3 mavzu Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari Prinsip soʼzi lotincha tildan olingan bb, asos qoida negiz degan maʼnoni bildirib, Konstiutsiyamizning birinchi boʼlimi asosiy prinsiplar deb nomlanib,
I bob. Davlat suvereniteti 1-modda. Oʼzbekiston — boshqaruvning respublika shakliga yega boʼlgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. Davlatning “Oʼzbekiston Respublikasi” va “Oʼzbekiston” degan nomlari bir maʼnoni anglatadi. Keling, ushbu moddadani mazmunan koʼrib chiqamiz.
Suveren davlat nima? Suveren davlat Oʼzbekiston mustaqilligining umumiy va ajralmas belgisi boʼlib, ichki va tashqi siyosatda toʼliq mustaqil ekanligini anglatadi.
Suverenitet – lotincha superareitas (cupra, superios) soʼzidan kelib chiqqan boʼlib, aslida “eng oliy”, “oliy hokimiyat” degan maʼnoni anglatadi.
Nazariy jihatdan suverenitetning uch maʼnoda qoʼllaniladi: millat suvereniteti, xalq suvereniteti, davlat suvereniteti.
Millat suvereniteti – millatlarning oʼz taqdirini oʼzi belgilash huquqi, yaʼni oʼz taqdirini chet davlatlarning aralashuvisiz belgilash huquqi davlat suverenitetning asosini tashkil etadi.
Xalq suvereniteti – xalq oʼz irodasini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʼladi.
Davlat suvereniteti – Suverenitet davlatga xos tushuncha boʼlib, u bilan birga vujudga keladi. Davlat va uning xususiyati boʼlgan suverenitet tarixiy hodisadir. Suveren davlat oʼz ichki va tashqi ishlarini boshqa davlatlarning huquqlarini, shuningdek xalqaro huquq printsiplari va normalarini buzmagan holda, oʼzi xohlagancha hal qiladi.
Demokratik davlat esa insonparvarlik qonunlariga asoslangan, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy holati va siyosiy qarashlaridan qatʼiy nazar, inson huquq va erkinliklarini taʼminlab beradigan davlat.
Huquqiy davlat – davlat oʼz faoliyatini, jamiyat va fuqarolarning yashash tarzini faqat Konstitutsiya va qonunlar asosidagina amalga oshirilishini taʼminlaydi. Natijada, davlat organlari va mansabdor shaxslar qonun ustuvorligi asosida xalq manfaatlari uchun ishlaydi, unga xizmat qiladi.
Ijtimoiy davlat har bir inson uchun farovon turmush darajasi, xususan sifatli taʼlim, kafolatli tibbiy xizmat, munosib mehnat sharoiti va adolatli ish haqi, pensiya va nafaqalar, ijtimoiy yordam va xizmatlar tizimi yaratilgan, uy-joyli boʼlish sharoiti mavjud boʼlgan, ijtimoiy tafovutlar yumshatilgan, muvozanatlashgan, hech bir fuqaro oʼz muammolari bilan yolgʼiz qolmaydigan adolatli davlatdir.
Dunyoviy davlat – diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan hamda davlat hokimiyati dindan ajratilgan, davlat boshqaruvi diniy qoidalar bilan emas, balki Konstitutsiya va qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan, qarorlar qabul qilishda diniy asoslarga tayanilmaydigan davlat hisoblanadi.
Oʼzbekistonni dunyoviy davlat sifatida belgilash – dunyoviy taraqqiyot, turli din va mazhablar oʼrtasida bagʼrikenglik va totuvlikni mustahkamlashga, diniy birlashmalarning mustaqil faoliyat yuritishiga, din va eʼtiqod erkinligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Konstitutsiyamizning boshqa barcha normalarida yuqoridagi sanab oʼtganimiz — barcha printsiplarni roʼyobga chiqarishga qaratilgan mexanizmlar va kafolatlar mustahkamlangan.