O bobojonov k. Jumaniyozov


Inventarizasiya, uning ahamiyati, o’tkazish tartibi va



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

10.5. Inventarizasiya, uning ahamiyati, o’tkazish tartibi va 
natijalarni qayd qilish.
Qonunga muvofiq sub’ektning chop qilinayotgan hisoboti auditor xulosasi 
bilan tasdiqlanishi lozim. Buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risidagi 
Nizomga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining 
to’g’riligi va ishonchliligini ta’minlash maqsadida mulk miqdorini to’g’ri 
aniqlash uchun sub’ektlar hisobot tuzishdan oldin asosiy vositalar, kapital 
qo’yilmalar, tugallanmagan ishlab chiqarish va kapital qurilishi, tovar 
moddiy qiymatliklari, pul mablag’lari, hisoblashishlar va balansning boshqa 
moddalarida ko’rsatiladigan mablag’ va manbalarni inventarizasiya qilishi 
shart.
Ma’lum muddatga sub’ektda mavjud bo’lgan mablag’lar va ularning 
manbalari, haqiqatda sarflangan xarajatlar, ya’ni tugallanmagan ishlab 
chiqarishning qoldig’ini hisoblab aniqlash va hisob ma’lumotlari bilan 
taqqoslash inventarizasiya yordami bilan amalga oshiriladi.
Inventarizasiyaning asosiy maqsadi sub’ektning balansida aks ettirilgan 
tovar-material qiymatliklari, kassa, bankdagi schyotlardagi pul mablag’lari, 
olinadigan schyotlar va majburiyatlar, kelgusi davr sarflari, jamg’armalar, 
Rеzеrvlar va boshqa moddalardagi summalarning haqiqiyligini aniqlashdir.
394


Inventarizasiya o’tkazishda quyidagi vazifalar qo’yiladi:
sub’ektning mulki, moddiy qiymatliklari va kassadagi pul 
mablag’larining xaqiqiy holatini aniqlash;
kassadagi pul mablag’larini hisobdagi pul mablag’lari bilan 
taqqoslash yo’li bilan sub’ekt mulkining mavjudligini nazorat qilish;
sotish maqsadida zarur bo’lmagan va ortiqcha asosiy vositalar va 
moddiy qiymatliklarni aniqlash;
moddiy qiymatliklar va pul mablag’larining saqlanishi, uy-joy 
fondidan foydalanish, garajlar va boshqa imorat va inshootlarni asrash 
qoidalariga rioya qilishni tekshirish;
olinadigan schyotlar va majburiyatlar bo’yicha hisoblashishlar, ayniqsa 
gumonli qarzlar bo’yicha hisoblashishlarning holatini tekshirish.
Inventarizasiya ob’ektini qamrashi bo’yicha ikki turda bo’ladi:
to’liq inventarizasiya - sub’ekt resurslarining hamma turini o’z ichiga 
oladi;
qisman inventarizasiya - sub’ekt resursining u yoki bu turini 
tekshirishi mumkin - moddiy qiymatliklar, yoki olinadigan yoki 
to’lanadigan qarzlar va hokazo.
Inventarizasiya o’tkazilishini kutish nuqtai nazaridan:
rejaga asosan - sub’ekt tomonidan ilgari tuzilgan rejaga asosan 
o’tkaziladigan inventarizasiya - yillik hisobotni va balansini tuzishdan 
oldin o’tkaziladigan inventarizasiya;
rejadan tashqari (kutilmaganda, to’satdan) o’tkaziladigan 
inventarizasiya - shikoyat tushganda, javobgar shaxs almashganda va 
hokazo.
Joriy yilda o’tkaziladigan inventarizasiyaning miqdori, tartibi, 
o’tkazish muddati, tekshiriladigan mulk va majburiyatning turlari sub’ekt 
tomonidan belgilanadi. Lekin quyidagi hollarda inventarizasiya o’tkazish 
shart:
sub’ektning mulkini ijaraga berish, sotish yoki sub’ektni boshqa 
mulkchilik shakliga o’tkazish vaqtida;
moddiy javobgar shaxs almashganda;
o’g’irlik, suiste’mol qilish aniqlanganda, tabiiy ofat, yong’in va 
boshqa ekstremal sharoitlar natijasida mulklarga zarar etkazilganda;
sub’ektni tugatganda yoki mulkchilik shakli o’zgarganda;
Qonunda ko’rsatilgan boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda. 
Sub’ektning hisobotini tuzishdan oldin o’tkaziladigan invetarizasiya 
ishchi inventarizasiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi va unga 
395


taftish komissiyasining a’zolari, buxgalteriya xodimlari va tegishli 
mutaxassislar jalb qilinadi.
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yillik hisobot va balans tuzishdan 
oldin inventarizasiya o’tkazilishining quyidagi muddati tavsiya qilinadi:
asosiy vositalar - yilda 1 marta, 1 oktyabrdan keyin;
imorat, muqim turgan ob’ektlar - 2-3 yilda;
kutubxona fondi - 5 yilda bir marotaba;
kapital qo’yilmalar- yilda bir marta, 1 dekabrdan keyin;
tugallanmagan ishlab chiqarish - 1 oktyabrdan keyin;
asosiy vositalarning tugallanmagan ta’mirlashi, kelgusi davr sarflari, 
moddiy qiymatliklar, kam baholi va tez eskiruvchan buyumlar - yilda bir 
marta;
o’stirishdagi va boquvdagi hayvonlar, parrandalar, quyonlar, boshqa 
hayvonlar, asalarilar va tajriba uchun boqilayotgan hayvonlar - kvartalda 1 
marta;
ombordagi tayyor mahsulotlar - yilda bir marta, 1 oktyabrdan keyin;
omborda va bozordagi sanoat mollari - yilda bir marta;
omborda va bozordagi oziq-ovqat mahsulotlari - yilda ikki marta;
yonilg’i va moylash materiallari, ovqatlanish taomlari- har kvartalda;
xom-ashyo va boshqa moddiy qiymatliklar - 1 oktyabrdan keyin;
pul mablag’lari, pul xujjatlari, pul ekvivalentlari, qat’iy hisobot 
blankalari - har oyda;
bank bilan hisoblashish - ko’chirma olish jarayonida;
byudjet bilan hisoblashish - kvartalda bir marta;
olinadigan schyotlar va majburiyatlar bo’yicha hisoblashish - yilda 
ikki marta;
ishlab chiqarish bo’linmalari bilan hisoblashish - har oyning 1 
kuniga;
balansning boshqa moddalari - hisobot yilining keyingi oyining 1 
kuniga.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda inventarizasiya natijalari bo’yicha 
ma’lumotlar quyidagi xujjatlarda qayd qilinadi:
inv.1 shakli "Asosiy vositalarning inventarizasiya ro’yxati" asosiy 
vositalarning turgan joylari va javobgar shaxslar bo’yicha ro’yxatga qayd 
qilinadi.
inv.2 shakli "Inventarizasiya yorlig’i" xom-ashyo, tayyor 
mahsulotlar, tovarlar, materiallar va boshqa moddiy qiymatliklar bo’yicha 
to’lg’aziladi. Ushbu shakl ma’lumotlariga asosan "Tovar-moddiy 
Rеzеrvlarining ro’yxati" inv.3 shakli to’lg’aziladi.
396


inv.3 shakli "Tovar-moddiy Rеzеrvlarining inventarizasiya ro’yxati" 
tovar-material qiymatliklarining saqlanish joylari va moddiy javobgar 
shaxslar bo’yicha qoldig’i aks ettiriladi;
inv.4 shakli "Jo’natilgan tovarlarning dalolatnomasi"- to’lov muddati 
kelmagan va to’lov muddati o’tgan jo’natilgan tovarlar bo’yicha ayrim 
dalolatnoma to’lg’aziladi;
inv.5 shakli "Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy 
qiymatliklarining inventarizasiya ro’yxati"- mas’ul saqlashga qabul 
qilingan TMZ qayd qilinadi;
inv.6 shakli "Yo’ldagi tovar va materiallarning inventarizasiya 
dalolatnomasi"- inventarizasiya vaqtida yo’ldagi tovar va moddiy 
qiymatliklar to’g’risida ma’lumotlar qayd qilinadi;
inv.4,5,6 shakllarining o’rniga tegishli jurnal-orderning 
tabulyagrammasi yoki jamg’arma qaydnomasi qo’llanilishi mumkin;
inv.8 shakli "Qimmatbaho metallar va ulardan bo’lgan buyumlarning 
inventarizasiya ro’yxati";
inv.9 shakli "Qimmatbaho toshlar va javoxirlar va ulardan 
tayyorlangan buyumlarning inventarizasiya ro’yxati".
Ushbu qimmatbaho metall, tosh va javohirlarning saqlanish va ishlatish 
joylari bo’yicha inventarizasiya ma’lumotlari yig’iladi:
inv.10 shakli "Asosiy vositalarning tugallanmagan kapital 
ta’mirlashni inventarizasiya qilish dalolatnomasi". Tegishli ob’ektlarni 
kapital ta’mirlash xarajatlarini qayd qiladi;
inv.11 shakli "Кelgusi davr sarflarining inventarizasiya 
dalolatnmoasi" tegishli schyotlarda qayd qilingan summalarni tekshirish 
yakunlari aks ettiriladi;
inv.12 shakli "Savdo tashkilotlarida tovarlar, materiallar va 
idishlarning inventarizasiya ro’yxati";
inv.13 shakli "Savdo tashkilotlarida tovarlar, materiallar, idishlar va 
pul mablag’larining inventarizasiya ro’yxati". Ushbu ikki shakl yordamida 
savdo tashkilotlarida hisobga olingan ushbu qiymatliklarning haqiqiy 
mavjudligi javobgar shaxslar bo’yicha aniqlanib ikki nusxada tuziladi va 
1-nusxasi javobgar shaxsga va 2-nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi;
inv.14. shakli "Umumiy ovqatlanish korxonalarida mahsulot va 
yarim fabrikatlar qoldig’ining inventarizasiya ro’yxati";
inv.15 shakli "Pul mablag’larining mavjudligi bo’yicha 
inventarizasiya dalolatnomasi"- kassadagi naqd pullar, lotereyalar, 
chiptalar va shunga o’xshash qiymatliklarning haqiqiy mavjudligi qayd 
qilinadi;
397


inv.16 shakli "Qiymatliklar va qat’iy hisobot blankalarining 
inventarizasiya ro’yxati";
inv.17 shakli "Iste’molchi, mol etkazib beruvchi, debitor va 
kreditorlar bilan hisoblashishning inventarizasiya dalolatnomasi" 
(taqqoslash dalolatnomasi ham deyiladi);
inv.18 shakli "Asosiy vositalarning inventarizasiya natijasini 
taqqoslash jamg’arma qaydnomasi";
inv.19 shakli "Tovar moddiy Rеzеrvlarining inventarizasiya 
natijalarini taqqoslash jamg’arma qaydnomasi";
inv.20 shakli "Savdo tashkilotlarida tovarlar, materiallar va 
idishlarning inventarizasiya natijasini taqqoslash jamg’arma qaydnomasi";
inv.21 shakli "Savdo tashkilotlarida tovarlar, materiallar, idishlar va 
pul mablag’larining inventarizasiya natijalarini taqqoslash jamg’arma 
qaydnomasi";
inv.18,19,20 va 21 shakllari tegishli inventarizasiya ro’yxatlarining 
ma’lumotlari bilan buxgalteriyadagi analitik hisob ma’lumotlari 
taqqoslanib ortiqcha yoki kam chiqqan moddiy qiymatliklar aniqlanadi.
Inventarizasiya natijasida aniqlangan sub’ekt mulkining farqlari 
quyidagicha tartibga solinadi:
ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy qiymatliklar, pul 
mablag’lari va boshqa mulklarning qabul qilinishi va moliyaviy natijalarga 
yoki jamg’armalarning ko’paytirilishiga yozilishi lozim;
qiymatliklarning belgilangan me’yor chegarasidagi kamayishi 
sub’ekt rahbarining buyrug’iga muvofiq xarajatlarga yoki sub’ektning 
zarariga olib borilishi zarur;
moddiy qiymatliklarning me’yordan ortiqcha aniqlangan kamomad 
summasi javobgar shaxslar zimmasiga olib boriladi.
Agarda javobgar shaxs aniqlanmasa yoki sud tomonidan e’tiroz 
bildirilsa ushbu kamomad summasi sub’ektning zarariga olib boriladi.
Yillik hisobot munosabati bilan inventarizasiya komissiyasi tashkil 
qilinadi va bu komissiya inventarizasiya o’tkazish rejasini tuzadi.
Ushbu rejaga asosan inventarizasiya natijasi markaziy inventarizasiya 
komissiyasi tomonidan ko’rilib tegishli qarorlar qabul qilinadi va ular 
bo’yicha bayonnomalar tuziladi:
aniqlangan kamomadning miqdori va sababi va uni sub’ektning 
javobgarligiga qabul qilish yoki javobgar shaxsdan undirish;
aniqlangan ortiqcha moddiy qiymatliklarni kirim qilish tartibi.
Tuzilgan bayonnomalar aniqlangan kamomadning miqdori, sababi va 
uning hajmiga qarab sub’ektning rahbari tomonidan yoki ayrim hollarda 
398


sub’ekt rahbarining iltimosnomasiga asosan tegishli qarorlar yuqori 
tashkilot tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu tasdiqlangan bayonnomaga 
asosan buxgalteriya bu voqealarni tagishli schyotlarda qayd qiladi va 
inventarizasiya ma’lumotlari bilan joriy hisob ma’lumotlarining bir 
xilligini ta’minlaydi, ya’ni sub’ekt mulkining haqiqiy holatini yoritadi.
Inventarizasiya o’tkazish natijalarini yoritishni chuqurroq o’rganish 
maqsadida bir nechta misol keltiramiz:
a) asosiy vositalarni inventarizasiya qilish:
Sub’ektning o’ziga tegishli asosiy vositalari bilan bir qatorda ijaraga 
olingan asosiy vositalari ham inventarizasiya ro’yxatida (ayrim ro’yxatda) 
qayd qilinib, buxgalteriyadagi analitik ma’lumotlari bilan taqqoslanadi va 
inventarizasiya natijalari yoritiladi va komissiyaning bayonnomasi tuzilib 
qaror qabul qilinadi:

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin