O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


  Nazorat savollari va topshiriiqlar



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/99
tarix20.09.2022
ölçüsü1,58 Mb.
#117883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
UMK ILK QADAM 19.01.2020

 



Nazorat savollari va topshiriiqlar: 
1.Umumiy qoidalar haqida tushunchangiz? 
2. Davlat talablarining maqsad, vazifa va asosiy tamoyillari haqida gapiring. 
3. Davlat talablarining tarkibiy qismlarini sanab o‘ting. 
4. Davlat talablarining qo‘llash lozim bo‘lgan muassasalar qaysilar? 
5. Mavzu yuzasidan ma’lumot to‘plash va taqdimot tayyorlash. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 
 
1.“O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar 
rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talblari” T.: 2018-yil. 
2.“Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi” T.: 
2018.
3. Ilm yo‘li variativ dasturi. Toshkent 2019-y. 
4. Davlat ta’lim standarti. Toshkent. 2020-yil.22-dekabr. 
 
2-Mavzu: Davlat talablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 
bolalarga mansub asosiy rivojlanish sohalari 
REJA: 
1. Katta sohalar nomi, soni va ularga kirgan kichik sohalar 
2. Kichik sohalarning mazmun, mohiyati. 
Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning quyidagi beshta 
asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan: 
- jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi; 
- ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
- nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; 
- bilish jarayonining rivojlanishi; 
- ijodiy rivojlanish. 
Mazkur har bir rivojlanish soha quyidagi kichik sohalarga bo‘lingan: 
1.«Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi» sohasi 
quyidagi kichik sohalarni qamrab oladi: 
- Yirik matorika: Asosiy harakatlar - Yurish; yugurish; sakrash; yumalatish va 
ilib olish mashqlari; emaklash va o‘rmalab chiqish; 
Motorika–organizmning hamda uning alohida organlari va qismlarining 
harakatlanish faolligi; inson yoki hayvonning harakatlanish reaksiyalari tizimi. Yirik 
(umumiy) va mayda motorika (qul motorikasi) farqlanadi. 
- Mayda motorika: Qo‘l va barmoqlar harakatlarini rivojlantirish; 



- Sensomotorika: Sezgi organlari yordamida hissiyotlarni shakllantirish.Beshta 
analizator orqali atrof olamni ko‘rish, eshitish, his qilish, paypaslash tufayli idrok 
etishni rivojlantirish. (Sensor-lot. hissiyot ma’nosini bildiradi, motor esa harakat). 
Masalan, bubenga uryapmiz, bolalar tinglab, harakat bajarmoqda. 
- Sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik: Sanitariya-gigiyena ko‘nikmalari. 
Shaxsiy gigiyena; ovqatlanish gigiyenasi; uxlash gigiyenasi; bola hayoti 
xavfsizligini taminlash. 
2. «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: 
- «Men» konsepsiyasi 
- Hissiyotlar va ularni boshqarish 
- Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot: 
Ijtimoiylashtirish – inson tomonidan jamiyatda muayyan vaqt oralig‘ida 
qadriyatlar, ahloqiy meyor, namuna va ko‘rsatmalarning o‘zlashtirilishi. 
Muloqot – ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘zaro fikr almashishi. 
Muloqot – insonlarning ma’lum jamoa yoki guruhda hamkorlikdagi faoliyatlari 
jarayonida vujudga keladigan ehtiyojlaridan bo‘lib, ularning o‘z faoliyatlari 
davomida o‘zaro munosabatlarga kirishish jarayonini ifodalovchi, insonlarga xos 
xususiyat.
3. «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari» sohasi quyidagi kichik 
sohalarga bo‘linadi: 
- Nutq va til:
- O‘qish ko‘nikmalari; 
- Qo‘l barmoqlari mayda motorikasi: Qo‘l va barmoqlar harakatlarini 
rivojlantirish. 
4. «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi quyidagi kichik sohalarga 
bo‘linadi: 
- Intellektual-anglash malakalari; 
- Elementar matematik ko‘nikmalar; 
- Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat. 
5. «Ijodiy rivojlanish» soha quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: 
- Dunyoni badiiy tasavvur etish (san’at va madaniyatga qiziqishini namoyon 
qilish; milliy an’analarni qadrlash va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida 
idrok etish; insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunish. 
- Badiiy-ijodiy qobiliyatlar. 
Kichik soha - sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarning kichik sohasi 
rivojlanishning ma’lum bir tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir 
yo‘nalishini ko‘rsatib beradi. 
Rivojlanish – inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqi, biologik jarayonlar hamda 
atrof muhit ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar. 


10 
Rivojlanish sohasi – bola rivojlanishidagi aniq bir yo‘nalishlar; 
Davlat talablarida MTTning barcha yosh guruhlariga mos talablar, kutilayotgan 
ko‘rsatkichlar belgilangan. 

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin