Bular, ya’ni yoshga oid, alimentar, miogen va bo’g’ozlik leykotsitoz-lari fiziologik leykotsitozlardir. Biroq, bir qancha patologik jarayonlarda, xususan, yallig’lanish bilan kechadigan kasalliklarda qonda leykotsitlar soni ko’payib ketadi.
Bulardan tashqari leykotsitlar soni hayvonlarning yoshi, jinsi, organizmning holati, yilning fasli va boshqa omillarga qarab o’zgarib turadi. SHuning uchun leykotsitlar sonini sanash va ularning qondagi mikdorini aniqlash katta ahamiyatga egadir.
Ishni bajarish tartibi. Qon olinadigan joyning juni katta qilib olinadi. Teri avval spirt, keyin esa efir bilan artiladi. Unga igna sanchiladi. CHiqqan birinchi qon tomchisi paxta bilan artib tashlanadi. Ikkinchi qon tomchisidan esa melanjerning 0,5 belgisigacha qon so’rib olinadi. Qonni olib bo’lgandan keyin igna sanchilgan joy spirt bilan artiladi yoki unga yod eritmasi surtib qo’yiladi.
Tezda melanjerning 11 belgisigacha 3%-li sirka kislotasining metilen ko’ki bilan bo’yalgan eritmasidan olinadi. Qon 20 marta suyulti-riladi. So’ngra melanjer uchlarini o’ng qo’lning bosh va o’rta barmoqlari bilan qisib, tekis harakatlantirib qon suyuqlik bilan aralashtiriladi. Melanjerni chayqatib bo’lgandan keyin, undan 2-3 tomchi suyuqlik paxtaga tushiriladi. Sanoq kamerasini olib, ustiga qoplag’ich oynani yopib, n’yuton halqalari (kamalak) paydo bo’lguncha ishqalab bekitiladi.
Mikroskopni ish holatiga keltirib, stolchasiga sanoq kamerasi o’rna-tiladi, oldin kichik (20) ob’ektiv, keyin esa katta (40) ob’ektiv ostida kamera to’rini topib, katta va kichik kvadratlarning kanday joylashgani bilan tanishib chiqiladi. Tubusni ko’tarib, kamera o’rta plastinkasining bo’sh chetiga melanjerdan bir tomchi tomiziladi. Kapillyar xususiyatiga ko’ra, tomchi qoplag’ich oyna tagiga oqib kiradi. Kamera to’rida havo pufak-chalari bo’lishiga, shuningdek, oyna ustiga qon tushib qolishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. CHunki bu sanoqning aniq chiqishiga xalal beradi.
Leykotsitlar 100 ta katta (kichik kvadratlarga bo’linmagan) kvadrat-larda yoki har qaysisi 16 ta kichik kvadratlarga bo’lingan 25 ta katta kvadratlarda sanaladi.
Sanoq tugagandan keyin quyidagi formulaga muvofiq 1 mm3 qondagi leykotsitlar soni aniqlanadi: