O‘zbekiston respublikasi


-rasm. Me’yordan og’ishning asosiy turlari



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə149/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

32-rasm. Me’yordan og’ishning asosiy turlari


O‘quvchining me’yordan xulqiy og‘ishni korreksiyalashda bir nechta ijobiy xarakterdagi pedagogik texnikalarni qo‘llash talab qilinadi. Ular:
o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga yordam berish, ular o‘rtasida hissiy aloqani o‘rnatish (mehribonlik, e’tibor ko‘rsatish va hamda g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishiga erishish; o‘quvchiga biror topshiriqni buyruq ohangida bermaslik, aksincha, “iltimos” deb murojaat qilish; o‘quvining ijobiy xulqini rag‘batlantirish; o‘qituvchi, ota-ona tomonidan noto‘g‘ri yo‘l tutilgan holatlarda kechirim so‘rash; o‘quvchining muammolariga nisbatan hamdardlikni namoyon qilish; uning biror-biri ishi uchun kafil bo‘lish;
ta’lim muassasasi hamda uy sharoitida o‘quvchini ma’naviy-axloqiy ta’sirga ega ish jarayonlariga jalb qilish; u tomonidan ijobiy hayotiy tajribalarni to‘planishi uchun zarur sharoitni yaratish (unga ishonch bildirish, ma’naviy qo‘llab- quvvatlash hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, o‘quvchini qiziqarli bo‘lgan mashg‘ulotlarga jalb qilish; turli ijobiy ta’sirga ega omillar yordamida o‘quvchida yuksak insoniy his-tuyg‘ularni uyg‘otish; unda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantiradigan hamda rivojlantiradigan mashq va treninglarni tashkil qilish);
o‘quvchining his-tuyg‘ulari hamda qiziqishlari dinamikasini anglash hamda tushunish (vositachilik, “yon tomondan yondashish” (o‘quvchining kamchilik va nuqsonlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri tanqid qilmay, aksincha, unda ijobiy his-tuyg‘ularni uyg‘otuvchi omillardan foydalanish orqali tushuntirish; o‘quvchining hali namoyon bo‘lmagan ijobiy ichki his-tuyg‘ularini faollashtirish).
Xulqiy og‘ish nuqsonlarini korreksiyalashda samaradorlikka faqat

o‘quvchining xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bilan erishib bo‘lmaydi, pedagogik faoliyatda uning ayrim xatti-harakatlarini “to‘xtatish” ham talab qilinadi.
Korreksiyalashda o‘quvchining quyidagi xatti-harakatlarini “to‘xtatish” kutilgan natijani beradi:
O‘qituvchi tomonidan o‘z kuchining oshqora namoyish qilinishi (taqiqlovchi harakatlarni amalga oshirishi; o‘quvchining xulqi yuzasidan xulosani aytish; muayyan xulq-atvor uchun o‘quvchini jazolash; o‘rinli buyruqlar berish; qat’i ogohlantirish; beriladigan jazoni ifodalash; jahli chiqqanini namoyish qilish; aybdor o‘quvchini topish);
ochiq-oydin taqiqlovchi ta’sir ko‘rsatish (o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro uyg‘un xatti-harakatlari, beozor tanbeh berish, ishora bilan bildirish, o‘zini befarqday tutish, tstehzo yoki xayolparastlik qilish, ishonchsizlik bildirish).
Xulqiy og‘ish nuqsonlarini korreksiyalashda, shuningdek, yordamchi pedagogik texnikalardan ham foydalaniladi:
o‘quvchining ijobiy xulqini rivojlantirish uchun tashqi omillardan foydalanish;
o‘quvchining individual harakatlarini qayd qilmaslik (salbiy nuqsonlar ko‘zga tashlanganda).
Pedagogik diagnostika va korreksiyada o‘quvchining salbiy nuqsonlarini bartaraf qilishda o‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish kutilgan natijani beradi. Korreksiyalashda o‘quvchilar jamoasi tomonidan ko‘rsatiladigan quyidagi tarbiyaviy ta’siri muhim ahamiyatga ega:

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin