www.ziyouz.com kutubxonasi
47
shay`in qodiyr», deb aytsa, gunohlari dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, kechiriladi», dedilar.
Muslim rivoyatlari
156/9. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam har namoz so’ngida ushbu kalimalarni aytib, panoh tilar edilar:
«Allohumma inniy a’uzu bika minal jubni va a’uzu bika an arudda ila arzalil ‘umuri va
a’uzu bika min fitnatid dunya va a’uzu bika min ‘azabil qobr». (Ma’nosi: Ey Rabbim,
qo’rqoqlikdan, umrning zoe’ bo’lishidan, dunyo fitnasidan va qabr azobidan panoh
berishingni tilayman.) Buxoriy rivoyatlari
157/10. Abdulloh ibn Amr (r.a.) rivoyat qiladilar: «Ikki xislat bor. Qaysi bir musulmon
banda uni doim bajarib yursa, jannatga kiradi, -- dedilar Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam. – Ular yengil, ammo amal qiladiganlar oz. Birinchisi, har bir namoz so’ngida
o’n martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, Allohu akbar», deyish. Bu bir kunda tilda
150 ta, mezonda bo’lsa, 1500 tadir. Ikkinchisi, to’shakka kirganda, uxlashdan oldin o’ttiz
uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah» va o’ttiz to’rt marta «Allohu akbar», desa,
tilida 100 ta, mezonda esa, 1000 ta bo’ladi». Rasululloh buni qo’llari bilan ta’kidladilar.
Sahobalar: «Ey Rasululloh, nima uchun yengil bo’lsa ham, uni bajaradiganlar oz?» deb
so’rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi uxlashni xohlagan paytda
shayton kelib, mana shu kalimalarni aytishdan oldin uxlatib qo’yadi. Namoz o’qib
bo’lganidan keyin ham shayton kelib, mana shu kalimalarni aytishidan oldin unga bir
zarur ishni eslatadi», dedilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari
158/11. Uqba ibn Omir (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga
ikki «Qul a’uzu»ni har namoz so’ngida o’qishni buyurdilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy
rivoyatlari
Abu Dovudning rivoyatlarida: «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq», «Qul
a’uzu birobbinnas»ni o’qish lozim, deyilgan.
159/12. Muoz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening
qo’llarimdan ushlab: «Ey Muoz, Allohga qasamki, men seni yaxshi ko’raman va senga
har namoz so’ngida
«Allohumma a’inniy ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibadatik»ni aytishni tavsiya
qilaman», dedilar». (Ma’nosi: Ey Allohim, Seni zikr etishda, Senga shukr qilishda va
ibodatingni go’zal bajarishda menga yordam ber.) Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari
160/13. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozlarini
tamomlasalar, o’ng qo’llarini peshonalariga surtib:
«Ashhadu alla ilaha illallohur rohmanur rohiym. Allohummazhib ‘annil hamma val
hazan», deb aytardilar. (Ma’nosi: Rahmon va rahiym sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q,
deb guvohlik beraman. Ey Rabbim, mendan g’am va xafachiliklarni ketkaz.) Ibn Sunniy
rivoyatlari
161/14. Abu Umoma (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga biror farz
yoki nafl namoz so’ngida yaqinlashsam, u zotning: