11
arab tiliga xos xususiyat hisoblanadi. Bunday cho‘ziqlikning yo‘qolishi ayrim
holatlarda boshqa so‘zning talaffuzini yuzaga chiqaradi.
Qiyoslang:
da’vo-davo, ta’na-tana
kabi.
2. Rus tili orqali o‘zlashgan ayrim so‘zlarning tarkibidagi lab-tish
v
undoshi
jarangsiz
f
tarzida talaffuz qilinadi:
aktiv-aktif, passiv- passif, ustav-ustaf, avtomat-
aftomat, avtomobil- aftomobil
kabi.
3.Urg‘u talaffuz me’yorini belgilab beruvchi asosiy hodisadir. Shuning uchun
o‘zlashgan so‘zlarning urg‘ulanishiga alohida e’tibor berish kerak. Ba’zi holatlarda
rus tilidan o‘zlashgan ayrim so‘zlardagi urg‘uning o‘zgarib qolishi talaffuz me’yoriga
ham ta’sir etadi.
Qiyoslang:
rezinka-rezinka, rediska-rediska
kabi.
Mashq.
Quyida o‘zlashgan so‘zlarni orfoepik qoidalarga rioya qilgan holda
talaffuz qiling. So‘zlarning urg‘ulanishiga e’tibor bering.
Abonement, aviatsiya, akkreditatsiya, aktyor, aksiz, aksioner, aksiya, aeroport,
apparat, zaryad, doktor, tonna, konstitutsiya, demokratiya, professor, laboratoriya,
rektor, traktor, televizor, lift, sirk, vistavka, prezidium, muzika, reduksiya, byudjet,
dirijor, suflor, etud, bulleten, salut, sujet, arxitektor.
4-DARS: TO‘G‘RI YOZUV (ORFOGRAFIYA) ME’YORLARI
Adabiy nutqning og‘zaki va yozma shakllari mavjud bo‘lib, ular ma’lum
qonun-qoidalar asosida rivojlanadi. Nutqning og‘zaki shaklida talaffuz me’yorlariga
(orfoepiyaga) amal qilinsa, yozma shaklda esa imloviy me’yorlarga (orfografiyaga)
amal qilinadi.
Orfografiya grekcha
Dostları ilə paylaş: