ijtimoiy hamkorlik yuzaga kelmaydi. Bola oilada 
va bog‘cha, o‘quvchi maktab va do‘stlari davrasida, talaba o‘quv dargohida va 
jamoatchilik orasida, hodim mehnat joyi va jamiyatda ijtimoiy hamkorlikka 
kirishishga majbur. Buni real hayot taqozo etadi. Bundan ma'lum bo‘ladiki 
ijtimoiylashtirishda uning yosh davriga nisbatan takomillashib borish usuliga 
asoslanadi. 
Munosabatni ta'sis etish.
 
Ijtimoiy hamkorlik prinsipi bir jamiyatda yashovchi 
turli millat va elatlarning o‘zaro munosabatini ta'sis etadi. Misol uchun, bugungi 
kunda ona yurtimiz O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari axil 
yashamoqda. Ular ma'naviy, madanib, ijtimoiy va moddiy jixatdan o‘zaro 
munosabatga kirishib, milliy tili, urf-odatlari va an'analarini rivojlantirib 
bormoqda. Natijada bir xalk bo‘lib birlashishdek qadriyat tarkib topgan. Bu 
ijtimoiy xarakterning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Shu ma'noda bu prinsip xalqlar 
o‘rtasida o‘zaro mo‘tadil munosabatni shakillantiradi, ularning bir-biridan madaniy 


ta'sirlanishini ta'minlaydi. Masalan, yurtimizda umumhalq hashari e'lon 
qilinganida, diyorimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari bu tadbirda 
faollik bilan ishtirok etmoqda. Demak, ijtimoiy hamkorlik prinsipi jamiyatda 
uyuushuvchanlik, birdamlik va birodarlikni yuzaga keltiradi. 
Aloqalarni yo‘lga qo‘yish
.
Ijtimoiy hamkorlik prinsipi davlat va jamoat 
tashkilotlarining o‘zaro aloqalarini yo‘lga qo‘yadi. Bunda ikki jihat 
1. Farobiy A.N.Fozil odamlar shahri. –T.:1993 106-bet. 
mavjud: 1) muayyan turdosh tashviqotlarining o‘zaro aloqasi; 2) davlat va 
jamoat tashkilotlarining o‘zaro aloqasi. Bu aloqalarga o‘zaro ishonch, tenglik, 
sheriklik va manfaatdorlik qoidalariga amal qilinadi.Shunisi aniqki bunday 
aloqalar natijasida tashkilotlar ijtimoiy manfaat ko‘radi, bu – ijtimoiy hamkorlik 
prinsipining o‘ziga xos hususiyatlaridan biridir. 
Ma'lum bo‘ladiki, ijtimoiy xarakterning prinsipi xarakterli xususiyatlarga 
egaligi bilan diqqatga sazovor. Shu sababli bu prinsip ma'rifiy jamiyatda asosiy 
rivojlanish yo‘naliishlaridan biri sifatida qabul qilinadi. 
Ijtimoiy hamkorlik prinsipining qoidalari. 
Har bir prinsip negiziga xos bo‘lganidek, ijtimoiy hamkorlik prinspi ham 
o‘zining qoidalariga ega. Bu qoidalardan eng muhimlari sifatida quyidagilarni 
ko‘rsatish mumkin: 
1.
O‘zaro ishonch. 
2.
Tenglik. 
3.
Sheriklik 
4.
Manfaatdorlik 
Shaxs, ijtimoiy guruh, xalk va tashkilotlar o‘zaro aloqalarda bu 
qoidalarsiz ijtimoiy hamkorlikka kirisha olmaydi. Bu qoidalarning birortasiga amal 
qilmaslik yoki bir tomonlama amal qilish ishtimoiy hamkorlikning to‘laqonsiz 
bo‘lishiga olib keladi. Shu jihatdan ijtimoiy hamkorlik prinsipi kelishuvchanlik 
yo‘lidir. 
Ijtimoiy hamkorlik prinspining hajmi, miqdori va o‘lchami bo‘lmaydi. U 
real sharoitda real imkoniyatlardan kelib chiqib real aloqada bo‘lishni taqozo etadi. 
Olimlar, keyingi vaqtlarda dunyoda tadbirkor kuchlarining ijtimoiy 
hamkorlik prinsipiga qatiy amal qila boshlaganini qayd etishib, tadqiqotlar ham 
yaratishmoqda. Misol uchun Amerikaning mo‘tadil faylasuf – olimlar Richard 
Anderson va Pitr Shixirev xalqaro tadbirkorlikdagi ijtimoiy hamkorligini 
o‘rganishib, qiziqarli xulosalarga kelishgan. Ularning fikricha, dunyodagi tadbirkor 
kuchlar ijtimoiy xamkorlikda «akulalar» va «delfinlar»ga bo‘linishadi. Bu ikki 
yirik guruhning qoidalari shakllangan bo‘lib, quyidagichadir: 1) «akulalar» 
qoidasi: «Fakat foyda, xamma narsaga erishish mumkin», 2) «delfinlar» qoidasi: 
«Yaxshilikni qadrla, o‘g‘irlama».
1
Biroq, bunda ijtimoiy hamkorlik prinsipi 
muayyan qadriyatga qat'iy amal qilishni taqozo etardi. Shu sababli «akulalar» va 
«delfinlar» alaloqibatda mana bu oltin qoidaga amal qilishadi: «Agar biz to‘g‘ri 
bo‘lsak ikkalamiz ham yutamiz».
2
Shu sababli tadbirkor kuchlarning ijtimoiy 
hamkorligi samara beradi. 


Ma'lum bo‘ladiki, ijtimoiy hamkorlik prinsipi tomonlarga manfaat 
keltiradigan muayyan qoidalarga qat'iy amal qilishni taqozo etadi.
Milliy g‘oyamizning asosiy negizlaridan biri bo‘lgan ijtimoiy 
hamkorlik prinsipi jamiyatimiz ma'naviyatini yanada rivojlantirib 
borishda muhim axamiyatga ega. Bu prinsi pning bu boradagi axamiyatini 
quyidagilarda ko‘rish mumkin:1) Shaxslarning o‘zaro munosabatini 
shakllantiradi; 2) Millat va ellatlarning hamkorligini ta'sis etadi; 3) 
tashkilotlarning o‘zaro manfaatli aloqalarini yuzaga keltiradi; 4) 
jamiyatda muvozanat va mo‘tadillikni saqlaydi; 5) Jamiyatning ma'naviy 
rivojlanib borishiga asos bo‘luvchi birodarlik ruhini tarkib toptiradi . Shu 
sababni ijtimoiy hamkorlik prinsipi hayotimiz uchun zaruriy omillaridan 
biridir. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin