Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
33
33-bob. Namozga kirganda o’qiladigan zikrlar
Bu bob juda kengdir. Juda ko’p sahih hadislar turli darajada kelgan. Ammo biz bu yerda
asl maqsadlardan ogoh etgan holda, nozik va nodirlariga to’xtalamiz. Ko’p
dalillarni
qisqartirdik. Bu kitobni yozishimizdan maqsad, boshda aytilganidek,
dalillarni bayon
qilish emas, balki amal qilinishi lozim bo’lgan narsalarni aytishdir. Alloh o’zi muvaffaq
qilsin.
34-bob. Takbiri tahrima
Har
qanday namozning boshida, u xoh farz bo’lsin, xoh nafl, takbiri tahrimani (namoz
amallaridan boshqa narsalarni harom qiluvchi takbirni) aytish bilangina namoz durust
bo’ladi. (Bizning Hanafiy mazhabida buni aytish namozning birinchi farzidir.) Takbiri
tahrimaning lafzi «Allohu akbar» kalimasidir. Bu takbir ikki rak’atli namozda o’n bir
marta takrorlanadi. Uch rak’atli namozda o’n yetti, to’rt rak’atli
namozda yigirma ikki
marta takrorlanadi. Ya’ni, har bir rak’atda beshtadan takbir aytiladi. Bularning bittasi
ruku’da, to’rttasi ikkita sajdaga borishda va undan ko’tarilishda. Yana avvalgi
tashahhuddan turayotgandagi takbir ham bor.
Bu takbirlarni aytish sunnatdir. Ularni qasddan yoki xato qilib tark
etgan bilan namoz
buzilmaydi, sahv sajdasi ham qilinmaydi. Faqat namozning avvalidagi takbiri tahrima
bunday emas.
Dostları ilə paylaş: