Yangi tahrirdagi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi fani bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua


-modda. Oʼzbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri. Mustaqil davlatga xos belgilardan biri bu uning poytaxtidir



Yüklə 330,36 Kb.
səhifə6/30
tarix13.12.2023
ölçüsü330,36 Kb.
#139942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Yangi tah. O\'z Res Kons majmua

6-modda. Oʼzbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri. Mustaqil davlatga xos belgilardan biri bu uning poytaxtidir.
Poytaxt davlatning bosh shahri hisoblanadi va uning alohida maqomi belgilanadi. Konstitutsiyamizning 6-moddasi Toshkent shahri Oʼzbekiston poytaxti ekanligini eʼtirof etib, uning alohida maqomini belgilaydi. Toshkent shahri poytaxt sifatida barcha imkoniyatlarga ega, jumladan, respublikadagi eng yirik siyosiy va iqtisodiy markazdir. Toshkentda barcha markaziy davlat va jamoat idoralari, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari joylashgan.Toshkent shahri poytaxt boʼlishi bilan bir vaqtda alohida maʼmuriy-hududiy birlik hisoblanadi.
II bob. Xalq hokimiyatchiligi
7-modda. Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir.
Oʼzbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini koʼzlab va Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan organlar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini oʼzlashtirish, hokimiyat organlari faoliyatini toʼxtatib qoʼyish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos boʼladi.
Mazkur moddada hokimiyatning yagona manbai xalq ekanligining belgilanishi, davlat boshqaruvni amalga oshirishda vakolatni xalqdan olishini anglatadi.
Konstitutsiyada davlat hokimiyati – qonun chiqaruvchi organ – Oliy Majlis, sud hokimiyati – Oliy sud va Konstitutsiyaviy sud, ijro hokimiyati esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshirilishi mustahkamlangan, Prezident esa davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini taʼminlaydi. Xalq davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi organ va mansabdor shaxslarni saylashda, tayinlashda bevosita yoki vakillari orqali ishtirok etadi. Konstitutsiyaga xilof ravishda davlat hokimiyati vakolatlarini har qanday shaklda egallab olish taqiqlanadi va javobgarlikka sabab boʼladi.
Demokratiya – “demos” (“demos”) xalq va “kratos” (“kratos”) hokimiyat soʼzlarining birikmasidan tuzilib, "xalq hokimiyatchiligi" deganidir.
Xalq hokimiyati – yunoncha “demokratiya” (“demokratia”) soʼzining aynan tarjimasi boʼlib, bu ibora ilk bor yunon shahar-davlatida paydo boʼlgan va keyinchalik butun dunyoga tarqalgan hamda siyosiy lugʼatdan mustahkam oʼrin olgan.

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalq hokimiyatchiligining jahon konstitutsiyaviy rivojlanishi tajribasida ishlab chiqilgan quyidagi ikkita shakli oʼrnatilgan:


1. Toʼgʼridan-toʼgʼri, yaʼni bevosita demokratiya – fuqaroning davlat ishlarini hal qilishda toʼgʼridan-toʼgʼri ishtirok etishi.
2. Vakillik demokratiyasi, yaʼni bilvosita demokratiya – fuqaroning davlat ishlarini hal etishda oʼzi saylagan vakillari ishtirok etishi.

Yüklə 330,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin