Segmentar hisoboti


AR = Bo‘limlar foydasi : Bo‘limlar aktivi



Yüklə 140,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix15.11.2023
ölçüsü140,29 Kb.
#132704
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
09.Boshqaruv hisobi 247 (1)

AR = Bo‘limlar foydasi : Bo‘limlar aktivi 
Boshqaruv hisobida umumiy qoida mavjud bo‘lib unga ko‘ra, agar 
taklif etilayotgan investitsiya loyihalari bo‘yicha ulardan tushadigan 
foyda kapital qiymatidan yuqori bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyekt taklif 
etiladigan sarmoyalarni qabul qilishi kerak. Segmentlar faoliyatini 
baholashda qoldiq foyda ko‘rsatkichi ushbu umumiy qoidani inobatga 
oladi. 
Qoldiq foyda (QF) – bu xo‘jalik yurituvchi subyekt ma’muriyati 
tomonidan belgilangan, mas’uliyat markazlari tomonidan minimal foyda 
normasidan ko‘proq ishlab topilgan foydaga aytiladi.
Qoldiq foyda formulasi quyidagicha hisoblanadi: 
QF = Bo‘lim foydasi – (Bo‘lim aktivlari x Maqsadli foyda me’yori) 
Qavs ichidagi ko‘rinish foydaning qiymati bahosi bo‘lib, u 
mas’uliyat markazlari uchun belgilangan foyda me’yorining minimal 
ko‘rinishidir. Segmentlar tomonidan ushbu miqdordan yuqori topilgan 
har qanday miqdor xo‘jalik yurituvchi subyektga foyda keltiradi. 
Iqtisodiy qo‘shimcha qiymat (IQQ) yoki boshqariladigan foyda. 
Chet el kompaniyalarining tajribalarida korxonalarning moliyaviy 
faoliyati natijalarini hisoblash uchun IQQ ko‘rsatkichidan 
foydalanishlari - aktivlardan samarali foydalanishga, kapitalni saqlashga, 
mehnat unumdorligini oshirishga va mijozlarga ko‘rsatiladigan 
xizmatlarning sifatini oshishiga olib kelmoqda.
Kompaniyaning aksiya va obligatsiya egalari uchun topgan 
daromadi va analogik darajada bo‘lgan xavf asosida mablag‘larning 
boshqa kompaniyalarga sarmoya sifatida kiritilishidan tushgan daromad 
farqi - iqtisodiy qo‘shimcha qiymat deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, 
xo‘jalik yurituvchi subyekt foydasidan barcha majburiyatlar qiymat 
ayirmasi iqtisodiy qo‘shimcha qiymat bo‘ladi. 
Qoldiq foyda va iqtisodiy qo‘shimcha qiymat mohiyatan bir-biriga 
yaqindir. IQQ xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatidan 
olingan foydadan soliqlar ushlab qolingandan so‘ngi foyda miqdoridir. 

Yüklə 140,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin