Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
157
561/5. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
bilan birga ovqat tanovul qilgani o‘tirsak, u zot ko‘llarini uzatmagunlaricha biz uzatmas 
edik. Bir gal u zot bilan birga taomda bo‘lganimizda, bir qiz kelib, ovqatga qo‘l uzatishga 
shoshayotganida u zot qo‘lidan ushlab chetga olib qo‘ydilar. Keyin bir a’robiy kelib, u 
ham uzatmoqchi bo‘lganida Rasululloh uning ham qo‘lidan ushlab, chetga olib qo‘ydilar. 
So‘ngra u zot: «Albatta shayton Alloh ismi zikr qilinmagan ovqatni o‘ziga halol qilib 
oladi. U (shayton) ovqatni halol qilish uchun bu qizcha bilan keldi. Men uning qo‘lidan 
tutdim. So‘ngra ovqatni halol qilish uchun bu a’robiy bilan keldi. Uning ham qo‘lidan 
tutdim. Mening nafsim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, u (shayton)ning ko‘li ular 
ikkovining ko‘li bilan mening kaftimdadir», dedilar. Keyin Alloh ismini zikr qilib, ovqat 
tanovul qildilar». Imom Muslim rivoyatlari. 
562/6. Umayya ibn Maxshiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam o‘tirgan edilar. Bir kishi ovqat tanovul qilib, oxirgi luqma qolguncha Alloh ismini 
zikr qilmadi. Qachonki, oxirgi luqmani og‘ziga solayotganida 
«Bismillahi avvalahu va axirahu» (ya’ni, avvali-yu oxiriga Allohning ismi bilan), deb 
aytdi. Buni kuzatib turgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kuldilar, so‘ngra u zot: 
«Shayton uning ovqatiga sherik bo‘lib tanovul qilayotgan edi. Qachonki, bu kishi Alloh 
ismini zikr qilganda qornidagini qayt qilib yubordi», dedilar. Abu Dovud va Nasaiy 
rivoyatlari. 
Bu hadisning sharhida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kishining 
«Bismillah»ni tark qilganini ish oxirida bildilar. Agar avvalda bilganlarida jim turmasdan 
eslatar edilar. 
563/7. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
sahobalardan oltitasi bilan ovqatlanayotgan edilar. Shunda bir a’robiy kelib, o‘sha 
ovqatdan ikki luqma bilan hammasini yeb qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar u Allohning ismini zikr qilganida, sizlar to‘yar edingiz», dedilar. Imom Termiziy 
rivoyatlari. 
564/8. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim 
ovqatlanayotganida Alloh ismini zikr qilishni unutsa, ovqatdan forig‘ bo‘lgandan keyin 
«Qul huvallohu ahad» ni o‘qisin», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
Ulamolar taomning avvalida «Bismillah»ni aytish mustahab ekaniga ittifoq qilishgan. 
Agar avvalida qasddanmi, unutibmi, majburanmi, boshqa sabablarga ko‘ra ojiz bo‘libmi, 
«Bismillah»ni aytishni tark qilsa, so‘ngra ovqatlanish asnosida esiga tushib qolsa, 
yuqoridagi hadisga muvofiq «Bismillahi avvalahu oxirahu», deb aytish mustahabdir. Shu 
singari suv, sut, asal, sho‘rva va boshqa ichimliklarda ham ovqatga «Bismillah» zikr 
etilur. Ba’zi ulamolarimizning fikrlaricha, «Bismillah»ni balandlatib aytish mustahabdir. 
Chunki bunda boshqalarni ham ogohlantirib, ularning ergashishlariga targ‘ib bor. 
Fasl:
«Bismillah»ning sifati haqida gapiradigan bo‘lsak, undagi eng afzal lafz «Bismillahir 
rohmanir rohim», deb aytmoqlikdir. Agar «Bismillah», desa ham sunnat hosil bo‘lib, 
kifoya qiladi. Buni junub, hayzli ayol va boshqalar ham aytaverishadi. 
Ovqatlanayotganlarning har biri «Bismillah»ni aytishi lozim bo‘ladi. Agar (ko‘pchilik 
orasidan) bir kishi aytsa, boshqalarga ham kifoya qiladi. Xuddi salomga alik olish va 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin