Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
154
187-bob Uz shahrini ko‘rganda aytiladigan duo
Yuqorida keltirilgan 544-545 va Anasdan (r.a.) rivoyat qilingan 550-raqamdagi duolarni 
o‘qib, so‘ngra 
«Allohumma ij’al lana biha qaroran va rizqon hasanan», deb aytmoqlik mustahab 
amaldir. (Ma’nosi: «Allohim, bizga bu yerni qaror qilib, rizqimizni yaxshi etgin».) 
 
188-bob Safardan kelib uyiga kirganda aytiladigan zikrlar
552/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar 
safardan qaytib, ahllari huzuriga kirsalar, 
«Tavban-tavban lirobbina avban, la yug‘odiru havban», deb aytardilar. (Ma’nosi: 
«Qaytganimizda Rabbimizga tavba-tavba, deb ayturmiz. (Biror) gunoh qoldirmasligini 
so‘raymiz».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
189-bob Safardan kelgan kishi uchun aytiladigan duo
Safardan kelgan kishiga «Alhamdu lillahillaziy sallamaka», yoki 
«Alhamdu lillahillaziy jama’a ashshamla bika» yoki shunga o‘xshash hamdlarni aytish 
mustahab amaldir. Chunki Alloh taolo: «Agar shukr qilsalaringiz, ziyoda qilaman», deb 
aytgan. (Ma’nosi: «Seni salomat qilgan Allohga hamd bo‘lsin. Yoki sen bilan to‘plab, jam 
qilgan Allohga hamd bo‘lsin».) 
Bunga yana quyidagi bobda Oisha onamizdan rivoyat qilingan hadisni ham ko‘shish 
mumkin: 
 
190-bob G‘azotdan kelgan kishiga aytiladigan duo
553/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam g‘azotdan 
kelib, uyga kirganlarida, u zotga peshvoz chiqib, qo‘llaridan ushladim-da, 
«Alhamdu lillahillaziy nasoraka va a’azzaka va akromaka», deb aytdim. (Ma’nosi: «Sizga 
nusrat berib, aziz qilib, hurmat etgan Allohga hamd bo‘lsin».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
Hajdan kelgan kishiga aytiladigan va hoji aytadigan zikrlar
554/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir bola Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
huzurlariga kelib: «Ey Rasululloh, men haj qilishni xohlayman», deganida, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam u bilan birga yurib, «Ey bola, 
«Zavvada kallohut taqva, va vajjahaka filxoyri va kafakal hamma», dedilar. (Ma’nosi: 
«Alloh taqvoingni ziyoda etib, yaxshilikka yuzlantirib, g‘amdan o‘zi kifoya qilsin».) 
Qachonki, u bola hajdan qaytib kelganida, Rasulullohga salom berdi. Shunda Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Ey bola, 
«Qabalallohu hajjaka va g‘ofara zanbaka va axlafa nafaqotaka», dedilar (Ma’nosi: «Alloh 
hajingni qabul qilsin, gunohingni kechirib, nafaqangni to‘ldirsin»). Ibn Sunniy rivoyatlari. 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
155
555/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Allohumma ig‘fir lil hojji va liman istag‘faro lahul hojju», deb aytardilar. (Ma’nosi: 
«Allohim, hojini hamda hoji istig‘for aytgan kishilarning gunohini kechir».) Bayhatsiy 
rivoyatlari. Hokim bu hadisni Imom Muslim shartlariga binoan sahih, deganlar. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin