Odatda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xalq ommasining turmush farovonlik
darajasi bir muncha yuqori bo’lganligi sababli, turizm
harakati ommaviy tusga
egadir. Ya’ni buning asosiy sababi ishchilarning oylik ish haqi miqdori, ularning tatil
paytida oladigan tatil pulining ko’pligi, nafaqaxo’rlarning nafaqa pulining yuqori
bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy-demografik omillar o’ziga xos xususiyatlarga ega. Turizm
rivojlanishiga
aholi sonining oshishi, asosan shahar aholisining ko’payishi ta’sir
ko’rsatadi. Psixologlarning fikricha, shaharcha hayot shaklida,
aqliy mehnatning
ko’pligi, o’ta sanoatlashish, yovvoyi tabiatdan ayriligi shahar aholisini sayyohlikka
intilishini kuchaytiradi. Undan tashqari aholi o’rtasida o’rtacha umr uzunligini
oshishi va tug’ilishning nisbatan pasayishi kuzatilmoqda. Shuning uchun turizm
industriyasini tashkillashtirishda yuqoridagi holatlarni e’tiborga olish lozim. Ya’ni
qo’shimcha medisina xizmati, diyetik ovqatlar, madaniy marosimlar, sayr qilishlarni
oshirishga e’tiborni qaratish muhim sanaladi. Yuqoridagi omillardan tashqari xalqaro
turizmni rivojlanishiga tashqi va ichki omillar ta’sir ko’rsatadi.
Chizma 3.
Dostları ilə paylaş: