Yangi tahrirdagi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi fani bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua


Mavzu: Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida shaxsning huquqiy maqomi va



Yüklə 330,36 Kb.
səhifə11/30
tarix13.12.2023
ölçüsü330,36 Kb.
#139942
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Yangi tah. O\'z Res Kons majmua

4 Mavzu: Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida shaxsning huquqiy maqomi va fuqarolik masalalari
Inson huquqlariga oid umumiy qoidalar deganda nima tushuniladi?
Inson huquqlari – bu tabiiy ravishda vujudga keladigan, inson tug‘ilganidan keyin shaxs sifatida unga tegishli bo‘gan ajralmas huquq hisoblanadi. Odamlar erkin va teng huquqli bo‘lib tug‘iladi.
Fuqarolik huquqi – esa fuqarolik fakti bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsning muayyan davlatga, siyosiy hamjamiyatga mansubligini anglatadi. Fuqarolik deganda, jismoniy shaxsning ma’lum bir davlat bilan barqaror huquqiy aloqasi tushuniladi.
Inson huquqlariga oid umumiy qoidalar deganda har bir shaxs o‘zining huquqlari va erkinliklarini amalga oshirganda unga tegishli bo‘lgan yoki amal qilish lozim bo‘lgan prinsipial qoidalar guruhidir.
Shaxsning huquqiy maqomi
Shaxsning o‘zaro huquq, erkinlik va majburiyatlari yig‘indisi tushuniladi. Shaxsning huquqiy maqomini masalasida shaxsning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari markaziy o‘rin egallaydi.
Bunday qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
5-bobida inson huquqlariga oid umumiy qoidalar belgilangan. Jumladan, bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lish (18-modda); huquq va erkinliklari daxlsizligi (19-modda); qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmaslik (20-modda).
Bundan tashqari, bunday qoidalar universal xalqaro hujjatlarda ham belgilab qo‘yilgan. 1948 yilgi Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi.
Savol: Sizningcha inson huquqlariga oid umumiy qoidalar yana qanday qoidalarni kiritish mumkin? Fikringizni huquqshunos olimlar yoki xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy tajribasi bilan asoslang?
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik deganda nima tushuniladi?
Fuqarolik – jismoniy shaxsning ma’lum bir davlat bilan mustahkam huquqiy bog‘lanishiga aytiladi. Bunda fuqaroning tegishli davlatga nisbatan huquq va burchlari hamda uning suveren davlat tomonidan himoya qilinishida ifodalanadi.
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik masalalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6-bobida aohida tartibda konstitutsiyaviy normalar bilan belgilab qo‘yilgan. Jumladan, yagona fuqarolik; O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tengligi; fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilananishi (21-modda). 2020 yil 13 martda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonuni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi ega bo‘lish va yo‘qotish asoslari va tartibini belgilab beradi. Bundan tashqari, fuqarolik tushunchasi davlat va shaxs o‘rtasida o‘zaro huquqlar va majburiyatlarni vujudga keltiruvchi huquqiy tushuncha hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 22-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi. Shuningdek, fuqarolik nafaqat O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslarning huquqiy maqomiga, shu bilan bir qatorda O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ham huquqiy maqomiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 23-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar.
Savol: Fuqarolik bo‘yicha qanday yuridik atamalarni bilasiz? Milliy qonunchilikda ularning qaysi birini uchratish mumkin? Har bir inson o‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega. Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.

Inson o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart.Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin”. Rivojlanish, ya’ni kamol toptirish huquqi, keng qamrovli iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy jarayon bo‘lib, shaxsning farovonligini doimiy ravishda oshirishni nazarda tutadi. Qonunda belgilanmagan majburiyat hech kimga yuklatilishi mumkin emas, masalan soliq kodeksida fuqarolar to‘laydigan soliqlar belgilangan, fuqarolarga shundan boshqa soliq to‘lash majburiyati yuklatilishi mumkin emas. Jamiyat manfaatlarini ko‘zlagan holda inson huquq va erkinliklarini cheklash qonunda belgilangan tartib va asoslarga muvofiq amalga oshirilgandagina qonuniy hisoblanadi. Huquqlarni cheklash asoslari esa, avvalambor, jamoat xavfsizligi va tartibini ta’minlashga, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga yo‘naltirilgan. Ushbu norma belgilangan holatlarda individual huquqlar, ya’ni alohida shaxsga tegishli huquqlardan jamoaviy huquqlarni ta’minlash ustuvor ekanligini nazarda tutadi.


Fuqarolik – shaxsning muayyan davlat bilan doimiy siyosiy-huqukiy aloqasi hisoblanadi. O‘zbekistonda esa bu aloqa yagona va uning butun hududida amal qiladi. Shaxs fuqarolikka ega bo‘lgach, davlat uning hamma huquq va erkinliklarini e’tirof etadi, ularning amalga oshishini ta’minlash choralarini ko‘radi. “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga turli asoslar bilan ega bo‘lishi mumkin. Konstitutsiyaning mazkur normasida qaysi asos bilan fuqarolikka ega bo‘lishdan qat’iy nazar barcha fuqarolar teng ekanligi belgilangan.
Seminar bo‘yicha topshiriqlar:
1. Savol: Sizningcha inson huquqlariga oid umumiy qoidalar yana qanday qoidalarni kiritish mumkin? Fikringizni huquqshunos olimlar yoki xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy tajribasi bilan asoslang?
2. Savol: Fuqarolik bo‘yicha qanday yuridik atamalarni bilasiz? Milliy qonunchilikda ularning qaysi birini uchratish mumkin?
3. Savol: Inson huquqlariga oid qanday xalqaro hujjatlarni bilasiz? Mazkur xalqaro hujjatlar normalarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarida aks etishining siyosiy-huquqiy ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi? Fikringizni amaliy misollar bilan asoslab bering?
4. Turkmaniston Respublikasi fuqarosi K.Avezov Xorazm viloyati Xonqa tumani IIB boshlig‘i A.Ochilbekovga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilishni so‘rab murojaat qiladi. Fuqaro o‘z murojaatida O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilganligini, uning ota-onasi va yaqin qarindoshlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib, shu yerda yashashligini asos qilib keltirgan. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunining 17-moddasi ikkinchi qismi 2-bandi ikkinchi xatboshiga muvofiq, fuqarolikka qabul qilish shartlari ushbu shaxsga taalluqli emasligini qayd etdi. Xorazm viloyati Xonqa tumani IIB boshlig‘i A.Ochilbekov boshlig‘i esa ushbu murojaatni rad etdi.
Savol:
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish tartibini muhokama qiling.
5. Fuqaro Y.Olimov xizmat vazifasi zarurati bilan Toshkent shahriga oilasi bilan ko‘chib keldi. Uchastka noziri 5 kun ichida turgan joyi bo‘yicha hisobga turishi lozimligini rasman ma’lum qildi. Fuqaro Y.Olimov doimiy ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lib hududdagi militsiya tayanch punktiga murojaat etganida uchastka inspektori fuqaro Y.Olimovni Toshkent shaxrida doimiy ro‘yxatdan o‘tishga huquqiy yo‘qligini aytib, turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi. Fuqaro Y.Olimov turgan joyi bo‘icha ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lganda, esa hujjatlardagi ayrim kamchiliklarni vaj qilib, fuqaroning murojaatini rad etdi. Bundan norozi bo‘lgan fuqaro Y.Olimov prokuratura organlariga murojaat qildi. U o‘z murojaatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqaro respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish huquqi mavjud ekanligini qayd etdi.
Savol:
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. Uchastka nozirining xarkatlariga huquqiy baho bering.

Yüklə 330,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin