Yangi tahrirdagi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi fani bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua



Yüklə 330,36 Kb.
səhifə10/30
tarix13.12.2023
ölçüsü330,36 Kb.
#139942
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Yangi tah. O\'z Res Kons majmua

IV bob. Tashqi siyosat
17-modda.
Oʼzbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning toʼla huquqli subyektidir. Oʼzbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yoʼl bilan hal yetish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof yetilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi.
Mazkur moddada Oʼzbekiston boshqa davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro munosabatlarda teng huquqli subʼekt ekanligi mustahkamlangan.Shuningdek, tashqi siyosatda Oʼzbekistonning asosiy printsiplari belgilangan.Davlatlarning hududiy yaxlitligi davlat va uning suverenitetining muhim sharti, xalqaro huquqning asosiy printsiplaridan biridir. Kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish natijasida biror-bir davlat hududi yoki uning bir qismini egallab olinishi tan olinmaydi.
18-modda.
Oʼzbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va koʼp tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi. Oʼzbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning farovonligi va xavfsizligidan kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, hamdoʼstliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi hamda ulardan chiqishi mumkin. Tinchliksevar siyosat deganda, davlatlarning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy tuzimlari va ularning rivojlanish darajasidan qatʼi nazar, erkinlik, tenglik, adolat va insonning asosiy huquqlarini hurmat qilish, shuningdek, davlatlar va xalqlar oʼrtasida tinchlikni mustahkamlashi tushuniladi.
Mazkur moddada Oʼzbekistonning ittifoq tuzishi va turli tuzilmalarga kirishi faqat davlatning, xalqning manfaatlari uchun, shuningdek, farovonlik va xavfsizlik maqsadida amalga oshirilishi mustahkamlangan. Tashqi siyosat deganda nima tushuniladi?
Tashqi siyosat – davlatning xalqaro ishlardagi umumiy yoʼnalishi oʼz ichiga oladi. Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar va xalqlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan oʼzaro aloqalarini oʼz ichiga oluvchi maqsad va vositalarini qamrab oladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 17-moddasiga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning toʼla huquqli subʼektidir.
Ushbu normaga muvofiq boshqa davlatlar bilan yoki xalqaro tashkiltlar bilan teng huquqlar va manfaatlar asosida oʼzaro hamkorlik qiladi.
Ushbu normani amaldagi Konstitutsiyaning 17-moddasidagi respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdoʼstliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkinligi oid qoida ham toʼldiradi.
Bundan tashqari Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 17-moddasida Oʼzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy printsip va qoidalari ham aks etgan. Jumladan, ushbu moddaga muvofiq Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yoʼl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
Bugungi kunda Oʼzbekiston 20 dan yaqin xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga aʼzo boʼlib, jumladan, Oʼzbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligi, Oʼzbekiston Respublikasining Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) Oʼzbekiston Respublikasi va Birlashgan millatlar tashkiloti va b. Bundan tashqari, Oʼzbekiston 130 dan ortiq dav lat bilan diplomatik aloqalar oʼrnatgan.
Savol: Oʼzbekiston Respublikasi tashqi siyosati boʼyicha qanday normativ-huquqiy hujjatlarni bilasiz?

Seminar boʼyicha topshiriqlar:


1. Sizningcha konstitutsiyaviy huquqni yana qanday maʼnolarda tushunish mumkin? Fikringizni huquqshunos olimlar yoki xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy tajribasi bilan asoslang?


2. Sizningcha konstitutsiya nazariyasiga yana qanday tushunchalarni kiritish mumkin? Fikringizni huquqshunos olimlar yoki xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy tajribasi bilan asoslang?
3. Bugungi kunga qadar Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga necha marta oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritilgan? Mazkur oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritishdan koʼzlangan asosiy maqsad nimada? Fikringizni amaliy misollar bilan asoslab bering?
4. Konstitutsiyaviy huquqi tushunchasiga:
Birinchi guruh olimlari (X.Odilqoriev, I.Tulьteev, Oʼ.Muhamedov):
“Konstitutsiyaviy huquq – insonning jamiyat va davlatdagi mavqeini, ijtimoiy tuzum asoslarini, davlat organlarining tashkil etilishi va faoliyat yuritishi, shuningdek fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy normalar tizimidir”, deb taʼriflaydi;
Ikkinchi guruh olimlari (А.Saidov, M.Rustamboev, А.Toʼlaganov, F.Otaxonov va boshqalar):
“Konstitutsiyaviy huquq – davlat tuzilishini mustahkamlovchi, jamiyatning hozirgi va kelajagini belgilovchi, jamiyat va shaxs munosabatlarini tartibga soluvchi, inson va fuqarolarning huquqlarini hamda davlatning maʼmuriy-hududiy tuzilishini belgilovchi, davlat organlari tizimi va ular faoliyatining eng muhim jihatlarini mustahkamlovchi huquqiy normalar yigʼindisidir”, – deb taʼkidlaydilar;
O.T.Xusanov: “Konstitutsiyaviy huquq – Konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, shaxsning huquqiy holati asoslarini, jamiyat va shaxs munosabatlarini, maʼmuriy-hududiy va davlat tuzilishi masalalarini, hokimiyatni tashkil etish va ularning faoliyati bilan bogʼliq masalalarni tartibga soluvchi huquq normalari yigʼindisidan iborat huquq tarmogʼi”, – deya taʼkidlaydi.

Savollar:


1. Yuqorida keltirib oʼtilgan taʼriflardan qaysi birini ijobiy deb baholaysiz?
2. “Konstitutsiyaviy huquq”ga beriladigan taʼrif qanday elementlarni oʼz ichiga qamrab olishi lozim?
3. Sizningcha, Konstitutsiyaviy huquqqa qanday taʼrif berish lozim?
4. Sizningcha davlat suverenitetini yana qanday muhim elementlari mavjud? Fikringizni huquqshunos olimlar yoki xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy tajribasi bilan asoslang?
5. Sizningcha xalq xokimiyatchiligining yana qanday shakllari mavjud? Fikringizni huquqshunos olimlar yoki xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy tajribasi bilan asoslang?
6. Bugungi kunga qadar Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini himoya qilish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudidan tashqari yana qanday vakolatli organlari faoliyat yuritadi? Fikringizni Konstitutsiya va qonun normalari bilan asoslab bayon eting?
5.Mutaxassislar tomonidan Konstitutsiyaga quyidagicha taʼrif berilgan:
Birinchi taʼrif: frantsuz davlatshunos olimi J.Byurdoga tegishli boʼlib, “Konstitutsiya – siyosiy hokimiyatlarni tayinlash, tashkil etish va faoliyat koʼrsatishga oid qoidalar yigʼindisidir”.
Ikkinchi taʼrifda esa, ushbu (yuqoridagi) taʼrifga amerikalik olim K.Berd “Fuqarolar erkinliklari” tushunchasini qoʼshadi.
Uchinchi taʼrif sifatida Nigeriyalik konstitutsiyashunos B.Nvabuezening taʼrifini berishimiz mumkin: “Konstitutsiya – bu qonun kuchiga ega boʼlgan formal hujjat boʼlib, uning yordamida jamiyat oʼz-oʼzini boshqaradi hamda oʼzining turli idoralari bilan shuningdek, bu idoralarning fuqarolar bilan munosabatlarini oʼrnatadi”.
Savollar:
1. Yuqoridagi taʼriflardan qaysi biri konstitutsiyaning mazmuniga mos keladi?
2. Ushbu taʼriflarning kamchiligi nimada?
3. Sizningcha, Konstitutsiyaga qanday taʼrif berish lozim?
1-Kazus

2003 yil 15 mart sanasida Oʼzbekiston Respublikasida davlat va jamiyat hayotiga doir muhim masala referendumga qoʼyildi. Toshkent shahar Uchtepa tumanida vaqtinchalik roʼyxatda turuvchi Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi B.Saidov referendumga ovoz berish uchun borganda ovoz beruvchilar roʼyxatida uning ismi sharifi yoʼqligi maʼlum boʼldi. Ovoz berish uchastkasi kotibi fuqaro B. Saidov yashash joyida vaqtinchalik roʼyxatda turganligi tufayli saylovchilar roʼyxatiga kiritilmaganligini maʼlum qildi. Doimiy turar joyida tashkil etilgan ovoz berish uchastkasida referendumda qatnashishi toʼgʼrisida maʼlumot berildi. Bundan norozi boʼlgan fuqaro B.Saidov prokuratura organiga shikoyat qildi. Prokuratura xodimi ushbu masala fuqarolik ishlari boʼyicha sudga tegishli deb shikoyatni rad etdi. Bu orada referendum tugab, natijalar chiqdi.


Savol:
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. Referendumda ovoz berish tartibini qonun hujjatlari asosida yorting.

7. Ellikqala tumandagi Qishloq xoʼjaligi kasb xunar kollejida Oʼzbek milliy kurashi boʼyicha musobaqa oʼtkazildi. Musobaqa boshlanishi chogʼida koʼtarilishi lozim boʼlgan Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayroqlari olib kelinganda, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼining oʼlchami Qoraqalpogʼiston Respublikasining Davlat bayrogʼi oʼlchamidan kichik ekan. Kollej direktori bu holatdan musobaqa boshlanishiga oz vaqt qolgan xabardor boʼlganligi bois, bu kamchilikni bartaraf etolmadi. Natijada oʼlchamlari har xil boʼlgan Davlat bayroqlari koʼtarildi. Bu holatdan xabardor boʼlgan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari kollej direktorini Davlat bayrogʼi toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybladi. Kollej direktori esa, bu bayroqlarni tavsiya etgan va keltirib bergan musobaqa tashkilotchilaridan biri boʼlgan tuman hokimiligini aybladi.


Savol:
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining xatti-harakatlari qonuniyligini muhokama qiling?



Yüklə 330,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin