44
kasbiy faoliyatni tashkil etishda rahbar quyidagi majburiyatlarni
bajara olishi zarur:
muayyan rahbarlik vazifalarini, asosan, aqliy mehnat vazifalarini
amalga
oshirish;
xodimlar, hamkasblar bilan о‘zaro munosabatni tо‘g‘ri tashkil
etish;
amaldagi lavozimiga, jamoaga hamda jamiyatga bо‘lgan shaxsiy
munosabatini chuqur anglash.
Pedagogik majburiyatlar sirasidan, yana shuningdek, kasbiy
faoliyatni tashkil etishga ijodiy munosabatda bо‘lish, о‘ziga
nisbatan talabchanlik, kasbiy bilimlarini boyitib va malakasini
oshirishga intilish, xodimlar bilan о‘zaro hurmatga asoslangan va
talabchan munosabatni о‘rnatish, murakkab nizolarni ijobiy hal
qilish kо‘nikmalarini о‘zlashtirish kabilar ham о‘rin oladi.
Rahbar madaniyati deganda rahbar odobi va iqtidori о‘rtasidagi
dialektik bog‘lanish tushuniladi. Bu bog‘lanish quyidagi fazilatlar
majmuida о‘z aksini topadi:
Rahbar madaniyati = odob+iymon+insof+adolat+iqtidor. odob
– aqlning suyanchig‘i, barcha fazilatlarning mezoni. Behudaga
xalqimizda «Aql bilan odob – egizak» deyishmaydi. odob -
yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar
orasidagi tafovutni anglashdir. Odob vositasida kishi о‘z jonini
yomon xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi,
chiroyli fazilatlardan bezaydi. odob rahbarni eng chiroyli xulq bilan
qurollantiradi. natijada aql egalari bunday
rahbardan har ishda rozi
bо‘ladilar. Odobli rahbar esa kundan-kunga obrо‘ topadi, nufuzi
oshadi, ishlari ravnaq topadi. Ba’zi xakimlar odobni eng mas’um
va kо‘rkam fe’lga ega bо‘lish desalar, ba’zilari nafsni barcha
kasb, odatlardan tozalash deydilar. Demak, rahbardagi odobning
mavjudligi, bu noyob ne’matning mavjudligidir
kvalimetriya – tabiatdagi barcha obyektlarni va jamiyatda
sodir bо‘ladigan barcha jarayonlar, ishlab chiqarish sohasida
yaratilgan mahsulotlarning sifatini miqdoriy baholash muammolari
va metodologiyasini о‘rganuvchi ilmiy fan. Kvalimetriya fan
sifatida о‘rganilishi va baholanishi lozim bо‘lgan
obyektning
sifatini belgilovchi hajm, birlik, shkala, talablar yordamida mazkur
obyektning sifat va miqdor kо‘rsatkichlarini aniqlashni belgilangan
45
va qabul qilingan о‘lchov jarayonini amalga oshirish nazariyasi
asosida о‘rganadi.
hozirgi zamon nuqtayi nazaridan kvalimetriyaning sifat
kо‘rsatkichlari ikkita yirik guruh: tabiiy va ijtimoiy kо‘rsatkichlarga
ajratib о‘rganiladi.
Tabiiy kо‘rsatkichlar о‘z navbatida: о‘rganilayotgan obyektning
fizikaviy, kimyoviy va biologik miqdor kо‘rsatkichlariga ajratiladi.
Ijtimoiy kо‘rsatkichlar jamiyat taraqqiyotining muayyan
bosqichidagi voqea-hodisalar, ishlab chiqarish va iste’mol
mahsulotlari, pedagogik jarayonlar, shaxsning ijtimoiy va mustaqil
hayotdagi mavqei va о‘rni, savodxonligi, tarbiyalanganlik darajasi,
shaxs kamolotiga qо‘llaniladi .
kvalimetriya yuqorida qayd etilgan har bir guruhning miqdor
va sifat kо‘rsatkichlarini yaxlitlikda о‘rganadi va baholashning
umumiy tartibini ishlab chiqadi.
kvalimetriyaning uchta: nazariy (umumiy), maxsus, va amaliy
tarmoqlari mavjud.
nazariy kvalimetriyada aniq obyekt loyihalanadi
(abstraksiyalanadi) va uning sifat kо‘rsatkichlarining umumiy
qonuniyatlari va matematik modellari о‘rganiladi. Nazariy
kvalimetriyaning tadqiqot
obyekti jism, ishlab chiqarish
mahsulotlari, obyekt va subyektlarning sifatini miqdoriy
baholashning falsafiy va metodologik asoslarini ishlab chiqish
sanaladi. nazariy kvalimetriyaning amaliy sohalarida turli obyekt
va jarayonlarning sifatini baholash metodikasi va nazariy asoslari
umumiy xususiyatga ega.
Maxsus kvalimetriya turli xildagi va har xil maqsadda
foydalaniladigan aniq obyektning sifatini baholashning aniq
metodikasi va matematik modelini ishlab chiqadi. Maxsus
kvalimetriyaning ekspert, ehtimollik-statistik, indeksli, kvalimetrik
taksonomiya kabi turlari mavjud.
Amaliy kvalimetriya – texnika, ishlab chiqarish, inson mehnati
faoliyati, turli loyiha va jarayonlarning sifatini baholashni ishlab
chiqadigan soha sanaladi. Amaliy kvalimetriyaning boshqa fanlar
bilan о‘zaro bog‘lanib, texnik
kvalimetriya, ijtimoiy kvalimetriya,
pedagogik kvalimetriya, tibbiy kvalimetriya, geologik kvalimetriya
va hоkаzo tarmoqlari mavjud (2.5-jadvalga qarang):