A . 4000 . v X= ----------------- b Bu yerda:
X - 1 mm3 qondagi eritrotsitlar miqdori
A - sanalgan eritrotsitlar miqdori
b - eritrotsitlar sanalgan kichik kvadratlar soni
v – qonni suyultirish darajasi
4000 - bitta kichik kvadratchaning xajmi (20x20x10)
Olingan natijani me’yoriy ko’rsatgichlarga solishtirib, xulosa qilinadi.
LEYKOTSITLAR SONINI SANASH.
Darsning maqsadi: Leykotsitlarning tuzilishi, tarkibi, vazifasi ahamiyati haqida tushunchaga ega bo’lish; hayvonlar qonidagi leykotsitlar sonini sanashni va miqdorini aniqlashni o’rganish.
Darsga kerak bo’ladigan hayvonlar va jihozlar: 1. Qishloq xo’jaligi va laboratoriya hayvonlari.
2. Reaktivlar: spirt, efir, yod eritmasi, 3%-li osh tuzi eritmasi.
3. Jihozlar: qaychi, qon olish uchun igna, paxta, melanjer, Goryaev sanoq kamerasi, qoplovchi oynalar, mikroskop.
Adabiyotlar: R.X.Xaitov, B.Z.Zaripov, Z.T.Rajamurodov «Hayvonlar fiziologisiya» Toshkent, «O’qituvchi», 2005 yil 3-16 betlar.
V.Xusainova, Z.Toshpo’latov «Qishloq xo’jalik hayvonlari fiziologiyasi» Toshkent «O’zbekiston» 1994 yil 180-198 betlar.
D.E.Eshimov, R.F.Ro’ziqulov “Hayvonlar fiziologiyasi fanidan” amaliy labaratoriya mashg’ulotlari. Toshkent “Ilm-Ziyo” 2012 yil.
Barcha chorvachilik tarmoqlariga tegishli «Qo’ychilik, qoramolchilik, cho’chqachilik, parrandachilik va hakozo» adabiyotlar, jurnallar, maqolalar
Leykotsitlar sonini sanash. Leykotsitlar -oq qon tanachalari rangsiz, eritrotsitlarga nisbatan kattaroq (diametri 5-20 mikronga teng), hujayralar bo’lib, yadro va proto-plazmasi bor.
Leykotsitlarning organizmdagi asosiy vazifalari: 1. Fagotsitoz, ya’ni yot moddalarni, agentlarni yeb-emirish. 2. Antitelolalar ishlab chiqarish. 3. Oksil tabiatli toksinlarni parchalash va chiqarib tashlashdir. Qonda leykotsitlar eritrotsitlarga nisbatan kamroq bo’ladi, ular 1 mm3 hajmdagi qonda bir necha ming donaga yetadi.
Har xil turdagi hayvonlar va parrandalarning 1 mm3 qonidagi leykotsitlar miqdori (ming hisobida):
Qoramol - 7,0 Tuya - 16,0
Qo’y - 8,0 Quyon - 8,0
Echki - 12,0 It - 9,5
CHo’chqa - 12,0 Tovuq - 30,0
Ot - 9,0 O’rdak - 25,0
Oq qon tanachalari organizmda bo’lib turadigan fiziologik jarayon-larning o’zgarishiga juda sezgir hujayralardir. SHuning uchun ham leyko-tsitlarning soni organizmning turli holatlarida tez o’zgarib turadi.
Organizmda leykotsitlar mikdorining ko’payishiga leykotsitoz, kamayishiga esa leykopeniya deyiladi.
Leykotsitoz hodisasi organizmda turli fiziologik va patologik holatlar (kasalliklar) paytida kuzatiladi. Masalan, yosh hayvonlarda, hayvon oziqlangandan keyin, jismoniy ishdan so’ng va bo’g’ozlik davrida hayvonlar qonida leykotsitlar mikdori ko’payadi. CHunki bu paytlarda kuzatiladigan leykotsitoz vaqtinchalik hol bo’lib, organizm uchun qonuniy m’yoriy hodisalardir.