Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


Fiziologik gemoglobinlarning uch xili farq qilinadi



Yüklə 86,09 Kb.
səhifə6/31
tarix15.05.2023
ölçüsü86,09 Kb.
#126967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Fiz. labaratoriya

Fiziologik gemoglobinlarning uch xili farq qilinadi:
1. Birlamchi embrional gemoglobin – NvR.
2. Fetal’ gemoglobin – NvG.
3. Katta hayvonlar gemoglobini – NvA.
Birlamchi embrional gemoglobin organizmning embrional taraqqiyo-tida, sariq xaltada qon hosil bo’lish davrida vujudga keladi.
Fetal’ gemoglobin embrionning jigarida qon hosil bo’lish davrida vujudga keladi.
Katta hayvonlardagi gemoglobin ko’mikda qon ishlab chiqarila boshlagandan keyin hosil bo’la boshlaydi.
Fetal’ gemoglobin katta hayvonlar gemoglobiniga qaraganda kislorod bilan yaxshi birikadi.
Gemoglobin organizmda O2 bilan birikib, oksigemoglobinni hosil qiladi (Nv+O2=NvO2). Bu jarayon o’pkada yuz beradi.
Gemoglobinning to’qima kapillyarlarida SO2ni biriktirib hosil qilgan birikmasiga karbogemoglobin deyiladi (Nv+SO2=NvSO2).
Gemoglobinning is gazi (SO) bilan hosil qilgan birikmasiga karbok-sigemoglobin(Nv+SO=NvSO) deyiladi, bu birikma organizm uchun juda xavflidir. Gemoglobinning is gazi bilan birikib, hosil qilgan birikmasi ancha turg’un bo’lib, bunday vaqtda gemoglobin kislorod bilan birika olmaydi.
Nafas olayotgan havoda 0,07% is gazi bo’lsa, hayvonning qoni tarkibi-dagi gemoglobinning 50% iga yaqini is gazi bilan birikadi. Bu vaqtda hayvon hushidan ketadi. Agar atmosfera havosida 0,1 % SO bo’lsa, 1 soat ichida gemoglobinning 80% i karboksigemoglobinga aylanadi. Atmosfera havosidagi is gazining miqdori 1% ga yetsa, bir necha minut ichida hayvon halok bo’lishi mumkin. CHunki hayvon organizmining to’qimalari kislorodga yolchimay qoladi (gipoksiya).
Gemoglobinning kislorod bilan birikib, hosil qilgan oksigemoglo-binga qaraganda, ancha turg’un bo’ladigan birikmasiga metgemoglobin deyiladi (Nv+O=NvO).
Metgemoglobinning hosil bo’lishi organizmning fenatsetin, antipirin, amilnitrit, sul’fanilamid kabi dorivor moddalari bilan zaharlanishi oqibatida yuz beradi. Qonda metgemoglobin mikdori haddan tashqari ko’payib ketsa, organizm halok bo’ladi. Metgemoglobin ko’payib ketganda organizmga metilen ko’ki eritmasini yuborib davolash mumkin.
Muskullarda gemoglobinning mioglobin deb ataluvchi xili bor. Uning prostetik gruppasi - gem, gemoglobin tarkibidagi shunday guruhga o’xshaydi. Oqsil qismi - globin gemoglobin globiniga qaraganda pastroq molekulyar og’irlikka ega.
Odam mioglobini organizmdagi jami kislorodning 14% ini biriktira oladi. U faol ishlayotgan muskul, suvga sho’ng’uvchi hayvonlar muskulining kislorod bilan ta’minlanishida katta ahamiyatga ega. SHuning uchun ham bu modda otlarning muskulida, ko’pchilik suv hayvonlarining muskulida ayniqsa ko’proq bo’ladi.



Yüklə 86,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin