Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

Nizoni hal qilish 
— nizoni vujudga keltirgan sabablami 
to‘liq yoki qisman barham toptirish, yohud nizo qatnashchilari 
maqsadlarining o ‘zgarishidir.
Nizolarni boshqarish 
— bu nizoni vujudga keltirgan sa- 
bablarga barham berish (kamaytirish) sohasida aniq maqsadli 
ta’sir ko‘rsatish yoki nizo qatnashchilari xulq-atvorini o ‘z- 
gartirishga qaratilgan ta’sir ko‘rsatishdir.
Nizolami boshqarishning yetarli darajada ko‘p usullari mav­
jud. Ulami yiriklashtirib bir necha guruh tarzida taqdim etish 
mumkin. Ulaming har biri o‘zining tatbiq etilish sohalariga ega:
■ ichki shaxsiy, ya’ni alohida shaxsga ta’sir ko‘rsatish 
usullari;
■ tarkibiy, ya’ni tashkiliy nizolami barham toptirish usullari;
■ shaxslararo usullar yoki nizodagi xulq-atvor uslubi;
■ munozaralar;
■ agressiv javob harakatlari; usullarning bu guruhini 
bundan oldingi barcha guruhlarning imkoniyatlari tugagan 
tanglik holatlarida qo‘llash mumkin.
Shaxsga doir ichki usullar 
o ‘zining xulq-atvorini to‘g‘ri 
tashkil eta bilishdan, o ‘z nuqtayi nazarini aytishdan, boshqa 
kishi tomonidan himoya javobi qo‘zg‘amaslikdan iboratdir. 
Ayrim mualliflar "men — mulohaza" usulidan, ya’ni muayyan 
predmet bo‘yicha o ‘z munosabatingizni boshqa shaxsga uni 
ayblamasdan va talab qo‘ymasdan bildirish usulini e ’tirof 
etadilar. Lekin bunda fikmi shunday bildirish kerakki, boshqa 
odam o ‘z munosabatini o ‘zgartirsin.
217


Bu usul insonga o‘z nuqtayi nazarini saqlash, boshqa odamni 
o‘zining dushmaniga aylantirmaslikka yordam beradi. "Men — 
mulohaza" har qanday sharoitda foydali bo‘lishi mumkin, lekin 
u odam hafa bolganda, jahli chiqqanda, biror narsadan ko‘ngli 
to‘lmaganda ayniqsa, samarali bo‘ladi. Shuni darhol pisanda qilib 
o‘tish kerakki, mazkur usulni qo‘llash ko‘nikma va tajribani 
talab qiladi, lekin u kelgusida o‘zini oqlaydigan boMadi. "Men — 
mulohaza" shunday to‘zilganki, shaxsning vujudga kelgan vaziyat 
to‘g‘risida o‘z fikrini bildirishga, o‘z istaklarini ifodalashga imkon 
beradi. U odam biror narsani boshqa kishiga aytmoqchi bo‘ladi- 
yu, lekin aytmaydi, chunki u kishi salbiy qabul qilib, hujumga 
o‘tishi mumkin. Masalan, siz ertalab ishga kelib, o‘z stolingizdagi 
barcha narsalami kimdir joydan qo‘zg‘atganini ko‘rasiz. Siz 
buning takrorlanmasligini istaysiz, lekin xodim bilan aloqani 
(munosabatni) buzmaslik kerak. Siz bunday deysiz: "Stolimdagi 
qog‘ozlami birov surib qo‘yganini yoqtirmayman. Kelgusida 
qoldirib ketgan hamma narsam o‘z joyida turishini istar edim".
"Men" nomidan qilingan fikming tarkibi: voqea, shaxsning 
javoblari, shaxs uchun afzal ko‘ringan yakundan iborat bo‘ladi.
Voqea. 
Vujudga kelgan vaziyat tatbiq etilayotgan usulni 
hisobga olganda subyektiv va his-tuyg‘ular bilan sezilmagan 
qisqacha obyektiv tasvirlashni talab qiladi. Iborani quyidagicha 
boshlash m um kin: "M enga baqirishganda...", "M ening 
stolimda narsalarim yoyilib ketganda...", "Boshliq meni 
chaqirganini men-ga aytishmaganda..."

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin